Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi talabalar — Talabalar | Rasmiy kanali T
Telegram kanalining logotibi talabalar — Talabalar | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @talabalar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 43.41K
Kanalning ta’rifi

• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!
• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!
• Reklama va hamkorlik: @MenedjerUzb

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 10

2024-01-10 13:52:01
Endilikda talabalarga amaliyot o‘tagani uchun haq to‘lanadi!

Avval bunaqasi bo'lmagan.

Haq to‘lanadigan ishlab chiqarish amaliyotini tashkil etish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalar o‘rtasida har yili kamida bir marotaba tanlov o‘tkaziladi.

Bunda amaliyot o‘tash uchun Respublika bo'yicha 500 ta o‘rin ajratiladi. Amaliyot 1 oydan 3 oygacha bo‘lgan davr mobaynida o‘quv rejasida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.

Amaliyot uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobari, ya'ni 680 ming so‘m ish haqi to‘lanadi. Bu pul Oliy ta’lim vazirligidan amaliyot tashkil etilgan tashkilotga o‘tkazib beriladi.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
18.9K viewsedited  10:52
Ochish/sharhlash
2024-01-08 08:31:05
Qiyin ishlarni qanday uddalash mumkin?

​ Siz qiyin vazifalarni qismlarga ajratishga va uni navbati bilan bajarishga odatlaning. Ishoning, bu juda samarali usuldir.

Erta turing va muhim bo’lgan ishingizni bajarishga astoydil, shiddat bilan bajarishga harakat qiling. Tongda kamida 1 soat chin dildan ishlasangiz, kun bo’yi o’zingizdan o’zingiz faxrlanib yurasiz.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
20.2K views05:31
Ochish/sharhlash
2024-01-07 15:11:56
1 yillik rejalarni oldindan tuzib qo‘yish kerakmi?

Ko‘pchilik har yangi kalendar yili boshlanganda shu yil uchun alohida rejalar qiladi va keyin 12 oy davomida ularga erishish uchun harakat qiladi.

1 yillik rejani qanday tuzish kerak:

Yillik maqsadlarni aniqlab olish. Yil davomida nimalarga erishishni va qanday erishishni xohlayotganingizni tushunib olishingiz kerak;

Gʻoyalaringizni "Brainstorm" qilib oling. To‘g‘ri maqsad hammada bo‘ladi, lekin uni amalga oshirish hammaning qo‘lidan kelmaydi. "Brainstorm" qilish maqsadlarni qanday amalga oshirish borasida yo‘l izlashga harakatdir.

Gʻoyalaringizni bo‘lishing. Sizni tushuna oladigan va maslahat bera oladigan odamingiz bo‘lsa, unga rejalaringiz va uni qanday amalga oshirmoqchi ekaningiz haqida so‘zlab bering.

Yil davomida amalga oshirmoqchi bo‘lgan rejalaringizni ro‘yxat qilib, uni vaqtlarga bo‘lib chiqing.

Postni o‘qib bo‘lgan bo‘lsangiz, harakatni boshlang!



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
17.3K views12:11
Ochish/sharhlash
2024-01-06 18:22:10
Xitoyda oliy ta’limga ishonchsizlik chellenji

Xitoyda 2023-yil may oyida yoshlarning ishsizligi rekord darajaga yetib 20,8 foizni tashkil qilgan. Lekin mamlakatda oliy ta’lim olish ko‘rsatkichi oshgan, masalan 2022-yilda 10 mln talaba o‘qishni tugatgan.

Ishsizlik oshayotgani sabab bitiruvchi yoshlar yuqoridagi kabi suratlarga tushishgan va o‘zlarining oliy ta’lim bilan muvaffaqiyatga erishishlariga shubha bilan qarashayotganini bildirishgan.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
19.7K views15:22
Ochish/sharhlash
2024-01-05 08:19:04
Tark etishingiz kerak bolgan 5ta odat

Dangasalik;

Tavakkal qilishdan qo'rqish;

O'tmishdan afsuslanish;

Kelajakdan xavotir olish;

"Ertadan" deb vaqtni surish orqali vaqt yo'qligi haqida bahonalar yaratish.



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
17.9K views05:19
Ochish/sharhlash
2024-01-04 08:30:52
10 ming soat sarflashga tayyor bo‘lgan yo‘nalishingiz bormi?

