Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi talabalar — Talabalar | Rasmiy kanali T
Telegram kanalining logotibi talabalar — Talabalar | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @talabalar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 43.41K
Kanalning ta’rifi

• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!
• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!
• Reklama va hamkorlik: @MenedjerUzb

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2024-03-13 07:04:02
Necha soat dam olish inson uchun foydali?

0-2 soat — bu oraliqdagi uyqu diqqatni jamlashning qiyinlashuvi va eʼtiborning keskin pasayishiga olib keladi.

3-4 soat — qonda qand miqdori keskin ko‘tariladi, tana vazni orta boshlaydi.

5-6 soat — organizm mushak massasini yo‘qotadi, ochlik hissi kuchayadi va shuning uchun odam tez-tez ovqatlanadi, vaqt o‘tishi bilan immunitet zaiflashadi va organizm tez-tez kasal bo‘lib qoladi.

6-7 soat — kognitiv funksiyalar va xotirani tiklash uchun bu uyqu miqdori minimal hisoblanadi.

7-8 soat — odam o‘z tanasini barqaror ushlab turishi mumkin, qondagi qand miqdori normal bo‘lib qoladi.

8-9 soat — kattalar uchun optimal uyqu miqdori.

10 soat — bunday uyqu to‘liq tiklanish uchun og‘ir stress yoki jismoniy faollikdan keyin kerak bo‘ladi.

Yetarlicha uxlagan bo'lsangiz, derazani oching, quyosh chiqyapti.

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
13.6K views04:04
Ochish/sharhlash
2024-03-13 06:01:47 Rasman: kontrakt toʻlash muddati 10-aprelgacha uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2023/2024-oʻquv yilida oliy va professional taʼlim muassasalarining ayrim talaba-oʻquvchilariga bazaviy/tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati joriy yilning 10-apreliga qadar etib belgilandi.

Ushbu uzaytirish quyidagilarga taalluqli:

oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan (OTM rahbarining farmoyishi asosida oʻqishga qatnashishga ruxsat etilgan, fanlarni oʻzlashtirgan lekin, shartnoma tuzib, toʻlovlarni belgilangan muddatlardan kechikib amalga oshirgan va bugungi kungacha talabalikka qabul qilish boʻyicha buyruq rasmiylashtirilmagan) abituriyentlar;

xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalardan oʻqishini koʻchirayotgan, koʻchirib tiklayotgan va qayta tiklayotgan talabalar;

professional taʼlim muassasalari (kollej, texnikum)ga toʻlov-kontrakt asosida oʻquvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
13.9K views03:01
Ochish/sharhlash
2024-03-12 06:02:17
Siz qila olasiz!

O‘zingizga tinmasdan “Men qila olaman!”, deya ta’kidlang. O‘zingizga qayta-qayta berishingiz bo‘lgan yagona savol esa “Qanday qilib?”, bo‘lsin.

“O‘zini-o‘zi millioner qilganlar” o‘z qiyofasini, kelgusida boy va omadli bo‘lishlarini aniq tasavvur qila oladi.

O'z obrazingizni shakllantiring va unga yetib borish yo'lida mehnat qiling!

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
14.5K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-03-10 12:01:14
Рамазон Муборак азизлар!

Сизга ҳам главний учун шундай исмингиз ёки яқин инсонингизни исми ёзилган расмлар керакми?


Ҳозироқ @TabriklarUzbot'имиз орқали бепул таёрлаб олинг
13.7K views09:01
Ochish/sharhlash
2024-03-07 22:19:49
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni!

Barcha moʻtabar onajonlarimizni, mehribon opa-singillarimizni, go‘zallikda tengsiz qizlarimizni bayramlari bilan tabriklaymiz!

Baxtimizga har doim sog‘-omon bo‘lishlaringizni tilaymiz!

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
20.0K viewsedited  19:19
Ochish/sharhlash
2024-03-07 18:22:33
Musulmonlar idorasi 2024 -yil uchun rasmiy Ramazon taqvimi hamda zakot, fitr sadaqasi va fidya miqdori e’lon qildi

Taqvimda saharlik va iftorlikning Toshkent shahri bo‘yicha vaqtlari keltirilgan.

