#Qabul2022 Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ijodiy imt | Ta'lim Live
#Qabul2022 Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ijodiy imtihon natijalari e’lon qilindi
Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy)imtihon natijalari Davlat test markaziga taqdim etildi.
OTMlar tomonidan taqdim etilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari test sinovi natijalari bilan birga hisoblanib, my.dtm.uz va mandat.dtm.uz saytlariga joylashtirildi.
Oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan talabgorlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:
my.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish (xorijdan) Natijani olish“ bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.
mandat.dtm.uz saytining “O‘qishni ko‘chirish-2022” bo‘limi orqali talabgorning ID raqamini kiritgan holda.
Quyidagi telegram botlariga talabgorning ID raqamini yuborgan holda (“O‘qishni ko‘chirish 2022” bo‘limidan):
Ta'lim Live™ — Ta'lim tizimiga oid eng so'nggi yangiliklar, ishonchli xabarlar va huquqiy sharhlar sodda tilda. Murojaat uchun: @TalimLiveBot. Tijoriy hamkorlik uchun: @Talabaga_oid...