Get Mystery Box with random crypto!

#xulosa “Telegramga juda o'rganib qolgan ekanman, butun vaqti | Talabalar Kanali Live | Rasmiy

#xulosa

“Telegramga juda o'rganib qolgan ekanman, butun vaqtimni do'stlar bilan chat yozishib o'tkazyapman. Dars qilish yo'q. Abituriyentlik davridagi o'qishga harakat qayga ketgan hayronman. Uyga qo'ng'iroq qilish hayolimga ham kelmaydi. Shu payt birdan onamdan xabar keldi: “Abonent sizdan qo'ng'iroq qilishingizni iltimos qilyapti, deb, Onam bilan erinibgina bogʻlandim, salomlashdik. Onam gap boshladilar.
— Bolam, shahar mazza boʻlsa kerak aa?
— Ha oyi nega so'rayapsiz?
— Bizda hozir chiroq o'chgan, gaz ham pastlab ketgan.
— Pechka yoqyapsizlarmi?
— Ha bolam onda-sonda. Kontraktingni toʻlagandan keyin pulga sal zoriqib qoldik. Dadang qo'shninikida ishlayaptilar hozir
— Kechqurunda-ya?
— Ha bolam, o'tin sotib olish kerak axir qishlik uchun. Tezak yoqyapmiz hozir. Shunaqa gaplar bolam ukang maktabga chiqmayapti, etigining tagidan suv o'tyapti, lekin yaqinda chiqadi, Dadang shunga va'da berdilar. Ovqatlandingmi?
— Yo'q, hali (koʻz jiqqa yosh)
— Unda ovqatlanib ol. Keyin gaplashamiz bolam. E ha aytgancha yaqinda yuborgan pulimiz yetyaptimi? Puling bormi, bolaginam?
— Ha bor oyijon.
— Mayli bolam unda.
— Xo'p oyijon
. Xiq-xiq

Shu kunlarda nimalarga vaqt
sarflayapmiz, yaqinlarimiz bizga butun borini berayotgan bir sharoitda?


Facebookdan olindi.

Sessiya uchun bot: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Davomi bu yerda
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy