Get Mystery Box with random crypto!

Kontrakt narxi oshmagani aslida yaxshi emas. Iqtisodchi negali | OLIY TAʼLIM

Kontrakt narxi oshmagani aslida yaxshi emas. Iqtisodchi negalini tushuntirdi

Iqtisodchi Otabek Bakirov 3 yildan beri kontrakt narxlari oshirilmagani yaxshi emasligini tushuntirildi.

Kontrakt oshmagan, lekin pul qadrsizlangani hisobga OTMlar zarariga ishlayapti. Bu esa ularda ta’lim sifati tushishiga sabab bo‘ladi.

OTMlar talabalar sonini oshirishga, super-kontrakt talabalarni ko‘proq qabul qilishga majbur bo‘ladi. Bo‘lmasa, xarajatlarni qoplash imkonsiz.

Kontrakt oshmasa, stipendiyalar ham oshmaydi. Stipendiya 2021-yildan beri oshmagan. "Har bir stipendiya oladigan talabani endi rasman kambag‘al deb hisoblash ham mumkin", deb yozadi iqtisodchi.

Narxlarni uzoq vaqt sun’iy raviishda o‘zgartirmay ushlab turish, bu elektr yo gaz bo‘ladimi, oliy ta’limda kontrakt bo‘ladimi yo aytaylik, bu kartoshka bo‘lsa ham masala yechimini va o‘sha tovar-xizmatni siyosiylashtiradi.



Bizni kuzating
«OLIY TAʼLIM »