Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi talabalar — Talabalar | Rasmiy kanali T
Telegram kanalining logotibi talabalar — Talabalar | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @talabalar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 43.41K
Kanalning ta’rifi

• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!
• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!
• Reklama va hamkorlik: @MenedjerUzb

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 220

2022-04-19 17:19:21 "Sening kelajaging pul bilan porloqdir. Ertalab ertaroq turda, galstugingni taqib o'qishga kechikmay bor va kontraktingni qolganini ham to'lab qo'y."

Hurmat bilan Dekan

Kontrakt to'lamaganlar bormi?

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
30.2K viewsedited  14:19
Ochish/sharhlash
2022-04-19 16:14:03
Pasport (ID karta) olmagan bitiruvchilar OTMga hujjat topshira olmaydi.

Xalq taʼlimi vazirligi 16 yoshga toʻlgan maktab bitiruvchilaridan oʻz vaqtida pasport (ID karta) olishni soʻramoqda. 16 yoshga toʻlgan 122 mingdan ortiq (31 foiz) bitiruvchi pasport (ID karta) olmagan.

OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari Davlat test markazining abitur.dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirish uchun bitiruvchilarning pasport (ID karta) maʼlumotlarini (jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami -JSHSHIR) kiritish talab etiladi. Shu bois, 16 yoshga toʻlgan bitiruvchilar oʻz vaqtida pasport (ID karta) olishlari zarur”, deya eslatmoqda vazirlik.

ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
28.2K views13:14
Ochish/sharhlash
2022-04-19 09:31:17 Garvard universiteti talabalaridan 16 ta g‘ayratlantiruvchi ibora

1. Agar sen hozir uxlab qolsang, senga, albatta orzuing tushingga kiradi, ammo sen hozir darsingni qilib tugatsang, o‘z orzuingni hayotga tatbiq qilasan.
2. Sen juda kech bo‘ldi, deb o‘ylagan paytingda, aslida hali erta bo‘ladi.
3. Ta’limning mashaqqati vaqtinchalik xolos. Bilimsizlik - jaholat mashaqqati abadiydir.
4. Ta’lim – bu vaqt emas. Ta’lim – bu harakatdir.
5. Hayot – bu faqat ta’lim olish degani emas, ammo agar sen hayotning bu qismini bosib o‘tolmasang, nimaga qodir ekanligingni qaerdan bilib olasan?
6. Doimiy rivojlanib borish imkoniyatidan rohatlan.
7. Hamma ishni oldindan qilib borishni o‘rgan, tirishishni o‘rgan, o‘z mehnating samarasini ko‘r.
8. Hamma ham har sohada muvaffaqiyatga erishavermaydi. ammo muvvafaqiyatga o‘z ustida ishlash va qat’iyat orqali erishiladi.
9. Vaqt joyida turmaydi, ammo sen hech nima qilmasang – u ulkan tezlikda o‘tib ketaveradi.
10. Bugungi to‘kkan tering ertaga quvonch ko‘z yoshlariga aylanadi.
11. Agar bugun yurmasang, ertaga yugurishga majbur bo‘lasan.
12. Kelajak uchun tikadigan odamlar relistdirlar.
13. Sening oylik ish haqqing olgan bilimingga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq.
14. Bugungi kun boshqa qaytib kelmaydi.
15. Hattoki hozir ham sening dushmanlaring tashnalik bilan kitob varaqlamoqdalar.
16. Qiyinchiliksiz foydaga erishib bo‘lmaydi.

​​
@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
30.8K views06:31
Ochish/sharhlash
2022-04-18 18:02:35
Rasman: "Перевод" uchun imtihon 5 ta fan va maksimal ball 189 boʻladi

Bu yilgi o'qishni ko'chirish imtihonlari 5 ta fandan bo'lib o'tadi. 3 ta majburiy va 2 ta mutaxassislik fanlari.

