Get Mystery Box with random crypto!

Teacher Azam

Telegram kanalining logotibi teacherazam — Teacher Azam T
Telegram kanalining logotibi teacherazam — Teacher Azam
Kanal manzili: @teacherazam
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52.99K
Kanalning ta’rifi

TEACHER AZAM (Qahramoniy)
👨🏼‍💻 O'zimizning chat guruhimiz bor, ba'zi-ba'zida men ham yozib turaman
👉t.me/Teacherazamchat

🚩Instagram:
👉instagram.com/teacherazam
☎️ Reklama va taklif uchun:
👉 998 97 831 11 11

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2024-05-06 14:03:00
Memlarni o'rganish fani - Memologiya

Aslini olganda memlar shunchaki kulgili, faqatgina kayfiyatni ko'tarish uchun qilinadigan rasmlar emas. Ular jamiyatning e'tiqodi, ijtimoiy hayotidagi trendlari va ommaning qadriyatlarini ko'rsatib turadi.

Memlar o'zi bilan nozik madaniy xabarlarni olib yuradi, ijtimoiy me'yorlarni tanqid qiladi, odamlarning umumiy muammolarini ko'rsatadi.

Memlarning ortida shuncha narsa turganidan keyin albatta ularni kelib chiqishi, rivojlanishini o'rganadiganlar ham topiladi. Ularni "memolog" yoki "memologiya mutaxassisi" deyishadi. Tushunyapsizmi, siz shunchaki ko'rib kulib o'tib ketadigan rasm / videolarni o'rganadigan butun boshli fan mavjud.

Lekin bunday mutaxassis bo'lishi uchun qandaydir ilmiy darajaga ega bo'lish shart emas. Shunchaki trenddagi kino, serial, videorolik va yangiliklardan xabardor bo'lib yurishingiz kerak.

Siz qanchalik yaxshi memologsiz? Buni aniqlash uchun memlar tashlab turaman, o'shanda buni sinab ko'ramiz.

Kanalga ulanish
@teacherazam
14.8K views11:03
Ochish/sharhlash
2024-05-05 16:01:31
Kino sohasiga qiziquvchi o'smirlar uchun ajoyib imkoniyat

Siz tekinga "TEEN LAB - Kino seminari"da qatnashib kinoni tasvirga olish jarayonida bo'ladigan barcha bosqichlarda qatnashib ko'rishingiz mumkin. Ssenariylar yozasiz, filmga mos qahramonlarni qidirasiz, suratga olasiz va hattoki rol ham o'ynashingiz mumkin.

Talablari:
12-18 yosh orasida bo'lish
O'zbekistonda yashash
Ota yoki onangizning yozma roziligi

Ushbu workshop 3 qismdan iborat bo'ladi. 2 ta oflayn va 1 ta onlayn intensiv. Mashg'ulotlar o'zbek va rus tillarida bo'ladi.

Ro'yxatdan o'tishga shoshiling! Chunki hujjatlar faqatgina 10-maygacha qabul qilinar ekan. Natijalar esa 1-iyunda e'lon qilinadi.

Kanalga ulanish
@teacherazam
14.2K views13:01
Ochish/sharhlash
2024-05-05 14:07:11 Дўстлар! "Диққат савол!" деб номланган подкастимизнинг навбатдаги сони чиқди. Унда блогер Аъзам Қаҳрамоний, ҳуқуқшунос Мадина Турсунова, дизайнер ва тадбиркор Лазиз Ҳамидовлар билан рақамли этикет, фактчекинг, интернетда хулқ-атвор қоидалари ва тармоқда ҳақорат қилишнинг оқибатлари ҳақида сўз юритдик. Жуда қизиқ подкаст бўлди, кўрворадиган ери

Шу ерда кўриш мумкин

13.2K views11:07
Ochish/sharhlash
2024-05-05 13:32:51
Qanchalik korrupsiyaga botganimizni bilmoqchi bo’lsang, xojatxonalarimizga boq!

