Get Mystery Box with random crypto!

​​15 soniyalik hayot Yo‘lovchi ayolga musht ko‘targan varvar | Teacher Azam

​​15 soniyalik hayot

Yo‘lovchi ayolga musht ko‘targan varvar avtobus haydovchisi. Jamoat orasiga kirib mashinasida odamlarni urmoqchi bo’lgan yigit. Chiroyli raqsga tushayotgan mushuk. G‘azo sektori xarobalari orasida yig‘layotgan falastinlik bolakay. O‘tirib bambuk kavshayotgan yoqimtoy pandalar. O‘q sadolari ostida okopdan sakrab chiqib, avtomatdan o‘q uzayotgan ukrainalik askar. Uni guruh bo‘lib zo‘rlashganini yig‘lab aytib berayotgan 14 yashar qiz. Yoppasiga katta yoshli bomjni do‘pposlashayotgan bir guruh o‘smirlar. Kulib turgancha, mazali ovqat tayyorlayotgan turk oshpazi. Yana bir kulgili bayonot bergan Bayden. Boshqa suveren davlatni bosib olishga chaqirayotgan shovinist-fashist siyosat furush. Va hokazo...

Obrazlar ketidan obrazlar smartfon ekranida birin-ketin almasharkan, odamda g‘alati hissiyotlar paydo bo‘ladi. Bu bo‘layotgan voqealar bizni roppa-rosa 15 sekund vaqt davomida sevishga, nafratlanishga, achinishga, kulishga, o‘ylashga va ba’zan hatto qayt qilishga undaydi. Hislar juda tez o‘zgaradi. Keyin esa.. keyin bo‘ldi, navbatdagi video.. Hech kim bir joyda qotib qolmaydi, alpinistlar kabi biz ham lentadan pastga tushib boraveramiz. Kichik ekrandan iborat dunyo oxiri g‘olib keldi.

Kanalga ulanish
@teacherazam