Get Mystery Box with random crypto!

#Rasmiy_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqand davlat chet | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqand davlat chet tillar instituti yotoqxonasida tungi klub tashkil qilindimi?” mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Ushbu xabar yuzasidan Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati munosabat bildiradi.

Kuni kecha, 2-iyun kuni institutning 1-sonli talabalar turar joyida Buxoro davlat universiteti hamda Samarqand davlat chet tillar instituti talabalari ishtirokida "Travel time leaders club" loyihasi dorasida gulxan yoqilib, atrofida jonli ijrodagi qo‘shiqlar ijro etildi.

Bundan ko‘zlangan yagona maqsad talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli va tizimli tashkil etishdir. Talabalarning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, shuningdek, oliygohlarda tahsil oluvchi talabalarning o‘zaro hamkorliklarini yo‘lga qo‘yish borasida bunday tadbirlarni qancha o‘tkazsak, kam nazarimizda.

Alohida aytish joiz, Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Buxoro davlat universiteti talabalari o‘rtasida sportning “Valeybol” va “Stol tennisi” kabi turlari bo‘yicha musobaqalar hamda turli xil ma'naviy-ma'rifiy
tadbirlar ham o‘tkazilishi davom etmoqda.

SamDCHTI Axborot xizmati


Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg

ㅤ ㅤ
ʲᵒᶦᶰ ᶜᵒᵐᵐᵉⁿᵗ ˢᵃᵛᵉ ˢʰᵃʳᵉ