Get Mystery Box with random crypto!

5 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlardan tavsiyanoma o | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

5 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlardan tavsiyanoma olish shartlari

Mutaxassisligi boʻyicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega boʻlmagan xotin-qizlardan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabul qilish joriy yilning 1-iyuniga qadar davom etadi.

Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar:
- oʻrta maxsus yoki professional taʼlim boʻyicha mutaxassislikka ega boʻlishi;
- tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi;
- oʻrta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi boʻyicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlishi kerak.
- 1-7-iyun kunlari tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan talabgorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish toʻgʻrisida xulosa qabul qilinadi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg