Get Mystery Box with random crypto!

#9_may_XOTIRA Xotira – muqaddas, qadr – ulugʻ! Mamlakatimizd | Talaba.uz | Rasmiy kanal |

#9_may_XOTIRA

Xotira – muqaddas, qadr – ulugʻ!

Mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni keng nishonlanmoqda. Sana munosabati bilan vazirlik masʼullari ham urush qatnashchilari, ulugʻ yoshli nuroniylar holidan xabar olishmoqda.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Sarvarxon Buzrukxonov boshchiligidagi vazirlik masʼullari Olmazor tumanidagi Muhammedovlar xonadonida boʻlishdi. Qutlug‘ 99 yoshni qarshi olgan va qariyb bir asrlik umri davomida yurt tinchligi, Vatan ravnaqi uchun oʻz hissasini qoʻshishga intilib yashagan Muhammedov Mahkam otani bayram bilan tabriklab, otaxonning suhbatini olishdi.

Soʻzlarida olam-olam hikmat mujassam Mahkam ota oʻgʻil-qiz, nevara, evaralarni yurtga sodiq qilib voyaga yetkazgan, ularga oʻz hayot tajribasini oʻrgatgan bobo bugun ularning ardogʻida keksalik gashtini surmoqda. Otaxon yurtimiz tinchligi bardavom boʻlishini, xalqimiz farovonligini, yomon koʻzlardan asrashini tilab, xayrli duo qildi.