Get Mystery Box with random crypto!

Talabalar | Rasmiy kanali

Telegram kanalining logotibi talabalar — Talabalar | Rasmiy kanali T
Telegram kanalining logotibi talabalar — Talabalar | Rasmiy kanali
Kanal manzili: @talabalar
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 43.41K
Kanalning ta’rifi

• Ta'limga oid eng so'nggi xabar va yangiliklar!
• Biz bilan talabalikning haqiqiy onlarini his qiling!
• Reklama va hamkorlik: @MenedjerUzb

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2024-03-28 07:31:04
O‘z-o‘zingizni kuzatuvchi bo‘ling!

Fizikada "Kuzatuvchi effekti" nazariyasi mavjud. Unda kuzatuvchi kuzatish obyektini o‘zgartiradi.

Xuddi shuningdek, biz ham o‘z-o‘zimizga kuzatuvchi bo‘lib, o‘zimizni tashqaridan tadqiq qilsak, xato va kamchiliklarimizni yaxshiroq ko‘rib, anglash o‘zgartirish imkoni bo‘ladi.

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
12.9K views04:31
Ochish/sharhlash
2024-03-26 06:01:02 ​​​​​​​Talaba boʻlmoqchimisiz, unda, albatta, oʻqing!

Abituriyent - bu hayotini oʻzgartirish uchun yoʻlga chiqqan shaxs. Hamma ham odam boʻlib tugʻiladi, ammo kimdir inson boʻlib, kimdir odamligicha vafot etadi. Dunyoda birovga yomonlik qilmasdan yashaganing sening yaxshi inson ekanligingdan dalolat emas.

Agar hamma narsaga loqayd boʻlsang, faqat oʻzingni oʻylasang, dangasa, tanbal boʻlsang va hech boʻlmasa, bir marta hayotingni oʻzgartirishga urunib koʻrmasang, insonlikka daʼvo qilma.

Inson uchun doimo harakatda boʻlmoq - tiriklikning belgisi.

Sen bugundan abituriyentsan, bu degani talabalik tomon yoʻl olding. Demak, sen hayotingni oʻzgartirishni xohlaysan. Shunday ekan, quyidagilarni yodda tut:

Hech qachon vaqtim yoʻq dema!
– Hohish boʻlsa, vaqt topiladi. Dunyoni boshqarayotgan mashhurlarning sutkasi senikidan ortiq emas.

Hech qachon eslab qololmayman dema!
— Inson istasa, hammasini yodda saqlaydi, Alloh senga bergan xotiraga shubha qilma. Xotirangni boʻysundir.

Hech qachon tushunmayman dema!
— Dunyoda tushunish qobilyati va ong berilgan yagona tirik jon sensan.

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
14.4K views03:01
Ochish/sharhlash
2024-03-24 09:43:40 UXLAMA ABITURIYENT!

Hoy abituriyent uxlama,
Yengilmagin g'aflatga.
Yaqin qoldi imtihon,
Qolib ketma kulfatga.

Ota-onang sen uchun,
Ishlamoqda tinmayin.
Uxlolmaydi tunlari,
Dam neligin bilmayin.

O'ylayapsan o'zingcha,
"Yiqilsam ne bo'lardi,
Baxtimga dadam borku
Kontraktim to'lardi".

Agar budjetga o'tsang
Otang hafa bo'larmu?
Yoki mushtipar onang
Baxtsiz bo'lib qolarmu?

Yigitlar hayolingiz,
Olmoqda qizlar balki.
Qalamqoshlar, zebolar
Hoy-havasku shunchaki!

Hoy, uzunsoch ishonma,
Alpqomatning so'ziga.
O'qishga o'tib ketsa,
Ko'rinmaysan ko'ziga.

Yaxshisi har biringiz,
O'ylangiz imtixonni.
Keyin topib olarsiz,
Alpqomat-u, jononni!!!

To'g'ri vaqtimiz ham,
Oz qoldi o'zi juda.
Shularni ham o'ylab SIZ,
Vaqt o'tkazmang bexuda.

Bilmingizga ishoning,
To'ldiring kamingizni.
Axir birov (sizni) o'ylamas,
Bilmaydi g'amingizni.

Mehnat qilgan albatta,
Yetadi murodiga.
Rahmatlar keltiradi,
Avlod-u ajdodiga.

Hali ko'o'o'p yozardimu,
Dars tayyorlash kerakda.
Shoirlik bir kasallik,
Bo'sh vaqtda ermakda.

Xullas har biringizga,
OMAD tilab qolaman.
Inshaalloh sizlarni,
Poytaxtda kutvolaman!

Abituriyentlarga yuboring!