Kanalga ulanish
@teacherazam
14.3K views10:32
Ochish/sharhlash
2024-05-03 17:29:58
Hozirgi zamonaviy dunyoda sodir bo'layotgan vahshiyliklarni tasvirlovchi eski qo'shiq "The Cranberries - Zombie"

Tarix takrorlanib turadi! Muhimi siz zombilar qatorida bo'lib qolmang!

Kanalga ulanish
@teacherazam
16.9K views14:29
Ochish/sharhlash
2024-05-03 16:49:51
Qozog'istonni larzaga solgan qotillik - bosh vazir o'z rafiqasini o'ldirgani, oilaviy janjallarning oqibati qotillikkacha borishi, Markaziy Osiyo davlatlaridagi jamiyat zo'ravonliklari haqidagi suhbat.




(Nega bu podkastni ko'rish kerak?)

Afsuski, o'zimizda ham shunga o'xshash voqealar bo'lib turadi. Yangiliklarda siz ham ko'rsangiz kerak. Xullas, shu xatoliklarni yo'qotish, oldini olish uchun jamiyat sifatida nima qilishimiz mumkinligini bilib turish uchun shunday suhbatlarni foydali bo'ladi.

Kanalga ulanish
@teacherazam
16.8K views13:49
Ochish/sharhlash
2024-05-02 16:12:50
Navbatni buzmang, buzishlariga ham yo’l qo’ymang!

“Navbatdagi faollarni himoya qilish jamg’armasi” a’zolari - OLG’A.

Kanalga ulanish
@teacherazam
14.9K views13:12
Ochish/sharhlash
2024-05-01 17:01:09
Telegramdagi foydali kanallar ro'yxati

Huquq, san’at, ilm-fan, ijtimoiy hayot, biznes va boshqa sohalarga ixtisoslashgan eng faol blogerlarning kanallarini quyidagi havola orqali tanlab-tanlab yoki yoppasiga qo'shib olishingiz mumkin.

https://t.me/addlist/ZfguWo576HwzYjdi

Ro'yxatdagi kimlarni avvaldan kuzatardingiz?

Kanalga ulanish
@teacherazam
16.3K views14:01
Ochish/sharhlash
2024-05-01 13:25:21
Kuchli xarakterga ega multfilm qahramoni

"Skipper" tarjimasi "Kapitan". Birinchi bo'lib Madagaskar multfilmi orqali ko'ringan personajning harakterini hamma birdek eslasa kerak.

Haqiqiy lider, qo'rqmas, mohirlik bilan jang qiladi, jamoani birinchi o'ringa qo'yadi, og'ir vaziyatlarda ham optimist bo'lib kutilmagan yechimlar topoladi, strategik rejalar tuzish hamda tanqidiy fikrlash ustasi. Hammasi to'g'rimi?

Uning har bir ishlatgan so'zi o'z xarakteriga mos tanlangan. Ishlatadigan harbiycha jargon atamalari esa uning nutqini bezab, kulgili ham qilib turadi. Xullas, ushbu multfilm qahramoniga shu darajada mohirlik bilan xarakter berilgan.

Shkiperning "Just smile and wave boys" degan gapi esa ko'plab memlar va hazillarda ishlatiladi. Endi esa "Shunchaki jilmayib, qo'limizni ko'taramiz yigitlar!" (Yoki izoh yozamiz)

Kanalga ulanish
@teacherazam
15.9K views10:25
Ochish/sharhlash
2024-04-30 18:41:43
Kechasi hayolga har xil savollar kelib uxlolmay chiqishning oldini olish uchun u savollarning javobini bilish kerak





Texnoplovning navbatdagi videosini ko’rib o’sha savollar miqdorini kamaytirishingiz va quyidagilarga javob olishingiz mumkin:

- Tovush qanday ishlaydi va nega biz uni eshita olamiz?
- Nega ovozlarimiz har xil?
- Nega koinotda hech nima eshitilmaydi?
- Sayyoralar ovoz chiqara oladimi?

Kanalga ulanish
@teacherazam
13.8K views15:41
Ochish/sharhlash