Get Mystery Box with random crypto!

Teacher Azam

Telegram kanalining logotibi teacherazam — Teacher Azam T
Telegram kanalining logotibi teacherazam — Teacher Azam
Kanal manzili: @teacherazam
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52.99K
Kanalning ta’rifi

TEACHER AZAM (Qahramoniy)
👨🏼‍💻 O'zimizning chat guruhimiz bor, ba'zi-ba'zida men ham yozib turaman
👉t.me/Teacherazamchat

🚩Instagram:
👉instagram.com/teacherazam
☎️ Reklama va taklif uchun:
👉 998 97 831 11 11

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2024-04-16 07:24:05
Bittasi bilan urilib ketdim, keyin men uni…

Kanalga ulanish
@teacherazam
17.2K views04:24
Ochish/sharhlash
2024-04-15 09:38:37
Happy Monday guys!

Ingliz tilida nima uchun dushanba haqidagi hazillar ko'pligi haqida o'ylab ko'rganmisiz?

Chunki, hamma uchun dushanba yangi haftaning birinchi kuni, dam olish kunlaridan so'ng ish yoki o'qishning boshlanishi hisoblanadi va ko'pchilik uni boshlashga erinadi.

Ko'pchilikda bir xil muammo yoki nimanidir yoqtirmaslik holati bo'lishi esa mana shunday umumiy hazillar paydo bo'lishiga xizmat qiladi. Xuddi, bizda qora Gentra yoki Yakshanba kuni tinmay uy ishlarini qilish ustidan hazil qilinganidek.

Kanalga ulanish
@teacherazam
14.3K viewsedited  06:38
Ochish/sharhlash
2024-04-14 14:34:57
"Ta'lim vazirligi qayerga qarayapti?" degan xabarlar tarqaldi.

Chunki bolalar uchun chiqarilgan kitoblarda rasmda ko'rsatilgan gaplar bor ekan. O'rinli xavotir, rostdanam bunday narsalarga e'tiborli bo'lish kerak.

Lekin ma'lumot o'rnida eslatib o'tmoqchiman! Xalq ertaklarida vahshiy, bizni jamiyatga erish tuyiladigan syujetlar juda ham ko'p. Boshqa xalqlarda ham shunday. Chunki, avval odamlar shunday bo'lgan va ularning davrida paydo bo'lgan ertaklar ham o'sha davrga mos edi.

Senzura paydo bo'lishidan oldin mavjud bo'lgan ertaklar judayam bemalol bo'lardi. Hozirgi davrning mashhurlari, misol uchun "Qizil qalpoqcha", "Yetti gnomlar" kabi ertaklarning hammasi randalab, tekislangan versiyalar. Lekin aslida, ular ham bir paytlar vahshiy yoki uyatsiz bo'lgan.

Kanalga ulanish
@teacherazam
17.0K views11:34
Ochish/sharhlash
2024-04-14 04:59:58
Real hayotni aks ettirgan samimiy filmlar zamoni

Yaxshi o'zbek filmlari qanday bo'lishi esingizdan chiqqan quyidagi film sizga buni eslatib qo'yadi.





Yoshroq kuzatuvchilar esa bu film orqali 2008-yillarda odamlar qanday yashaganini ko'rishi mumkin. Ketkizgan vaqtingizga achinmaysiz. Ko'rishni tavsiya qilaman.

Kanalga ulanish
@teacherazam
16.2K views01:59
Ochish/sharhlash
2024-04-13 14:12:55
318 kishi shilqimlik uchun javobgarlikka tortildi

Biz hamma joyda, ijtimoiy tarmoqlarda ham, televideniyeda ham "O'zbek jamiyatida erkak va ayolning o'z o'rni va roli bor" deymiz. "Oilada erkak lider bo'lishi kerak" deymiz.

Hammasi to'g'ri. Lekin bu degani erkaklar javobgarlikdan ozod, xohlagan ishini qilishi mumkin degani emas. Shilqimlik uchun jazo bo'lishi shart va u jiddiy bo'lishi kerak.

Nima uchun ekanini o'zingiz yaxshi bilasiz. Shilqimlikning qurboni sizni o'zingizning singlingiz, opangiz yoki boshqa yaqinlaringiz bo'lishi ham mumkin.

Kanalga ulanish
@teacherazam
17.3K views11:12
Ochish/sharhlash
2024-04-13 04:59:58
Sovetning nostalgiyasi

#informatsion_nonushta

Nostalgiya ajoyib tuyg'u. Bu haqida Toples'ning ham videosi bor edi. U nazariyaga ko'ra biz o'zimiz yashamagan davrlarni ham sog'inamiz.

