Get Mystery Box with random crypto!

Nodavlat oliygohlarga litsenziya berish tartibi oʻzgarmoqda N | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Nodavlat oliygohlarga litsenziya berish tartibi oʻzgarmoqda

Nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga litsenziya berish Vazirlar Mahkamasining 80-sonli qarori asosida amalga oshirilib kelingan edi. Ushbu qarorda litsenziya olish uchun talablar batafsil koʻrsatilgan edi.

Hozirgi vaqtda ushbu hujjatga oʻzgartirish kiritilmoqda va endilikda litsenziya yangi talablar asosida berilishi kutilmoqda, jumladan:

Hisob raqamda turishi lozim boʻlgan 150,000 AQSH dollari miqdoridagi pul mablagʻi endilikda muzlatiladi, garov sifatida pulni hisob raqamdan yechib olinishiga yoʻl qoʻyilmaydi;

Nodavlat oliygoh ochish uchun oʻquv binosi ijara asosida boʻlishi tartibi bekor qilinishi kutilmoqda, oʻquv binosi oliygoh ochmoqchi boʻlgan MCHJ balansida boʻlishi talab etiladi;

Talabalar turar joyi (TTJ) binosi balansda boʻlishi shart emas. Talabalarni TTJ bilan taʼminlash uchun boshqa bino inshootlarni ijaraga olish mumkin boʻlmoqda.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg