Get Mystery Box with random crypto!

Talaba.uz | Rasmiy kanal |

Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal | T
Telegram kanalining logotibi talabauz — Talaba.uz | Rasmiy kanal |
Kanal manzili: @talabauz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 12.21K
Kanalning ta’rifi

Talabalar va abituriyentlar uchun eng katta kanal
▪️Talabalar hayoti | Grantlar | Ta'lim yangiliklari
Maqsad aniq bo'lsa, biz bilan marra sizniki!
Reklama uchun👉 @Reklama_TalabaUz
Savol, taklif va muommolar uchun:👉 @NodirUz

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 16

2023-04-19 13:13:01
Ishdan ishga yurish joningizga tegdimi?

O’zbekiston bo’yicha barcha sohadagi
bo’sh ish o’rinlarini topish uchun yordam beruvchi loyiha @kasbim_uz kanaliga kiring, o'zingizga mos ishni tanlang va aloqaga chiqing

•Reklama
4.2K views10:13
Ochish/sharhlash
2023-04-19 11:31:09 “Oʻqituvchilikni tashlab boshqa daromadi yaxshiroq ish qilgim kelayapti”

Oylik olasan-da, boshing ogʻrib oʻylaysan, bu pulni nimaga yetkazsam ekan deb. Kommunallar, kredit, oylik toʻlanishi zarur boʻlgan toʻlovlardan ortgan pulni qanday taqsimlash haqida bosh qotirasan.

Bolang oʻsib borayapti, ust-boshi kichrayib qoladi darrov yoki yirtiladi, eskiradi, nimadir yegisi keladi, hiqillab turadi, aylangisi keladi, undan tashqari har kuni kundalik xarajatlari uchun pul berib turish kerak. Istaganlarini muhayyo qilishga imkoning yetmaydi.

Onangni yoʻqlaging keladi, nimadir oberging, yegisi kelganini ogʻziga tutging keladi, lekin choʻntagingdagi hisob-kitobli arzimagan pulingga qarab yuraging eziladi.

Bolang ogʻriydi, oʻzingni kasallik qiynaydi yillab, lekin doktorga borishga oʻylanasan, imkoning yetmaydi, bolalarimni oldida vijdonim qiynaladi.

Ayollarga xos odatlarni ham unutayapman, chiroyli kiyinish, zeb-ziynatlar haqida-ku orzu ham qilmay qoʻyganman, faqat borku, shu borini kiyib turay deydigan boʻlganman.

Bolalarimga ham tinmay sabr qil, sabrli boʻl deyishdan nariga oʻtolmayman.

Davolanish tufayli yanayam xarajatlarni qisqartirdim, qarz boʻlishga ham ulgurdim.

Baʼzida bolam isyon qilib qoladi, qachon bizni uyimiz bitadi, qachon mehmon chaqiramiz biz ham, oʻrtoqlarim undoq, bundoq deb.

U kuni bankda ishlaydigan bir tanishim 14 mln oylik olaman, mukofot pullaridan tashqari dedi.
Men oliy toifali oʻqituvchi boʻlib, bu oylik uchun 4 oy ishlayman.

Siz bir kun 6-7 yoshli goʻdakka dars oʻtib koʻrganmisiz?
Bir bolaga oʻrgatish, taʼlim-tarbiya berish qanchalar mashaqqatli ekanligini bilasizmi? Biz esa nechtalab bolalarga mehrimizni, jonimizni, bor bilimimizni beramiz, asabimiz, sogʻligimizni sarflaymiz.

Lekin oqibatda “Sizlar oylikni oshirish haqida emas, taʼlim sifatini oshirish haqida oʻylanglar” degan gap eshitamiz.

Boshqa soha xodimlaridan qayerimiz kam? Mehnatimiz shunaqa arzimas baholanadimi? Qanday qilib shuncha yetishmovchiliklar ichida yashayotgan odamdan natija kutasiz?

Gapirsang gap koʻp, yurak ogʻriydi faqat.
Yuqori oylik oladigan oʻqituvchilar foizi umumiy oʻqituvchilarning qanchasini tashkil etadi? Nega hammaning oyligi birdan oshirilmaydi?

Bilmadim, odamni ishlagisi ham kelmaydi. Ketay desang shuncha mehnat uvol boʻladimi, deb achinasan, ketmay desang har kuni qayerdan pul topsam deb boshing ogʻriydi»

Shu tvitda muallifning toʻlgan sabr kosasini koʻrdim. Yozganlaridan boshlangʻich sinf oʻqituvchisi, oyligi 3,5 mln.

Bu pul birlamchi ehtiyojlargayam yetmayapti: bolasini yedirib-ichirish, dori-darmon, onaning ogʻziga mazali nimadir tutish (ayni roʻza vaqti boʻlsa, iftorga tansiq nimadir oborgisi keladi).

Zamonaviy latifa esga tushadi. Kelin oʻqituvchi eriga tana qiladi: “Siz meni aldab uylangansiz. Oyligim 1000$ boʻladi degandingiz”. Oʻqituvchi er: “Aldangan faqat sen emas, bizni ham aldashgan”.