Agar kimdir bir yo‘nalishda mahoratli bo‘lishni istasa, u kuniga o‘rtacha 5 soat o‘rganish uchun vaqt sarflasa, taxminan, 5 yildan oshiqroq vaqtda professional darajaga chiqishi mumkin. Bu – 10 ming soat qoidasi.

10 ming soat qoidasiga ko‘ra, biror sohada muvaffaqiyatga erishishni istagan odam unga yetarlicha vaqt sarflasa va e’tibor qaratsa, iqtidor darajasidan qat’i nazar natijaga erishishi mumkin.

Bunda aniq maqsadga yo‘naltirilgan amaliyot olib borish va inson o‘zi o‘rganayotgan narsasiga kuchli diqqat qarata olishi kerak bo‘ladi. Qoidaning muvaffaqiyati ham shunda.

Siz bu qarashga qo‘shilasizmi?



@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
19.3K views05:30
Ochish/sharhlash
2024-01-03 08:37:39 Yangi 2024-yil boshlandi. Bu yilda ta’limni qanday o‘zgarishlar kutyapti?

Yangi tibbiyot yo'nalishlari

2024/2025-o‘quv yilidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Chirchiq filialida “sport shifokori”, “sport dietologi”, “sport farmakologi” bilan birga “sport psixologi” mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.

Qabuldagi o'zgarish

2024-yildan abituriyentlar uchun "avval test, keyin tanlov" tartibi amal qiladi. Bunda abituriyent avval imtihon topshirib, keyin to‘plagan balliga qarab OTM yo‘nalishlarini tanlaydi.

Majburiy jismoniy tarbiya

2024-2025-o‘quv yilidan boshlab, tajriba sifatida Surxondaryo viloyatidagi barcha OTMlarning ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejasiga “Jismoniy tarbiya va sport” fani kiritiladi.

Yangicha attestatsiya

2024-yildan o'qituchilar yangi tartibda 2 bosqichli attestatsiya topshirishadi.

Sertifikat

Maktab direktorlari lavozimda qolishi uchun menejerlik sertifikati olishlari kerak.

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
21.7K views05:37
Ochish/sharhlash
2023-12-31 22:09:44
yil Muborak!

Yangi yilda barcha hayrli ishlaringizda sizga omad yor bo‘lsin. Qalbingizdan quvonch, dasturxoningizdan qut-baraka va oilangizdan shodu hurramlik aslo arimasin. Yangi yil qutlug‘ bo‘lsin!

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
24.5K viewsedited  19:09
Ochish/sharhlash
2023-12-28 17:40:36
Ukasi yo singlisining kontraktini to‘layotganlarga ham soliq imtiyozi berish taklif qilindi

Hozir bolasi uchun kontrakt to‘layotgan ota-onalarga, turmush o‘rtog‘ining kontraktini to‘layotgan fuqarolarga va o‘zining kontraktini to‘laydigan talabalarga 12 foiz daromad solig‘i qaytarib beriladi.

Lekin o‘zining uka yo singlisi, akasi uchun kontrakt to‘laydigan farzandlarga bu imtiyoz berilmagan.

Shuning uchun ham Ombudsman ta’lim xarajatlarini qoplayotgan boshqa farzandlar, ya’ni opasini, singlisini, akasini, ukasini o‘qishiga yordam berayotgan aka-uka va opa-singillarga nisbatan ham soliq imtiyozini qo‘llashni taklif qilmoqda.

Instagram'da bizni kuzating :)

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
23.6K views14:40
Ochish/sharhlash
2023-12-27 14:34:28
Qiyin yo’llarni tanlang - qiynalmaysiz!

Sport - qiyin, sog’liq pand berishni boshlaganda tiklash - yanada qiyinroq.

Muammolarni gaplashish qiyin, yechilmagan muammolardan kelgan arazlash, ajralish - qiyinroq.

O’qish, o’rganish qiyin. Bilimsizlik sabab yaxshi Ish topolmay tentirash - qiyinroq.

Qiyin ishlarni tanlaganda, aslida osonroq hayotni tanlayapmiz.

Oson yo’llarni tanlayotganda - qiyin hayotni tanlayapmiz. Shunchaki u hayot hali kelmagani uchun - bilmayapmiz.

Instagram'da bizni kuzating :)

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
22.2K views11:34
Ochish/sharhlash