Get Mystery Box with random crypto!

Teacher Azam

Telegram kanalining logotibi teacherazam — Teacher Azam T
Telegram kanalining logotibi teacherazam — Teacher Azam
Kanal manzili: @teacherazam
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52.99K
Kanalning ta’rifi

TEACHER AZAM (Qahramoniy)
👨🏼‍💻 O'zimizning chat guruhimiz bor, ba'zi-ba'zida men ham yozib turaman
👉t.me/Teacherazamchat

🚩Instagram:
👉instagram.com/teacherazam
☎️ Reklama va taklif uchun:
👉 998 97 831 11 11

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 7

2024-04-02 15:18:42
Yaponlar chigirtka o'rniga qo'y boqish mumkinligini bilishmagan!

Kulgilektualning bu soni ham beg'ubor, ko'ngilga judayaaam og'ir botib ketmaydigan hazillarga boy bo'libdi. Tomosha qilib kayfiyatga boost berib yuboradigan joyi.

To'liq videoni ko'rish

Kanalga ulanish
@teacherazam
17.4K views12:18
Ochish/sharhlash
2024-04-02 10:16:56
Siz uchun eng qo’rqinchli aksent qaysibiri?

Hind, Arab, O'zbek?

Kanalga ulanish
@teacherazam
17.8K views07:16
Ochish/sharhlash
2024-04-01 17:00:27 Xullas, yangi tele-ko'rsatuvda boshlovchilik qilyapman

Joylar soni Instagram'dagi obunachilarning o'zi bilan to'lib qolgani sababli sizlarni ya'ni Telegramdagi krugimizni ko'rsatuvni jonli tomosha qilish uchun chaqirolmadim.

Lekin agar qiziq bo'lsa, keyingi sonlarga albatta aytaman.
14.8K views14:00
Ochish/sharhlash
2024-04-01 16:42:34
Bugun 20:00 da Milliy TV'da

"Gapirmasak Bo'lmaydi" ko'rsatuvining 1-soni efirga uzatiladi.

Boshlovchi: O'zim

Kanalga ulanish
@teacherazam
15.1K views13:42
Ochish/sharhlash
2024-03-31 19:11:11
"Hozi aden kesin, o'lasan" - inglizchasiga qanday aytiladi

Wrath - Kuchli jaxl, g'azab, qahr
Kimnidir jazolash istagida paydo bo'ladigan kuchli jaxl.

Feel someone's wrath
Kimnidir g'azabini ko'rish.

Face the wrath of...
...ning g'azabiga duchor bo'lmoq

Bundan kelib chiqib sarlavhaning tarjimasi quyidagicha bo'ladi:
You'll feel your dad's wrath when he come.

Bu frazani xuddi videodagidek Amerikaning ko'cha aksentida gapirsangiz yanada qo'rqinchli eshtiladi.

Kanalga ulanish
@teacherazam
17.0K views16:11
Ochish/sharhlash
2024-03-30 10:44:38
Sochi qora, ko'zlari moviy qiz - Galway Girl

Ed Sheeran'ning ushbu qo'shig'i eng noodatiy qo'shiqlardan biri hisoblanadi va ko'pchilik bilmaganidek u hamkorlikda yaratilgan. Ya'ni Ed Sheeran va Irlandiyaning Beoga guruhi hamkorligida.

Qo'shiqning noodatiyligi sababi esa zamonaviy pop-rap janri bilan milliy yo'nalish - Irland folklorining aralashtirilishida. Bu ikki janr uyg'unligida qandaydir boshqacha kayfiyat beradigan musiqa paydo bo'lgan.

Galway o'zi Irlandiydagi bir shahar. Lekin "Galway girl" degan atama ko'pincha Sochi qora, ko'zlari moviy qiz degan ma'noda ishlatiladi.

Sochi qora, ko'zlari moviy sanamgina...

Kanalga ulanish
@teacherazam
12.6K views07:44
Ochish/sharhlash
2024-03-29 13:35:00
3 oyda IELTS 7.5 va’da qilayotganlar bu videoni ko’rgandan keyin:

Bro please 0.5

Siz uchun IETLS'ning o'rni qanday?
Hayot-mamot
Shunchaki imtihon

Kanalga ulanish
@teacherazam
16.0K views10:35
Ochish/sharhlash
2024-03-29 09:51:41
Dangasa, ishyoqmas, bezori 'backbenchers'

Eng orqa partada o'tirib olib bezorilik qiladigan va yaxshi o'qimaydigan o'quvchilarni ingliz tilida "backbenchers" deyishadi. Ya'ni orqa partachilar. Lekin bu faqatgina slang, ko'cha tilidagina shunday ma'noni anglatadi.

"Backbenchers"ning odatiy ma'nosi va umuman so'zning paydo bo'lishi tepadigalarga aloqador.

Parlamentda ko'p narsani hal qiluvchi, old qatorda o'tiradigan notiqlar "frontbencher" deyilgan. Shundan kelib chiqib orqada o'tiradigan va qo'lida hozircha hech qanday hokimiyati yo'q, yangi a'zolarni "backbencher" deb nomlab qo'ya qolishgan.

Postni "backbencher"larga jo'natib qo'yaverish kerak, menimcha.

Kanalga ulanish
@teacherazam
17.0K views06:51
Ochish/sharhlash
2024-03-28 12:46:30
Oila davrasida IELTS'ni mashq qilganingda

Kim shu videoni montajdan yangi uzilgan, qaynoq paytida ko'rgan?

Kanalga ulanish
@teacherazam
17.4K views09:46
Ochish/sharhlash
2024-03-27 10:45:37
O'zimizda bo'lgan muammo yoki qiziqarli holatlarga aloqador memlarni ingliz tilidagi versiyasini ko'rib qolsam maza qilaman

Lekin siz "Ha, demak Amerika yoki Britaniyada ham bizdagi muammolar bor ekan-da" deyishga shoshilmang!

Negaki, bunday memlarni ko'pchiligi hindlar yoki Osiyodagi boshqa davlatlarning fuqarolari tomonidan yasalgan bo'lib chiqadi. Bizga yaqin-da, shuning uchun og'riqli nuqtalari ham o'xshashroq.

Siz esa yuqoridagi rasmlarni ko'rib rohatlanishingiz mumkin!

Kanalga ulanish
@teacherazam
15.8K views07:45
Ochish/sharhlash