Ishqilib vaziri chiqib, “Sen yaxshilab dars oʻt, keyin qoʻshimcha dars ber, ota-ona koʻnglidan chiqarib, barakasini tashlab ketadi”, demasa boʻldi.

Dilroz ABRAYEVA
4.9K views08:31
Ochish/sharhlash
2023-04-19 09:15:08
Bugun referendumda muddatidan oldin ovoz berish boshlandi

Ovoz berish 9:00 dan 18:00 gacha, dam olish kunlari 12:00 dan soat 16:00 gacha amalga oshiriladi.

Faqat referendum kuni yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmaganlar bunday huquqqa ega.

Jarayon 26-aprelgacha davom etadi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
4.9K views06:15
Ochish/sharhlash
2023-04-19 05:08:39
Oʻzbekistonda maktab bitiruvchilariga uchtagacha akademik litseyni tanlash imkoniyati beriladi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi “Akademik litseylarga oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlatish tartibini takomillashtirish haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qoʻydi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
5.1K views02:08
Ochish/sharhlash
2023-04-18 17:22:20
Ko'pchilik talaba qizlarga tanish holat

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.7K views14:22
Ochish/sharhlash
2023-04-18 13:27:39 Bizni taʼlimdan boshqasi qutqarmaydi, qutqarolmaydi

Hozirgidek imkoniyatlar taʼlim sohasida boʻlmagan, umuman bu sohaga bunchalik koʻp eʼtibor berilgan paytni eslolmayman ham. Lekin biz jamiyat sifatida oʻzgarishni xohlasak, oʻzgarishni oʻzimizdan boshlashimiz kerak.

Oʻtgan yili talabalarning kontrakt pullarini toʻlab berish uchun davlatdan 1 trillion soʻmga yaqin pul ajratilgan, lekin bizning talabalar atigi 400 mlrd soʻmlik kontrakt olishgan.

Bu degani 600 mlrd soʻm ishlatilmay qolib ketdi, men shunday bolalarni bilaman, ular kontrakni toʻlashga pulim yoʻq deb oʻqishmadi. Lekin buyoqda shuncha pul ishlatilmadi.

Buning asosiy sababi oʻzimiz. Oʻzimiz salgina izlanmaymiz, salgina harakat qilib miyani ishlatib koʻrmaymiz, imkoniyat izlashdan koʻra bahona topishga ustamiz. Agar chindan jamiyat oʻzgarishini xohlasangiz, oʻzgarishni oʻzingizdan boshlang. Atrofga yaxshilab razm solsangiz, har qadam imkoniyat.

Oʻz ustingizda ishlamasangiz, yotib yeganga togʻ chidamaydi, toʻrt yil universitetda oʻqish bilan ish bitmaydi, hayotda faqat doimiy izlanadiganlar, abadiy student (lifelong student) boʻladiganlar yutuqda boʻladi. Qolganlar esa oylikdan oylikka kun sanab umrini oʻtib ketganini ham sezmay qoladi.

Bektosh HATAMOV
"Mushtum"dan olindi

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
7.0K views10:27
Ochish/sharhlash
2023-04-18 11:15:38
Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi xalqaro darajada e’tirof etildi

Rossiya Federatsiyasining Qozon davlat tibbiyot universitetida o‘tkazilgan Xalqaro yoshlar tibbiy forumida Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi Farruxjon Ashurboyev ilmiy faoliyati bilan ishtirok etdi.

Anjumanda talabamizning ilmiy ishi hay’at a’zolari tomonidan yuqori baholanib, Farruxjon Ashurboyev 1-darajali diplom va statuetka bilan taqdirlandi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.8K views08:15
Ochish/sharhlash
2023-04-18 09:37:28
“Yangi tahriridagi Konstitutsiyamizda yoshlar uchun alohida bob ajratilmoqda va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy iqtisodiy huquqlari kafolatlanmoqda.”

Jizzax viloyatida minglab yoshlar ishtirokida yangi tahriridagi Konstitutsiya targʻibotiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda yosh avlod vakillari ham Konstitutsiya borasidagi oʻz fikrlarini bayon etishdi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.3K views06:37
Ochish/sharhlash
2023-04-17 18:41:01
Namangan davlat universitetida “Korrupsiya — farovon hayotimiz poydevori” mavzusida tanlov oʻtkazilgani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan diplom korrupsiya yoki Konstitutsiya bilan bogʻliq tanlovlar uchun berilmagani maʼlum qilindi.

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
5.9K views15:41
Ochish/sharhlash
2023-04-17 13:38:23 Shu joyiga ushbu hangoma esimga tushib ketdi :

~"Biz korrupsiyaga qarshimiz"
mavzusi bo'yicha o'tkazilgan tanlovda 250 ming so'm bergan ishtirokchi g'olib bo'ldi ~

Talaba.uz rasmiy kanali
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
6.0K views10:38
Ochish/sharhlash