Jumladan:
Mutaxassislik fanlari: 20 tadan savol 3,15 ball
Majburiy bloklar: 10 tadan savol 2,1 ball (ona-tili, O'zbekiston tarixi, matematika)

Umumiy 70 ta savol. Maksimal to'plash mumkin bo'lgan ball - 189 ballni tashkil etadi.

ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
30.1K views15:02
Ochish/sharhlash
2022-04-18 16:16:26
2022 yil may oyidagi barcha dam olish kunlari – haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun:

1 may, yakshanba – odatiy dam olish kuni;
3 may, seshanba – Ramazon hayiti – ishlanmaydigan bayram kuni;
4 may, chorshanba – qo‘shimcha dam olish kuni;
5 may, payshanba – qo‘shimcha dam olish kuni;
8 may, yakshanba – odatiy dam olish kuni;
9 may, dushanba – Xotira va qadrlash kuni – ishlanmaydigan bayram kuni.

Ramazon hayiti Oy chiqishiga qarab 2-may yoki 3-may kuni nishonlanadi. Hayit 2-mayga to‘g‘ri kelgan taqdirda, qo‘shimcha dam olish kunlari 3–4 - may kunlariga belgilanishi mumkin.

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
32.5K views13:16
Ochish/sharhlash
2022-04-18 06:54:13
#tabassum_vaqti

Men ertalab darsga kech qolsam va meni darsga kech qolganim haqida qisqacha rasmda...

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
33.1K viewsedited  03:54
Ochish/sharhlash
2022-04-17 18:20:02
#tabassum_vaqti

Siz qanday ko'rasiz

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
34.4K viewsedited  15:20
Ochish/sharhlash
2022-04-17 16:23:17
Yuridik texnikum bitiruvchilarini OTMga qabul qilish tartibi

Qarorga ko‘ra, bitiruvchilar yo‘llanma uchun komissiyaga 20-iyungacha onlayn ariza topshiradi.

Nomzod uchun talablar:

har bir fan bo‘yicha reytingi 71 va undan yuqori (sirtqi yoki masofaviy taʼlimdagilar uchun 85 va undan yuqori);
chet tilidan B2 va undan yuqori sertifikat;
maʼnaviy-maʼrifiy va jamoat ishlarida faolligi, shaxsiy yutuqlar;
ichki tartib va odob-axloq qoidalariga rioya etish.

Yo‘llanma olganlar hujjatini 5–25-iyulda OTMga yuboradi. Suhbat 10–25-avgustda o‘tkaziladi.

ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish balli qancha ekanligini @mandatlar_2022bot orqali bilib olishingiz mumkin!

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
33.0K viewsedited  13:23
Ochish/sharhlash
2022-04-17 13:30:35 ​​3-kurs talabalari ham maktablarda dars berishlari mumkin!

Hukumatning "Ta’lim darajasi yuqori boʻlmagan maktablarga malakali oʻqituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yoʻnalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi boʻlimlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi.

Avvalgi tartibga binoan talabalar faqat 4-kursdan boshlab, maktablarda dars berishlari mumkin edi.

A.Toshqulovning aytishicha keyingi yillarda 2-kursdan boshlab dars berishlari mumkin bo'ladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
30.5K views10:30
Ochish/sharhlash
2022-04-17 08:33:30 "Perevod" imtihoni 5 ta fandan bo‘ladi.

Bu yilgi o‘qishni ko‘chirish imtihonlari 5 ta fandan bo‘lib o‘tadi. 3 ta majburiy va 2 ta mutaxassislik fanlari.

Jumladan:
— Mutaxassislik fanlari: 20 tadan savol 3,15 ball
— Majburiy bloklar: 10 tadan savol 2,1 ball (ona-tili, O‘zbekiston tarixi, matematika)

Umumiy 70 ta savol. Maksimal to‘plash mumkin bo‘lgan ball - 189 ballni tashkil etadi.

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
32.5K viewsedited  05:33
Ochish/sharhlash