Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi talabalar — Talabalar | Rasmiy kanali T
Telegram kanalining logotibi talabalar — Talabalar | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @talabalar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 43.41K
Kanalning ta’rifi

• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!
• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!
• Reklama va hamkorlik: @MenedjerUzb

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2024-01-20 17:09:34
Bitiruvchi talaba yakuniy attestatsiyani qanday topshirishni o'zi tanlaydi

Amaldagi tartibga ko‘ra, yakuniy davlat attestatsiyasi quyidagilardan biri ko'rinishida topshirilishi mumkin.

Majburiy fanlardan (fanlararo) yakuniy davlat attestatsiya sinovi;

Diplom loyihasi himoyasi;

Bitiruv malakaviy ishi (magistrlik dissertatsiyasi) himoyasi.

Bularning qay birini tanlash bitiruvchilarning iqtidori, xohishi va ta’lim xususiyatidan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasasi Kengashi qarori bilan belgilanadi.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
17.2K views14:09
Ochish/sharhlash
2024-01-20 06:01:15
Kundalik hayotingizdan pozitiv energiya olib xursand boʻlish sirlari

Har kuni kun davomida boʻlib oʻtgan ijobiy narsalarni, voqealarni eslab yozib qoʻying.

Sovuq xabarlardan (TVda , internetda urush, zoʻravonlik, tabiiy ofatlar, qisqasi koʻngil choʻktiruvchi) uzoqroq yuring!

Faqat yaxshi xabarlar oʻqishga, tinglashga intiling! 

Hayotdan noliydigan, giybatchi, noshukur insonlar bilan kamroq iloji boʻlsa umuman gaplashmang!

Hayotingizdagi har bir qiyinchilikka kulib, dars, saboq deb qabul qiling. Har bir ishda hikmat bor.

Hayotga kulib boqing! Oʻz-oʻzidan yoʻllaringiz ochilib ishlaringiz yurishib ketganini sezmay qolasiz!



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
17.2K views03:01
Ochish/sharhlash
2024-01-18 06:51:52
Kitob o‘qish bilan qanday foyda ko‘rsa bo‘ladi?

Qimmatli bilimlarga ega bo‘lish;

Miyani mashq qildirish;

Diqqat jamlash qobiliyatini yaxshilash;

Xotirani yaxshilash;

Rohatlanish;

Boshqalarni tushunish qobiliyatini shakllantirish;

Muloqot ko‘nikmasini yaxshilash;

Stressni kamaytirish;

Aqliy salomatlikni yaxshilash;

Uzoqroq yashash mumkin.

Siz ham kitob o‘qiysizmi? Agar o‘qimayotgan bo‘lsangiz, bu foydalardan bebahra qolmaslik uchun o‘qing.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
15.6K views03:51
Ochish/sharhlash
2024-01-17 18:45:50 Hozirgacha olingan milliy sertifikatlar ham o‘zgaradimi?

Endi milliy sertifikat imtihonida talabgorlar uchun maksimal ball — 75 ball bo'ladi va undan 65 ball (86 foiz) olganlarga kirish imtihonida maksimal ball beriladi.

Qonun hujjatlarida ortga qaytish mumkin emasligi sababli, oldingi sertifikatlar A va A+ kabi darajalanmagani uchun bu talab oldingi sertifikatlarga amal qilmaydi.

Rash modeli joriy etilgungacha bo‘lgan olingan sertifikatlar to amal qilish muddati tugaguncha o‘z kuchida qoladi.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
15.9K views15:45
Ochish/sharhlash
2024-01-17 15:10:52 Endi milliy sertifikat to'lovida ham ayrim abituriyentlarga imtiyoz beriladi

Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz sayti orqali amalga oshiriladi.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma qo‘llanadi.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
16.1K views12:10
Ochish/sharhlash
2024-01-17 15:08:39
Milliy sertifikat beradigan maksimal ball rostanam 65 ballga tushdimi?

