Get Mystery Box with random crypto!

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal | T
Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal |
Kanal manzili: @talabauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.32K
Kanalning ta’rifi

Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal
▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari
Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!
Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz
Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-06-08 07:20:13
Pedagog talabalarga!

Shu tartibni o'zimizda ham shakllantirish kerakdir!

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ㅤ
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
6.4K viewsedited  04:20
Ochish/sharhlash
2023-06-07 14:53:58
Rasman: Abituriyent kirish imtihonida qatnashish uchun 165 ming so‘m to‘lov qiladi

O‘rta ta’limni avvalgi yillarda tugatgan abituriyentlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov qilishlari kerak.

Ayni paytda bir BHM – 330 ming so‘m, yarim baravari esa 165 ming so‘m.

Lekin hamma abituriyentlar ham to‘lov qilmaydi. To‘lovdan ozod abituriyent toifalari:
o‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar;
nogironligi bo‘lgan shaxslar;
mehribonlik uylari bolalari;
bolalar shaharchasining bitiruvchilari;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
“Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar kirish imtihonlarida qatnashish uchun to‘lov qilmaydi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ㅤ
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
9.8K viewsedited  11:53
Ochish/sharhlash
2023-06-06 12:06:43
Rasman: Test boshlanish vaqti oʻzgaradi

3 yillik tanaffusdan keyin test sinovlarini yana yopiq binolarda oʻtkazilayotganligi sababli, xuddi 2018–2019-yillarda boʻlgani kabi test sinovlarida 1-smena soat 08:00 dan, 2-smena esa 15:00 dan boshlanishi rejalashtirilgan.

Bir smenada 44 ming abituriyent imtihonda qatnashadi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
4.0K views09:06
Ochish/sharhlash
2023-06-06 10:01:43
Siz boʻyab chiqqandan javoblar varaqasini qanday tekshirilishini bilasizmi ?

Ushbu videoda koʻrib turgan ikkita texnika soatiga 30 ming javoblar varaqasini tekshiradi. Skanerlar birdaniga javoblar varaqasini skaner qilib oladi va ularni ro‘yxatga kiritadi.

Shu oʻrinda qizziq maʼlumot, Imtihon vaqtida DTMning test tuzish va chop etish jarayonida ishtirok etadigan xodimlari mazkur binoning o‘zida yashaydi, begonalar kirishi butunlay taqiqlanadi. Bu jarayon oxirgi bosqichdagi testlar xavfsizligini ta’minlash uchun joriy etilgan ekan.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
4.7K viewsedited  07:01
Ochish/sharhlash
2023-06-06 08:26:30
#abituriyent

Mandat natijalari qachon e’lon qilinishi aytildi

Bunga Bilimni baholash agentligi mutaxassisi javob berdi:

"Abituriyentlar test sinovida ishtirok etgan kunining ertasiga o‘z natijasini bilib olishi mumkin. Abituriyentning javoblar varaqasi rangli skaner qilinib, shaxsiy kabinetiga joylashtiriladi va u yerda nechanchi savolga qaysi javob belgilangani, bu javob to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi ko‘rsatiladi.

Test sinovlari to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta ichida abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani bo‘yicha natijalari e’lon qilinadi.
"

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ㅤ
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
7.3K views05:26
Ochish/sharhlash
2023-06-05 09:20:12
Talabalar zerikkanga o'xshaydi

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.4K views06:20
Ochish/sharhlash
2023-06-05 07:46:31
Test sinovlari yopiq binolarda o‘tkazilishi munosabati bilan test vaqti ham o‘zgaradi

Avvalgi yillarda imtihonlar stadion va xiyobonlarda o‘tkazilgani sababli 1-smena soat 07:00 dan 10:00 gacha, 2-smena esa 19:00 dan 22:00 gacha o‘tkazilgan edi. Chunki boshqa paytda kun juda issiq bo‘lardi.

3 yillik tanaffusdan keyin test sinovlarini yana yopiq binolarda o‘tkazilayotganligi sababli, endi bunaqa vaqtli va kech imtihon o‘tkazishga ehtiyoj yo‘q. Shu sababli, xuddi 2018–2019 yillarda bo‘lgani kabi test sinovlarida 1-smena soat 08:00 dan, 2-smena esa 15:00 dan boshlanishi rejalashtirilgan.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ㅤ
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
8.0K viewsedited  04:46
Ochish/sharhlash
2023-06-03 12:36:48 #Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqand davlat chet tillar instituti yotoqxonasida tungi klub tashkil qilindimi?” mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Ushbu xabar yuzasidan Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati munosabat bildiradi.

Kuni kecha, 2-iyun kuni institutning 1-sonli talabalar turar joyida Buxoro davlat universiteti hamda Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari ishtirokida "Travel time leaders club" loyihasi dorasida gulxan yoqilib, atrofida jonli ijrodagi qo‘shiqlar ijro etildi.

Bundan ko‘zlangan yagona maqsad talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli va tizimli tashkil etishdir. Talabalarning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, shuningdek, oliygohlarda tahsil oluvchi talabalarning o‘zaro hamkorliklarini yo‘lga qo‘yish borasida bunday tadbirlarni qancha o‘tkazsak, kam nazarimizda.

Alohida aytish joiz, Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Buxoro davlat universiteti talabalari o‘rtasida sportning “Valeybol” va “Stol tennisi” kabi turlari bo‘yicha musobaqalar hamda turli xil ma'naviy-ma'rifiy
tadbirlar ham o‘tkazilishi davom etmoqda.

SamDCHTI Axborot xizmati


Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ㅤ
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
6.2K views09:36
Ochish/sharhlash
2023-06-03 07:55:34
Samarqand davlat chet tillari instituti yotoqxonasida tungi klub tashkil qilindimi?

"Assalomu alaykum murojaatim bor edi. Samarqand davlat chet tillar instituti talabasiman. Institutni 1-sonli yotoqxonasida istiqomat qilaman. Murojaatim shundan iboratki uyerda haftada bir ikki marta soat kechasi 11-12 larda muzika qo'yib qo'yadi, prorektorgacha chiqdik lekin foydasi bo'lmadi keyin guruh adminlari guruhga yozdi "so'zlaring o'tmaydi baribir yozganlaring bilan" degan ma'noda. Usha guruhni adminlari rektoratda ishlarkan hech qanday chora ham ko'rilmadi foydasi ham bo'lmadi.

Buni qanday hal qilish mumkin?
Sizga yozganim sababi kanalga yozib chiqarsangiz balkim ta'siri bo'lib qolar..."


Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ㅤ
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
5.8K views04:55
Ochish/sharhlash
2023-06-02 14:03:54
Ayrim talabalar uchun kontrakt to‘lash muddati 10 iyungacha uzaytirildi.

Ayrim toifadagi talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023 yilning 10 iyun (shu kuni ham) etib belgilandi.

Bu muddat bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan quyidagilarga taalluqli:

to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-kurslar);
o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan);
qayta tiklangan talabalar uchun.
Kollej va texnikumlarga o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar (1-bosqich o‘quvchilari) uchun ham muddat 10 iyunga qadar uzaytirildi (2023 yil 15 martdan keyin kontraktini to‘laganlarning to‘lovi ham inobatga olinadi).

Yuqori bosqich (2- va undan yuqori kurs) talabalari uchun kontrakt to‘lash muddatini uzaytirish OTM rektor (direktor)larining vakolatiga berilgan.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
7.8K viewsedited  11:03
Ochish/sharhlash