Get Mystery Box with random crypto!

Martin Iden sindromi Siz uzoq muddat biror nima haqida orzu | Teacher Azam

Martin Iden sindromi

Siz uzoq muddat biror nima haqida orzu qilasiz. Qat'iyat bilan maqsadingizga intilasiz. Biroq quvonch va qoniqish o'rniga siz shunchaki bo'm-bosh, charchagan va orzularidan ajralib, hayotga qiziqishi so'ngan odamga aylanasiz? O'xshash holatmi?

Psixologiyada ushbu holat Martin Iden yoki shunchaki "goal achievement" sindromi deb nomlangan.
Ya'ni, bunga ko'ra siz muntazam bir maqsad yo'lida mehnat qilasiz. Bor kuchingiz va diqqatingiz aynan sizga ilohiy ko'ringan ana shu maqsadga yo'naltiriladi. Biroq vaqti kelib unga erishganingizda siz buni his qilmaysiz, balki sizda depressiya va hattoki hayotdan to'yib o'z joningizga qasd qilish holatlari kuzatiladi.

Biroz qo'rqinchli va jiddiy tibbiy xulosa, shundaymasmi?

ps. Yuqoridagi rasm Jek Londonning 1909-yilda yozgan romanining yangi yangi versiya “Martin Iden” filmi

Kanalga ulanish
@teacherazam