Yo'q,
baholash metodi o'zgardi. Endi talabgorlar uchun maksimal ball — 75 ball bo'ladi va undan 65 ball (86 foiz) olganlarga kirish imtihonida maksimal ball beriladi.

70 balldan yuqori ball olgan talabgorga — A+ daraja;
65 - 69,9 ball olgan talabgorga — A daraja;
60 - 64,9 ball olgan talabgorga — B+ daraja;
55 - 59,9 ball olgan talabgorga — B daraja;
50 - 54,9 ball olgan talabgorga — C+ daraja;
46 - 49,9 ball olgan talabgorga — C daraja.

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi.

B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan proporsional ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha ball belgilangan eng yuqori ball beriladi.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
16.2K views12:08
Ochish/sharhlash
2024-01-15 11:05:24 Qishki "perevod" uchun qabul tugashiga oz qoldi

Ariza oluvchi ishchi guruhlar 20-yanvar kunigacha har kuni soat 9:00dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) ishlaydi.

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar arizachi ishtirokida (oflayn) taqdim etiladi:

o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
pasport nusxasi;
PQ-279-son qaror 7(v)-bandida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
16.2K viewsedited  08:05
Ochish/sharhlash
2024-01-13 22:36:34
#Kun_Tabrigi

Masofa uzoqligi bahona bo'lolmaydi hurmatli qizlar...



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
20.5K viewsedited  19:36
Ochish/sharhlash
2024-01-13 22:08:33
Bugun 14-yanvar vatan himoyachilari kuni! Xaqiqiy Erkaklar bayrami!

Erkaklar bo‘lmasa, aytilmas azon,
Erkaklar bo‘lmasa, qaynamas qozon,
Erkaklar bo‘lmasa, chaqaloq qayda, Erkaklar bo‘lmasa, shapaloq qayda,
Erkaklar bo‘lmasa, mo‘ylov qaydadir,
Erkaklar bo‘lmasa, kuyov qaydadir,
Dunyo turguncha tursin erkaklar,
Doimo hurmatda yursin erkaklar!

Bayram muborak Vatan himoyasiga bel bog‘laganlar!



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
117.8K viewsedited  19:08
Ochish/sharhlash
2024-01-13 19:12:06 Sessiya bu - ...

Sessiya bu - internet bilan yuksak hamkorlik va undagi ma'lumotlarga "mening fikrimcha", "xulosam shuki" kabi qolipdagi so'zlarni qo'shib, shu orqali "ijod etgani"ni ko'rsatish...

Sessiya bu - a'lochi talaba bo'lsang, kursdoshlaring tomonidan ismingga "jon" qo'shimchasi qo'shib murojaat qilinishi

Sessiya bu - "baribir domla o'qimaydi-ku" deb daftarni savollarga aloqasi yo'q javoblar bilan to'ldirish...

Sessiya bu - daftar to'lishi qiyin bo'lganida o'rtasidan 2 varoqni yirtvolib, go'yoki daftarning o'rtasiga tezroq kelganini bildirish...

Sessiya bu - ayrim joylarda o'qituvchilar uchun yiliga 2 marta hosil oladigan hosil bayrami...

Sessiya bu - qo'llaringni maqtashing, qo'llaring esa seni qarg'ashi...

Sessiya bu - 12 varoqli daftar sotuvchilarining kuni tug'ishi...

Sessiya bu - domlalar tanimagan talabalarini "tanib olishi" yoki aksi...

Sessiya bu - abituriyentlikdagi bilimlarni yana esga olishing...

Sessiya bu - ayrimlarning "hushidan ketib qolishi-yu", ayrimlarning esa 1-avgustda yordamlashgan tankasini yana ishga solishi...

Sessiya bu - sen boshqacha o'ylagan domla "o'ylamaganing"ni qilishi-yu, aksincha o'ylamaganing "o'ylagani"ni qilishi...


P/S: Siz uchun sessiya nima?



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
22.2K viewsedited  16:12
Ochish/sharhlash