Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi talabalar — Talabalar | Rasmiy kanali T
Telegram kanalining logotibi talabalar — Talabalar | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @talabalar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 43.41K
Kanalning ta’rifi

• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!
• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!
• Reklama va hamkorlik: @MenedjerUzb

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2024-01-30 17:50:10
O‘zbekistonda Oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari fanlari va ballari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan bo‘ladi:
Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) x 10 ta;
Matematika x 10 ta;
O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:
1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
60 ta savoldan jami 156,0 ball.

Umumiy 2024/2025-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
17.6K viewsedited  14:50
Ochish/sharhlash
2024-01-30 06:00:51
Turk ijodkorlari tomonidan olingan qisqa, lekin taʼsirli videorolik

Bir o‘qituvchining birinchi va oxirgi ish kuni. O‘qituvchi sinfdagi 30 ta o‘quvchidan 30 xil asar yaratishi mumkin.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
17.7K views03:00
Ochish/sharhlash
2024-01-29 06:02:31
Braziliya qamoqxonalarida o'qilgan har bir kitob jazo muddatini 4 kunga qisqartiradi.

Kitob o'qish hatto mahbuslarga ham yordam beradi, siz esa hali ham mutolaaga vaqt ajratmayapsizmi?

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
20.3K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-01-28 06:02:30
Katta orzular bilan yashang!

​​Sizni har kun ko'pchilik xafa qilishi mumkin, yuragingizga yaqin olmang. Ularni unuting. Aksincha, ular sizni xayolingizni band qilib rejalaringizni buzmoqda.

Har kun har xil muammolar bo'lishi mumkin. Kuchli bo'ling.

Katta orzular bilan yashang va orzularingizni ro'yobga chiqarish haqida o'ylang.

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
16.1K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-01-27 14:42:41
O'zbekiston OTMlarida nechta ta'lim shakli bor?

4 ta:
Kunduzgi;
Kechki;
Sirtqi;
Masofaviy.

Abituriyantlar o'z yo'nalishi bo'yicha bir nechta istalgan ta'lim shaklini tanlashlari mumkin.

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
16.7K views11:42
Ochish/sharhlash
2024-01-27 14:11:50
Sun'iy intellekt imtihon oladi

25-yanvar kuni Ibrat Academy marafoniga ro'yxatga olish boshlandi. Talabgorlar 31-yanvar kuni soat 23:59 ga qadar ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Imtihon 2 bosqichda:
1. “Ibrat Academy” ilovasi orqali til ko’nikmalari 15 kun mobaynida AI (Sun'iy intellekt) tomonidan inson omili aralashuvisiz onlayn tekshirib boriladi.

2. AI saralagan 100 nafar ishtirokchi maxsus oflayn mock IELTS imtihonidan o'tadi (bunda "Ibrat Academy" ilovasidan olingan sertifikatga ham ega bo'lishi zarur).

2-bosqichda yuqori natija ko'rsatgan 7 nafar ishtirokchi Londonga 7 kunlik ta’lim sayohati yo’llanmasini qo’lga kiritadi. Mock IELTSdan 7 va undan yuqori ball olganlar 1 mln so'm miqdorida mukofot olishadi.

Hoziroq ilovani yuklab olib, g’olib bo’lishga ilk qadamni tashlang!

Havola — IOS
Havola — Android

P.S. Marafon haqida to’liq ma’lumot.
16.3K views11:11
Ochish/sharhlash
2024-01-27 12:00:44 Соғлиқни сақлаш ва таълим тизимидаги ислоҳотлар бўйича Лойиҳа офисларига ишга таклиф этамиз!

Агар сиз соғлиқни сақлаш ёки таълим тизими ривожланишига ўз хиссангизни қўшиш, келгуси йилларда миллатнинг саломатлиги ва билимини шакллантириш ислоҳоти билан шуғулланадиган жамоа аъзоси бўлиш истагида бўлсангиз, ушбу имконият айнан сиз учун!

Асосий вазифалар:
• Таълим ва тиббиёт соҳасидаги амалдаги ёндашувлар ва тажрибалар таҳлили;
• Ушбу соҳаларни ислоҳ қилиш бўйича янги ғоя ва ечимлар ишлаб чиқиш;
• Халқаро экспертлар ва ташкилотлар билан ҳамкорлик ўрнатиш.

Лойиҳа офисига тиббиёт ёки таълим тизимида чет элда ўқиган ёки ишлаган мутахассислар зарур. Агар сиз ушбу соҳаларга хисса қўшиш ниятида бўлсангиз резюме (CV) ва ушбу соҳаларни қандай ислоҳ қилиш тўғрисида фикрингизни ёзиб, @projectofficevacancybot ботига жўнатинг.

Диққат: ботни ишга туширгандан сўнг, резюмени юклаб, юборишингиз сўралади.

Тиббиёт ва таълимда тарихий ислоҳотларни амалга ошириш учун жамоага қўшилинг!
16.0K views09:00
Ochish/sharhlash
2024-01-27 06:02:29 Kuningizni kuch bilan boshlashingizga yordam beruvchi 5 ta yoqimli iqtibos:

Hayotdagi eng katta shon-shuhrat hech qachon yiqilmasligimizda emas, balki har yiqilganimizda qayta tura olishimizdadir. - Nelson Mandela

Boshlashning yo'li - gapirishni to'xtatib, harakat qilishni boshlashdir. - Uolt Disney

Sizning vaqtingiz cheklangan, shuning uchun uni boshqa birovning hayotiga sarflamang. Boshqa odamlarning fikrlash natijalari bilan yashash degan dogma tuzog'iga tushmang. - Stiv Jobs

Agar hayotni bashorat qilish mumkin bo'lsa, u hayot bo'lishni to'xtatar va lazzatsiz bo'lar edi. - Eleanor Ruzvelt

Agar siz o'z maqsadlaringizni kulgili darajada yuqori qo'ysangiz va u muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, shunda ham siz boshqalarning muvaffaqiyatidan ustun bo'lasiz. - Jeyms Kemeron

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
15.9K views03:02
Ochish/sharhlash
2024-01-26 12:19:51
Talabalar o'zlariga qancha stipendiya to'langanini ko'rishi mumkin

Buning uchun STUDENT HEMIS platformasiga kirish va “Moliyaviy to‘lovlar” bo‘limidan “Stipendiya hisobini” tanlash kerak.

Ushbu bo‘limda joriy yilda to‘langan stipendiya ma’lumotlarini olish mumkin.

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
16.8K views09:19
Ochish/sharhlash
2024-01-25 11:19:38 Rasman: Tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi xorijda o‘qitiladi

Prezident qaroriga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilidan tibbiyot OTMning 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy OTM va markazlarda o‘qitiladi.

Bundan tashqari, qaror bilan:

tibbiyot OTMning bitiruvchi kurs talabalarida oilaviy shifokor uchun talab etiladigan klinik ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida ko‘p tarmoqli tibbiyot tashkilotlarida ish haqi to‘lanadigan internatura tashkil etiladi;

tibbiyot yo‘nalishidagi OTM talabalarining bilimlari ikki bosqichli baholash tizimi asosida baholanadi.

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
16.3K views08:19
Ochish/sharhlash