Sovet davrini bo'lsa ota-onalarimiz yoki doda buvilarimizning hikoyalaridan eslaymiz, qandaydir ertaknamo joyga o'xshaydi. Yuqoridagi qo'shiq esa aynan o'shanday kayfiyatni beroladi.

Muslim Magamayevning "Луч Солнца Золотого" qo'shig'i. Bu qo'shiq "Бременские музыканты" multfilmi uchun saundtrek qilib ishlatilgan va o'z vaqtida ideal kommunizm qurish g'oyasiga telbalarcha ishonchning timsoli bo'lgan.

Eshitib ko'ring, hissiyotlaringizni izohlarda bo'lishing.

Kanalga ulanish
@teacherazam
13.8K views01:59
Ochish/sharhlash
2024-04-12 18:59:58 Kuningizdagi eng muhim narsa - uni qanday boshlashingizdir (Auf )

Haqiqatdan bu juda ham e'tiborga loyiq narsa. Chunki siz kunni qanday boshlashingiz kunning qolgan qismida o'zingizni qanday his qilishingizga katta ta'siri bor, go'yoki u kunning toni (ohangi)ni belgilab beradigandek.

Uyg'onish bilan birinchi bo'lib nafrat qo'zg'atuvchi, negativ kontentlar ko'rish albatta sizning kayfiyatingiz va asabingiz buzilishiga yoki jahldor bo'lib qolishingizga sabab bo'ladi. Undaylardan qochish kerak.

Shaxsan o'zim bunga jiddiy qarayman, musiqa eshitaman va bu musiqa kun davomida miyamda aylanib turadi. Lekin hamma ham hozirgi ma'lumot okeanidan to'g'ri narsani topib, tanlab ololmaydi. Shuning uchun men bilganlarimni siz bilan ulashib bormoqchiman.

Ertalabdan beg'araz, beg'ubor "Informatsion nonushta"ni Teacher Azam kanalida tanovul qiling. Aynan tongni yaxshi boshlash uchun chertib-chertib tanlangan musiqa, yangilik, ma'lumot, xullas kontentlar soat 7:00 da kanalga joylanadi.

Uyg'onganingizda birinchi bo'lib o'qiydiganingiz shu kanal bo'lsin, tongni biz bilan boshlang. Kuningiz yaxshi boshlanishiga hissa qo'sholsak bundan xursand bo'lamiz.

Kanalga ulanish
@teacherazam
14.4K views15:59
Ochish/sharhlash
2024-04-12 17:40:28
Zamon talabi. Hattoki to'g'ri hibsga olinish uchun ham ingliz tilini bilish kerak

Buning uchun til o'rganish jarayonini o'yin o'ynashdan ham qiziqroq qilib yuborgan onlayn ingliz tili maktabi Englify'ga murojaat qilish kerak.

Englify.uz

Haftada 6 kun dars, ingliz tilini o'rganish uchun o'zimizning maxsus serial va bir dunyo mashqlar. Bizda General English'ning barcha darajalari mavjud. Qiziqqanlar bo'lsa saytga kirib yanada to'liq ma'lumot olishingiz mumkin.

Kanalga ulanish
@teacherazam
14.7K views14:40
Ochish/sharhlash
2024-04-12 10:06:08
Zamon o'zgaryapti...

Endi siz sun'iy intellekt yordamida IELTS mock imtihonlarini topshirishingiz mumkin!

Edu Action va MohirDev dasturchilar jamoasi bilan hamkorlikda to'laqonli sun'iy intellekt yordamida ishlaydigan IELTS MOCK platformasi ishlab chiqildi.

Ushbu munosabat bilan sizni 13-aprel kuni soat 13:00 da Yoshlar Ijod Saroyiga, KATTA TAQDIMOTGA taklif qilamiz!

Tadbir davomida sizlarni sovg'alar va bir qancha yangiliklar kutib turibdi!

Taqdimotda BEPUL qatnashish uchun hoziroq joyingizni band qilib qo'ying:
https://forms.gle/e2Vka5Md2mjSRy279
15.4K views07:06
Ochish/sharhlash
2024-04-11 17:02:02
Xalq birlashsa katta kuchga aylanoladi

Cancel culture - Bekor qilish madaniyati
Unprecented - Misli ko’rilmagan

Kanalga ulanish
@teacherazam
18.5K views14:02
Ochish/sharhlash