Get Mystery Box with random crypto!

Ta'lim Live

Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live T
Telegram kanalining logotibi talim_live — Ta'lim Live
Kanal manzili: @talim_live
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.25K
Kanalning ta’rifi

Ta'lim Live™ — Ta'lim tizimiga oid eng so'nggi yangiliklar, ishonchli xabarlar va huquqiy sharhlar sodda tilda
Murojaat uchun: @TalimLiveBot
Tijoriy hamkorlik uchun: @Talabaga_oid

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 58

2022-08-31 14:26:01 "Ichki perevod"da tavsiya etilgan talabalar roʻyxatini oliygohlar o'z sahifalarida eʼlon qilmoqda.

Ikkita uzrli sabablarga ko'ra, bir oliygohdan boshqasiga o'qishini ko'chirish uchun ariza yozgan talabalar natijalari kecha 30-avgust sanasi OTMlarga yuborilgan.

Ushbu toifadagi talabalar 5-sentabr sanasidan boshlab o'qishini ko'chirish uchun ariza yozgan oliygohlarga borishlari mumkin.

Taʼlim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
3.3K views11:26
Ochish/sharhlash
2022-08-31 14:14:15
Hoziroq O’zbekistondagi nufuzli universitetlarga imtihonsiz kirish imkoniyatiga ega bo’ling! 2-kursdan oʻqishni koʻchirish ham mumkin!

Barcha yo’nalishlar mavjud:

Iqtisodiyot
Pedagogika va psixologiya
Boshlang’ich ta’lim
Maktabgacha ta’lim
Filologiya va tillarni o’qitish
Tarix
IT
Sport
Turizm
Matematika va informatika

Qulayliklari:

Diplomi O'zbekistonga o'tadi!
Qulay to'lov-kontrakt narxlar;
O'qishni ko'chirish imkoni bor;
Xizmatlar 100% kafolatlanadi!


Qiziqdingizmi? Batafsil ma'lumot:

Toshkent
90-033-17-31 | Onlayn murojaat
90-017-02-91 | Onlayn murojaat
90-011-15-26 | Onlayn murojaat
90-046-29-89 | Onlayn murojaat

Navoiy
94-682-23-22 | Onlayn murojaat
93-170-71-32 | Onlayn murojaat

Qashqadaryo
90-440-88-85 | Onlayn murojaat

Samarqand
99-584-69-95 | Onlayn murojaat

Manzil: Toshkent, Uchtepa-11, 48-uy
Lokatsiya
Mo‘ljal: Al-Xorazmiy chorrahasi, Turkiston bank

REKLAMA
3.7K viewsedited  11:14
Ochish/sharhlash
2022-08-31 13:48:17 #Qabul2022
Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ijodiy imtihon natijalari e’lon qilindi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Davlat test markaziga taqdim etildi.

OTMlar tomonidan taqdim etilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari test sinovi natijalari bilan birga hisoblanib, my.dtm.uz va mandat.dtm.uz saytlariga joylashtirildi.

Oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

my.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2022” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.

Quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish 2022” bo‘limidan):

@mandatjavobbot
@mandatjavobbot
@mandatjavobbot
@mandatjavobbot

Talabgor ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Taʼlim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
4.5K viewsedited  10:48
Ochish/sharhlash
2022-08-31 13:22:01 Xorijdan o'qishini ko'chirish uchun test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tgan talabgorlar uchun muhim xabar

Xorijdan va xorijiy oliy ta'lim muassasalarining filiallari va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan o'qishni ko'chirish uchun o'tkazilgan test sinovida yetarli ball to'plagan talabgorlarga aloqa xatlari qachon berilishi hozircha noma'lum.

Sababi o'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabgorlarning qaydnomalari Davlat test markazi tomonidan oliy ta'lim muassasasiga taqdim etilganicha yo'q. (aniq sanasi noma'lum)

Yetarli ballni to'plab aloqa xatini kutayotganlar va superkontrakt asosida o'qish istagi bor talabgorlar oliygohingiz rasmiy sahifalarini kuzatib borishlarini tavsiya etiladi.

Taʼlim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
5.1K views10:22
Ochish/sharhlash
2022-08-31 13:01:47
Abiturent va Talabalar diqatiga Siz kutgan yangilik
Oʻzbekistonda ta’lim oling!!!

