Get Mystery Box with random crypto!

Teacher Azam

Telegram kanalining logotibi teacherazam — Teacher Azam T
Telegram kanalining logotibi teacherazam — Teacher Azam
Kanal manzili: @teacherazam
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 52.99K
Kanalning ta’rifi

TEACHER AZAM (Qahramoniy)
👨🏼‍💻 O'zimizning chat guruhimiz bor, ba'zi-ba'zida men ham yozib turaman
👉t.me/Teacherazamchat

🚩Instagram:
👉instagram.com/teacherazam
☎️ Reklama va taklif uchun:
👉 998 97 831 11 11

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2024-03-13 17:19:26
Ramazon oyiga aloqador so'zlar

Fasting - Ro'za / ro'za tutish
I'm fasting - Men ro'zaman
Suhoor - Saharlik
Breaking a fast - Iftorlik / og'iz ochish
Taraweeh - Taroveh
Obligatory charity - Zakot
Call to prayer - Azon

Yana qaysi so'zlar bu oyda davomida ko'p ishlatiladi deb o'ylaysiz? Bilganlaringizni izohlarda bo'lishishingiz mumkin!

Kanalga ulanish
@teacherazam
15.7K views14:19
Ochish/sharhlash
2024-03-12 15:20:00 "Debillar" nomli yangi web-serial

Bu odatiy o'zbek seriallariga o'xshamaydigan serial. Ko'pchilik tomoshabinlar aslida film ssenariy qanday yozilishi kerakligini yaxshi tushunmaydi. Bu serialdagi dialoglar orqali so'zlarning kuchini his qilib ssenariy o'zi qanday bo'lishi kerakligini his qilishingiz mumkin.





O'zbek tilida tayyorlangan, kamdan-kam sifatli chiqadigan narsalardan biri. Ko'rishni tavsiya qilaman.

Kanalga ulanish
@teacherazam
17.5K views12:20
Ochish/sharhlash
2024-03-12 13:54:01
Haqiqiy toza Inglizlar ham tushunolmaydigan ingliz tilidagi kinolarda nima deyilayotganini anglolmasangiz ham baribir bu foydali bo’laveradi. Chunki...

Kanalga ulanish
@teacherazam
17.4K views10:54
Ochish/sharhlash
2024-03-11 19:37:50 A'lochilik sindromi - sizni juda ham qiynab yuboradigan yomon odat. Maktabdagi a'lochilik emas lekin ta'siri shunga o'xshash.

A'lochilik sindromi nima?
(videoni ko'rish )

Ular loyihasi orqali ko'pchilikka tanish bo'lgan Laziz Hamidov Instagramda 'kerakli lekin hali ko'pchilik bilmaydigan atamalar'ni soddagina qilib o'zbek tilida tushuntirib bermoqdalar. Yana bir foydali loyiha, kuzatishni tavsiya qilaman.

Kanalga ulanish
@teacherazam
18.1K views16:37
Ochish/sharhlash
2024-03-11 07:53:44
Stereotiplar - shaxs yoki butun boshli millat haqida juda ham soddalashtirib hamda umumiylashtirib yuborilgan xato fikr.

Misol uchun: "Hamma ruslar ichadi", "Hamma o'zbeklar osh pishira oladi" deb o'ylashlar ham stereotipning yorqin misoli.

Stereotiplar negativ yoki pozitiv bo'ladi. Lekin ularning har qaysisi zararli. Chunki bu shaxslarning qobiliyatlari va o'ziga xos xarakateriga umumiy baho berish degani.

Bunday fikrlaydiganlarni yumshoq qilib "sodda ekan-da" deb qo'yishadi. "Barcha yigitlar aldoqchi" yoki "Barcha qizlar boylikka uchadi" deyishlar ham umumiylashtirishning oqibati.

Hammada ham qaysidir vaqtda bunday holat bo'lishi mumkin, muhimi uni vaqtida to'g'irlash. Sizda-chi, sizda qanaqasi bo'lgan?

Kanalga ulanish
@teacherazam
14.2K views04:53
Ochish/sharhlash
2024-03-09 19:50:41
Stand-up o'zgacha yo'nalish va mana shunday turdagi intellektual yumor o'zimizda ham ancha rivojlanib ulgurdi

Buni eng birinchi bo'lib boshlab berganlardan biri Islom Karimovning konserti esa yaqindagina YouTube yuzini ko'rdi. Sizlar ham kirib ko'ringlar, dam olish kunlarida zo'r ketadi.





Kanalga ulanish
@teacherazam
16.7K views16:50
Ochish/sharhlash
2024-03-09 07:44:59
Deep pocket - Qappaygan cho'ntak

"Puli juda ham ko'p" degan ma'noni beruvchi slang so'z. Ko'pincha 'kimningdir shunday cho'ntaklari bor' deb ishlatiladi. Misol uchun:

Her boss has deep pockets.

Lekin ushbu so'zning o'zi gapning egasi sifatida ishlatilsa ham to'g'ri bo'laveradi.

Deep pockets are in the town

Ana endi siz kreativroq yo'ldan foydalanib ko'p money o'rniga cho'ntaklar deep bo'lishini tilashingiz mumkin!

Kanalga ulanish
@teacherazam
17.1K views04:44
Ochish/sharhlash
2024-03-07 15:31:32
O'qituvchi yosh o'quvchini urgani haqida video

Xulosa chiqarilishi uchun adolatli chora ko’rilib, ommaga namoyish qilinadi degan umiddaman.

Sizlar nima deysizlar?

Kanalga ulanish
@teacherazam
16.9K views12:31
Ochish/sharhlash
2024-03-05 18:55:16
Don't always say "for example" when you are giving an example. There are a lot of other options. For example:

For instance
As proof
Let's say
Imagine!
Such as
As an example
Including...

Bu frazalarni ishlatib hayotiy gaplar tuza oladigan ko'plab odamlarni topish mumkin. For instance, YOU! Qani boshlang.

Kanalga ulanish
@teacherazam
14.0K views15:55
Ochish/sharhlash
2024-03-04 18:12:46 Sizni qanday lox qilishadi Timur Alixonov version

YouTube'da ham saviyali kontent ulashishni boshlagan Timur sun'iy intellekt yordamida aynan uning yuzini ishlatib firibgarlik qilganlarning sxemalarini fosh qilib, qanday ishlashini tushuntirib beribdi.

Videoni ko'rish

Foydali mavzulardagi videolar shunday sifatli olinsa yanada maza-de. Xullas, videoni ko'rila, keyin lo'x bo'pqomela!

Kanalga ulanish
@teacherazam
16.7K viewsedited  15:12
Ochish/sharhlash