Get Mystery Box with random crypto!

Endilikda talabalarga amaliyot o‘tagani uchun haq to‘lanadi! | Talabalar Kanali Live | Rasmiy

Endilikda talabalarga amaliyot o‘tagani uchun haq to‘lanadi!

Avval bunaqasi bo'lmagan.

Haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalar o‘rtasida har yili kamida bir marotaba tanlov o‘tkaziladi.

Bunda amaliyot o‘tash uchun Respublika bo'yicha 500 ta o‘rin ajratiladi. Amaliyot 1 oydan 3 oygacha bo‘lgan davr mobaynida o‘quv rejasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.

Amaliyot uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobari, ya'ni 680 ming so‘m ish haqi to‘lanadi. Bu pul Oliy ta’lim vazirligidan amaliyot tashkil etilgan tashkilotga o‘tkazib beriladi.

Rasmni pdf qiluvchi: @Pdfimage_bot

Bizni kuzatib boring
@Talabalar_kanali_live

Qo'shimcha ma'lumotlar
https://t.me/+lUj_w7YQDuozODgy