1-kursdan Oʻqishga kiring
2-kursdan Oʻqishni koʻchiring (
перевод)

Suxbat asosida talaba bo'ling

Ta’lim yo’nalishlari 12-27 ml

Iqtisodiyot
Bank ishi va moliya
Turizim
Filalogiya
Tarix
Axbarot texnalogiyasi
Boshlangʻich ta’lim
Maktabgacha ta’lim
Pedagogika va psixologik
Davolash ishi

Kompaniya to'lovi mavjud.

Aloqa bo'limi:

94-135-44-45 | Yozish

Biz bilan aloqada bo'ling

RRKLAMA
5.3K viewsedited  10:01
Ochish/sharhlash
2022-08-31 06:34:28
Ichki perevod natijalari chiqa boshladi.

Talabgorlar transfer.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetga kirgan holda, "arizalar tarixi" bo'limidan natijani aniqlashlari mumkin.

"Tavsiya etildi" statusi perevod qilishingizga ruxsat berildi degani. Agar javob kelmagan boʻlsa biroz kuting, birin-ketin javoblar kelmoqda.

Taʼlim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
8.8K views03:34
Ochish/sharhlash
2022-08-30 19:18:08 #Akkreditatsiya

Qoʻshni davlatlardagi akkreditatsiyalangan oliy taʼlim tashkilotlarining yangilangan roʻyxati eʼlon qilindi.

Siz tahsil olayotgan oliygoh Akkreditatsiyadan oʻtmagan boʻlsa, oʻqishni koʻchirish talabingiz rad etiladi, imtihondan oʻtgan boʻlsangiz ham.

Batafsil: https://t.me/Talim_Live/1157

Taʼlim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
6.5K viewsedited  16:18
Ochish/sharhlash
2022-08-30 15:37:02 Ta’lim kreditlarini ajratish tartibi.

Kontrakt asosida oʻqishga kirganlar uchun ta’lim kreditlarini ajratish maqsadida Moliya vazirligi huzurida Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamgʻarmasi tashkil etilgan.

Jamgʻarma kreditlarni tijorat banklari orqali ajratadi.

Kredit olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

ariza;
toʻlov-kontrakt asosida oʻqish haqidagi shartnoma (kontrakt);
krediti qaytarilishining ta’minoti boʻyicha hujjat (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalar farzandlariga garov va kafillik talab etilmaydi);
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (reyestrga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);
bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar.

Hujjatlar 5 ish kunida koʻrib chiqiladi.

Kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy oʻqish muddati tugagandan soʻng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

Kredit Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.

Taʼlim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
14.3K views12:37
Ochish/sharhlash
2022-08-30 15:25:34
AL FARG’ONIY ( alfraganus) universiteti talabasi bo’ling.

1-kursdan abituriyentlar uchun
2-kursdan perevod qiladiganlar uchun

Yo’nalishlar:
1. Jahon iqtisodiyoti
2. Iqtisodiyot (tarmoqlar bo’yicha)
3. Moliya
4. Soliq va soliqqa tortish
5. IT dasturiy injinering
6. Sun’iy intilekt
7. Ona tili va adabiyot
8. Filologiya (ingliz tili)
9. Filologiya (rus tili)
10. Filologiya (arab tili)
11. Pedagogika va psixologiya
12. Boshlang’ich ta’lim
13. Maktabgacha ta’lim
14. Turizm
15. Mehmonxona tashkil etish va boshqarish
16. Sport faoliyati (faoliyat va turlar bo’yicha)

Ta’lim shakli:
Kunduzgi
Kechki
Sirtqi

Diplom O’zbekistonda tan olinadi oliy ta’lim vazirligi tomonidan beriladi.
Universitet Toshkent shahrida joylashgan

Tel: +998933270685
+998934416455
+998933757133
+998996568006
+998946177717
+998997222266
+998943014703
7.8K views12:25
Ochish/sharhlash
2022-08-30 11:57:39 #Xushxabar

ENDI TAʼLIM KREDITI BARCHAGA BERILADI

O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan ta’lim muddati bir yil va undan ortiqni tashkil etuvchi barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari, jumladan;

davlat oliygohlari;
nodavlat oliygohlar;
o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari;
O‘zbekistondagi xorijiy oliygoh, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari.

Shuningdek, kunduzgi, kechki, sirtqi taʼlim shakliga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan hamda o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.

Asos: Oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 323-qarori

Taʼlim tizimiga oid yangiliklar:
@Talim_Live
12.1K views08:57
Ochish/sharhlash