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
15.1K views15:22
Ochish/sharhlash
2024-03-07 17:21:45
Bayram tabriklari endi 4 xil tilda

Hoziroq yaqinlaringiz uchun ismlari yozilgan ajoyib tabrik rasmlarini mutlaqo bepul yasang va ularni hursand qiling


  ┏━━━━━━━━━━━━━━━┓
   彡 TABRIK YASASH 彡        
  ┗━━━━━━━━━━━━━━━┛
15.0K views14:21
Ochish/sharhlash
2024-03-03 16:32:05
Uzbekistan Airways Navroʻz bayrami munosabati bilan chegirma eʼlon qildi

Tarifdan 30 foiz chegirma asosida taqdim etiladigan aviachiptalarni bugundan, yaʼni 1-martdan boshlab 24-mart kuniga qadar xarid qilish mumkin.

Taqdim qilinadigan chegirmalar faqat 21-martdan – 24-mart kuniga qadar amalga oshiriladigan mahalliy yoʻnalishlardagi aviaqatnovlar uchun qoʻllanadi.

Maʼlumot uchun, chegirmalar nafaqat yurtdoshlarimiz, balki chet el fuqarolari uchun ham amal qiladi.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
18.7K viewsedited  13:32
Ochish/sharhlash
2024-03-01 13:26:04
Psixologiyada o'qiyotganlar Qurolli Kuchlar akademiyasiga kirishi mumkin

2023/2024-o‘quv yilidan boshlab Qurolli Kuchlar akademiyasida kuch tuzilmalari uchun “Psixologiya (harbiy psixolog)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ofitser kadrlarni tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Bu tizimda oliy ta’lim muassasalari Psixologiya ta’lim yo‘nalishining 2-bosqichini muvaffaqiyatli tamomlagan, o‘qishini Qurolli Kuchlar akademiyasida davom ettirish va kelgusida kontrakt asosida harbiy xizmatni o‘tash istagidagi, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli, 26 yoshgacha bo‘lgan talabalar orasidan nomzodlar saralab olinadi. Nomzodlar harbiy xizmatni o‘tagan bo‘lishi shart emas.

Talabgorlar 2 yillik dastur asosida o‘qitiladi va bitiruvchilarga bakalavr darajasi beriladi.

Arizalar hududlardagi Mudofaa ishlari bo‘limlari orqali 31-martga qadar qabul qilinadi.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
19.5K views10:26
Ochish/sharhlash
2024-03-01 11:31:09
100% keshbek yutib olish imkoniga ega bo'ling

Talabalar uchun yaxshi yangilik. Endilikda, Anorbank ilovasi orqali davlat universitetiga kontrakt to‘lovini amalga oshirganda, siz tranzaksiya summasining 100% gacha keshbek yutib olish imkoniga ega bo‘lasiz.

Shartlar oddiy – aksiya davomida Anorbank ilovasi orqali shartnoma uchun 1 million so‘m va undan ortiq bo'lgan to‘lovni amalga oshirishingiz kerak va siz avtomatik tarzda ishtirokchiga aylanasiz.

Buni amalga oshirish uchun:

Ilovaga o'ting;
"To'lov" bo'limidagi qidiruvga universitet so'zini yozing;
PINFL-ni kiriting;
Kerakli summani kiriting.

Eslatib o‘tamiz, ilovada universitet kontraktlari uchun to‘lov komissiyasiz amalga oshiriladi.

Batafsil: https://www.anorbank.uz/uz/about/press-center/yangiliklar/universitetga-kontrakt-to-lang-va-100-keshbek-yutib-olish-imkoniyatiga-ega-bo-ling/



Получите шанс выиграть 100% кешбэк

Хорошие новости для студентов. Теперь, оплачивая контракт за государственный ВУЗ через приложение Anorbank, вы получаете шанс выиграть до 100% кешбэка от транзакции.

Условия просты - в период акции, вам нужно совершить оплату за контракт от 1 млн сум в приложении Anorbank и вы автоматически становитесь участником.

Для этого вам всего лишь нужно:

Зайти в приложение;
В поиске в разделе "Оплата" набрать слово ВУЗ;
Ввести в поиск свой ПИНФЛ;
Внесите нужную сумму.

Напоминаем, что оплата контрактов ВУЗов в приложении без комиссии.

Подробно: https://www.anorbank.uz/about/press-center/novosti/oplatite-kontrakt-za-vuz-i-poluchite-shans-vyigrat-100-keshbek/
18.5K views08:31
Ochish/sharhlash