Get Mystery Box with random crypto!

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal | T
Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal |
Kanal manzili: @talabauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.32K
Kanalning ta’rifi

Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal
▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari
Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!
Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz
Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-05-21 08:11:42
Nodavlat oliygohlarga litsenziya berish tartibi oʻzgarmoqda

Nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga litsenziya berish Vazirlar Mahkamasining 80-sonli qarori asosida amalga oshirilib kelingan edi. Ushbu qarorda litsenziya olish uchun talablar batafsil koʻrsatilgan edi.

Hozirgi vaqtda ushbu hujjatga oʻzgartirish kiritilmoqda va endilikda litsenziya yangi talablar asosida berilishi kutilmoqda, jumladan:

Hisob raqamda turishi lozim boʻlgan 150,000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablagʻi endilikda muzlatiladi, garov sifatida pulni hisob raqamdan yechib olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi;

Nodavlat oliygoh ochish uchun oʻquv binosi ijara asosida boʻlishi tartibi bekor qilinishi kutilmoqda, oʻquv binosi oliygoh ochmoqchi boʻlgan MCHJ balansida boʻlishi talab etiladi;

Talabalar turar joyi (TTJ) binosi balansda boʻlishi shart emas. Talabalarni TTJ bilan taʼminlash uchun boshqa bino inshootlarni ijaraga olish mumkin boʻlmoqda.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
5.3K views05:11
Ochish/sharhlash
2023-05-21 05:44:41
Grant asosida oʻqishni tamomlagan bitiruvchilarning 3 yil ishlab berish majburiyati oʻz kuchini yoʻqotmagan

Davlat rahbarining 2022-yil 15-iyundagi 279-son qarori 3-ilovasiga muvofiq Prezidentning ayrim qarorlari, jumladan, 2005-yil 2-iyundagi 92-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblandi. Ammo mazkur qaror ijrosiga koʻra ishlab chiqilib, tasdiqlangan Kadrlarni davlat grantlari asosida maqsadli tayyorlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom oʻz kuchini yoʻqotmagan.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
5.6K views02:44
Ochish/sharhlash
2023-05-20 14:38:42
Rossiya Markaziy Osiyodan kelgan talabalar uchun kvotalarni oshirmoqchi

Rossiya 2023-2024 o‘quv yilida Markaziy Osiyo mamlakatlari talabalari uchun kvotalar sonini oshiradi. Bu haqda ...

Batafsil quyidagi havolada
https://abt.uz/blog/rossiya-markaziy-osiyodan-kelgan-talabalar-uchun-kvotalarni-oshirmoqchi

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
4.8K views11:38
Ochish/sharhlash
2023-05-20 12:41:42 Talaba operatsiya qiladi...

- Operatsiyangiz unchalik ogʻir emas hurmatli bemor, shuning uchun talabalar qiladi operatsiyani..
- Iya,  oʻlib qolsamchi?
- Havotir olmang, hammasiga 2 qoʻyaman.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
5.1K viewsedited  09:41
Ochish/sharhlash
2023-05-20 10:25:41
O‘zbekistonlik talabalar I xalqaro statistika olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Joriy yilning, 16-19 may kunlari Moskva shahridagi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetda I xalqaro talabalar statistika festivali va Statistika bo‘yicha talabalar xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi statistika qo‘mitasi tomonidan “MDH statistikasini rivojlantirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu tadbirlarda O‘zbekistondan ikkita talabalar jamoasi “Men – O‘zbekistonman!” video ketma ketligi hamda statistika viktorinasi chiqishlari bilan qatnashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra
, har ikkala o‘zbek talabalar jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, ikki nominatsiyada goliblikni qo‘lga kiritdi.

Talaba.uz jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlarimizni samimiy tabriklab, ularga kelajakda ulkan zafarlar tilaydi!
5.7K views07:25
Ochish/sharhlash
2023-05-20 08:09:39
Kimda shunaqa?

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
5.2K views05:09
Ochish/sharhlash
2023-05-19 17:41:58
Vengriyaning Obuda universitetiga ekskursiya.

O’zbekistondan zam dekanlar va tyutorlar boradigan joy ekan.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
5.7K viewsedited  14:41
Ochish/sharhlash
2023-05-19 15:42:37 Respublika davlat OTM MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati

Siz, mazkur roʻyxatdan qaysi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha davlat OTM MAGISTRATURASIga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlari mosligini bilib olishingiz mumkin.

Shuningdek:

respublikada belgilangan tartibda tashkil etilgan xorijiy davlatlar OTM yoki filiallari hamda nodavlat OTM bitiruvchilari mos (muvofiq) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda qatnashadi;
turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirmagan yo‘nalishlarning bitiruvchilari faqat shu ta’lim yo‘nalishi mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashadi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
5.6K views12:42
Ochish/sharhlash
2023-05-19 14:30:52
IT Park University talabasi bo'ling!

Eng yaxshi talabalar Yevropa va AQShda amaliyot o‘taydilar, shuningdek, IT-mahsulotlarni ishlab chiqish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri bo‘lgan EPAM kompaniyasidan ish takliflarini oladilar.

Qanday qilib ITPU talabasi bo’lish mumkin?

1. my.itpu.uz saytidagi shaxsiy kabinetingiz orqali ariza yuboring
2. Kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshiring
3. Shartnomani imzolang va to’lovni amalga oshiring

Telegram-bot orqali batafsil ma'lumot oling: @itpu_bot
+998(55) 503-99-99
5.1K views11:30
Ochish/sharhlash
2023-05-19 09:28:07
#diqqat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan materiallar ro‘yxati (2023-yil 17-may holatiga ko‘ra)

Oxirgi vaqtlarda juda ko'p yoshlar bilib, bilmay shu materiallarni tarqatib qamalmoqda. Ushbu ro'yxat bilan yaxshilab tanishib chiqing va bu materiallardan yiroq yuring. Qolganlarni ham ogohlantirib qo'ying.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
9.6K views06:28
Ochish/sharhlash