Get Mystery Box with random crypto!

OTMlarning Magistratura bosqichiga qabul qilishda til sertifik | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

OTMlarning Magistratura bosqichiga qabul qilishda til sertifikatini talab qilish qanchalar to'g'ri?

Prezident qaroriga ko‘ra, 2022/23 yilgi qabuldan magistratura va oliy ta’limdan keyingi ta’limda o‘qish uchun talabgorda chet tilidan B2 daraja, til yo‘nalishlari nomzodlarida esa S1 darajadagi sertifikat bo‘lishi majburiy qilib qo‘yilgandi.

Magistratura uchun til bilish darajasini aniqlovchi sertifikat o'zi nimaga kerak?

4 yil OTMda o'qib faqat 1-kursda chet tili o'tilgan xolos, demak biz magistraturaga hujjat topshirishimiz uchun qo'shimcha chet tili darsiga pul sarflab o'rganishimiz kerakmi-di?
Bo'lmasa, bir tiynga qimmat darsliklar uchun nimaga falon pul kontrakt to'lab o'qidik.

4-kursgacha darsliklar qatorida chet tili bo'lsagina sertifikati talab qilish adolatli bo'lar edi.

Endi qarang, ko'plab OTMdagi ayrim ta'lim yo'nalishlarida chet tili faqat 1-kursning 1-simestirida o'tiladi xolos, ayrim yo'nalishlarda esa 4-kursgacha to'liq o'tiladi.

Misol:
Axborot texnologiyalari fakulteti amaliy matematika va informatika ta'lim yo'nalishining 4-kursini tamomlayotgan talabalarga faqat 1 kursdagina chet tili o'tilgan.
Tabbiy fanlar fakultetining esa biologiya ta'lim yo'nalishining 4-kursini tamomlayotgan talabalarga esa to'liq 4-kursgacha chet tili o'tilgan.

Endi ikkala ta'lim yo'nalishini tamomlayotgan talabalardan magistratura uchun bir xil chet tili sertifikatini talab qilish qanchalar to'g'ri.
Qani bu yerda mantiq!

P.S: Men bir dasturchi bolani taniyman. Bakalavrni tamomlayabdi. O'z ishining ustasi.
Ajoyib dastur, ilova va o'yinlar yaratadi. Maktabda 1 mln so'm evaziga oylikka ishlaydi
OTMdagi o'qituvchilar bilan bilim jihatdan bemalol raqobatlasha oladi. Bilim darajasi ancha yuqori.

Endi shu bola magistraturada o'qishi uchun bor bilimini dasturlashga emas xorijiy til o'rganishga sarflashi kerakmidi

P. S. Buning hammasi shaxsiy fikr. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan magistratura uchun talab qilayotgan xorijiy til sertifikatini bekor qilishini so'rab qolardim, yoki qayta bir ko‘rib chiqilishi kerak.

Saidali Khayitov

Talaba.uz rasmiy kanali
https://t.me/+D8upafGDfsdiNGNi