Get Mystery Box with random crypto!

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal | T
Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal |
Kanal manzili: @talabauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 24.32K
Kanalning ta’rifi

Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal
▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari
Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!
Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz
Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2023-06-01 09:02:39
Litsenziyasi mavjud bo‘lmagan tashkilotlardan ogoh bo‘ling!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent milliy ta’lim universitetiga oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya berilmaganini ma'lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent milliy ta’lim universitetiga qabul bo‘lib o‘tayotgani haqida xabarlar tarqalgan.

Vazirlik vakolatli organ sifatida ushbu xususiy ta’lim muassasasiga hech qanday sertifikat bermaganligini va uning faoliyati noqonuniy hisoblanadi.


Do'stlaringizga ulashing
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
5.6K views06:02
Ochish/sharhlash
2023-06-01 07:23:08
Bayram muborak boʻlsin .

Do'stlaringizga ulashing
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.3K views04:23
Ochish/sharhlash
2023-05-31 14:25:43 Ilm og’zaki o’tadi

Bir oy bitta xonada o’tirib ikkita kitob tugatdik. Rasmlar ko’rdik. Videolar qo’yib berishdi.

Keyin operatsiyaga kirdik. Jarroh qilayotgan ishlarini gapirib bajardi. Ana shu bir soat ichida bir oydagidan ko’proq narsa o’rgandim.

Ilm oluvchilar bir narsani bilib olishlari kerak: Eng kerakli, foydali ilmlar og’zaki o’tadi. Ustoz bilan yonma-yon holda bo’lganda o’tadi. Kitoblar, leksiyalar, videolar hech qachon og’zaki transferga yeta olmaydi.

Yuzlab videokurs va kitob tugatgan odam, bir oy ustoz ko’rgan odamdan o’tib keta olmasligi mumkin. Buni kitoblarda yozishmaydi. Chunki bu ilm ham og’zaki o’tadi)

azizrakhimov_blog

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
8.1K views11:25
Ochish/sharhlash
2023-05-31 11:47:42 5 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlardan tavsiyanoma olish shartlari

Mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlardan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabul qilish joriy yilning 1-iyuniga qadar davom etadi.

Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar:
- oʻrta maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishi;
- tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi;
- oʻrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlishi kerak.
- 1-7-iyun kunlari tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.3K views08:47
Ochish/sharhlash
2023-05-31 08:40:42 Rasman: Xotin-qizlarga 2000 ta grant uchun tavsiyanoma berish boshlandi

Arizalar 30-maydan 8-iyunga qadar xotin-qizlar.uz sayti orqali elektron shaklda qabul qilinadi;

10-iyunga qadar tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi;

Tavsiyanoma ishchi guruhi yigʻilishining yakuniy bayonnomalariga koʻra, rasmiylashtirilgan tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlarining buyruqlari asosida elektron hujjat shaklida qabul qilinadi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan 14-iyunga qadar beriladi.

Tavsiyanomalar 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.7K views05:40
Ochish/sharhlash
2023-05-31 08:06:02
Dars vaqtida telegramingizni o'chirib qo'ying

Sotib qo'ydi))

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

♡ ㅤ ❍ ⎙ㅤ ⌲
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ
6.1K views05:06
Ochish/sharhlash
2023-05-31 07:36:48
Samarqand xalqaro texnologiya universiteti hujjatlar qabulini boshladi.

Batafsil ma'lumotlar va hujjatlarni quyidagi havola orqali topshirishingiz mumkin.

Siz o'rta ta'limni bitirganlik haqidagi hujjatlarni olguningizga qadar o'zingiz tahsil olayotgan muassasaning (maktab, kollej yoki litsey) bitiruvchisi ekanligingizni tasdiqlovchi ma'lumotnomani tizimga yuklashingiz mumkin.

MUHANDISLIK:
⁃ "Geologiya va geomuhandislik";
⁃ "Konchilik ishi";
⁃ "Kimyo muhandisligi";
⁃ “Neft va gaz muhandisligi";
⁃ "Axborot texnologiyalari".

TADBIRKORLIK:
⁃ “Tadbirkorlik va menejment";
⁃ “Xalqaro logistika"(AQSH oliy ta'lim dasturi asosida).

XITOY ENERGETIKA INSTITUTI:
⁃ "Issiqlik energetikasi"(Xitoy oliy ta’lim dasturlari asosida).

KOREYA TEXNOLOGIYASI VA MADANIYATI KOLLEJI:

⁃ “Yashil texnologiyalar" (qayta tiklanadigan energiya manbalari)";
⁃ "Dizayn";
⁃ "Raqamli iqtisodiyot".

Ta'lim ingliz tilida olib boriladi.

+99855 705-50-05,+99897 575-48-29

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt
5.8K views04:36
Ochish/sharhlash
2023-05-31 06:21:42 Yiliga 500 nafar yoshlar eng nufuzli xorijiy oliygohlarga davlat hisobidan o‘qishga yuboriladi

O‘zbekistonda dunyodagi “Top-500"ga kiradigan chet el oliygohlari bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma o‘quv dasturi va “ikki diplomli tizim" joriy etiladi. Bu haqda prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

Bundan tashqari, bio-texnologiya, sun’iy intellekt va boshqa yuqori texnologik yo‘nalishlarda yiliga 500 nafar iste’dodli yoshlar eng nufuzli xorijiy oliygohlarga davlat hisobidan o‘qishga yuboriladi. Shavkat Mirziyoyevning ma’lum qilishicha, buning uchun 200 million dollar yo‘naltiriladi.

Kelgusi yetti yilda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish uchun 1 milliard dollar ajratiladi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
5.6K views03:21
Ochish/sharhlash
2023-05-30 10:55:57
SamDUda talabalardan pora qay tarzda olinadi?

Samarqand Davlat Universteti Rus tili filologiyasi fakulteti talabasi
Shodiyona Rahmonova o‘z guruhdosh va kursdoshlariga telegram nomasi yo‘llab, 300 ming to‘plab berishni talab qilmoqda. Bu o‘qituvchilar "zachyotka" qo‘yib berish uchun har bir talaba berishi kerak bo‘lgan pora.

Shodiyona Rahmonova o‘z bank hisobraqamlarini ham yo‘llagan.

Uning nomalaridan o‘qituvchilarga pora berish bu ilim dargohida odatiy hol ekanini payqash mumkin. O‘qituvchilar talabalar orasida o‘z vositachisiga ega.
Manba

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
8.2K viewsedited  07:55
Ochish/sharhlash
2023-05-27 19:25:03
Halok bo‘lgan harbiy xizmatchining farzandlari OTMda davlat granti asosida ta’lim olishi ta’minlanadi

Prezident farmoniga binoan 2023 yil 1 iyundan boshlab halok bo‘lgan harbiy xizmatchining farzandlari maktabgacha ta’lim muassasalarida bepul tarbiyalanishi, shuningdek, professional va OTMda davlat granti asosida qo‘shimcha kvotalar bo‘yicha ta’lim olishi ta’minlanadi.

Halok bo‘lgan harbiy xizmatchining ota-onalariga yiliga 2 marta temir yo‘l va havo yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanish huquqi beriladi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
8.1K viewsedited  16:25
Ochish/sharhlash