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
16.4K views06:43
Ochish/sharhlash
2024-03-23 08:23:30
Kitoblar — xilma-xillik olamiga yo'l

Kitoblar o'qish hayotimizga cheksiz bilimlar, turli qarashlar va sarguzashtlar olib kiradi.

Har bir kitob yangi dunyolarni ochadi, o'ziga xos tajribalar va donishmandlikka yo'l ochadi. Kitoblar bizni o'sishga, yangi narsalarni so'rashga va kengroq dunyoqarashga ega bo'lishga undaydi.

Ko'plab kitoblar o'qish bu umrbod ta'lim va o'z-o'zini rivojlantirishning bir qismidir, bu esa hayotimizni boyitadi va bizni yaxshiroq insonlarga aylantiradi.

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
13.3K views05:23
Ochish/sharhlash
2024-03-21 03:28:06
Hurmatli Kursdoshlar!

Navroʻz kuni menikiga kelinglar, kurka dimlayman. Bir tomonda shashlik qilamiz, farsh, jiz, tovuq aralash, qozonda qoʻy goʻshtidan shoʻrvacha bilqqillab qaynab turadi, baliq pishiramiz, dasturxonni noz-neʼmatlar meva-chevalar bilan toʻldirib tashlayman, keyin katta tort ham aytib qoʻyganman. E xullas, talabalikda mazza qilib oʻtiramiz-da, bir yayraymiz, kelsangizlar boʻldi, hammasi zoʻr boʻladi, oʻyin-kulgu qilamiz, deb kimdir chaqirsa, meniyam aytinglar kursdoshlar

Kursdoshlarga yuborib qo'ying!

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
19.6K viewsedited  00:28
Ochish/sharhlash
2024-03-21 02:46:02
Assalomu Alaykum!

Sizlarni bugungi yangilanish yasharish bayrami bo'lmish "Navro'z" ayyomi bilan chin dildan muborakbod etamiz!

Shu munosabat bilan sizga oilaviy baxt, xotirjamlik, sog'lik, omad va shodlik tilaymiz! Nimaki niyatlaringiz bo'lsa barchasi ijobat bo'lshi tilakdoshmiz. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo'lsin.

Shuningdek ko'tarinki kayfiyat doimiy hamrohingiz bo'lsin!

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
21.4K viewsedited  23:46
Ochish/sharhlash
2024-03-20 08:25:35
Har doim kech qolasizmi? Unda bu postni o'qing

Kechikmaslik uchun:

Oldindan Rejalashtirish: Har kuni yoki hafta uchun mo'ljallangan ishlaringizni oldindan rejalashtirish orqali vaqtga nisbatan yaxshiroq nazorat o'rnatishingiz mumkin. Har bir vazifani bajarish uchun sarflanadigan vaqtni hisobga olishni unutmang.

Erta Turish: Agar erta turishni odat qilsangiz, kundalik ishlaringizni bajarish uchun ko'proq vaqt topasiz.

Vaqt Zaxirasi: Har qanday safar yoki uchrashuvga ketadigan vaqtingizni hisoblashda, yo'l va boshqa kutilmagan kechikishlar uchun qo'shimcha vaqt zaxirasi qo'shing. Masalan, agar yo'l 30 daqiqa davom etsa, 45 daqiqa yoki 1 soat oldindan yo'lga chiqishni rejalashtiring.

Elektron Qurilmalardan Foydalanishni Cheklash: Telefoningiz yoki kompyuteringizda ko'p vaqt sarflamaslik uchun, ularni faqat zarurat tug'ilganda ishlatishga harakat qiling. Ijtimoiy tarmoqlarda sarflanadigan vaqt ko'pincha rejalashtirilmagan vaqtdan ko'p bo'ladi.

Prioritetlarni Belgilash: Kunlik vazifalaringizni muhimligi bo'yicha tartiblang va avval eng muhim ishlarni bajarishga e'tibor bering.

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
15.6K views05:25
Ochish/sharhlash
2024-03-17 03:00:01






Serial nomi: Student 8-qism
Yili: 2024-yil
Tili: Oʻzbek tilida
Davlati: Oʻzbekiston
Hajmi: 187.0
Sifati: Oʻrtacha (720)
Janr:
#Komediya #Hayotiy

@Talabalar | Rasmiy kanali
https://t.me/joinchat/dE_o5gctsAA0NmZi
14.4K viewsedited  00:00
Ochish/sharhlash
2024-03-15 18:03:36
IELTS’dan o’zingiz istagan ballni qachon olasiz?

Bu savol ingliz tili o’rganuvchilari eng ko’p qiynaydigan masala. Cambridge ingliz tili o’quv markazi esa yangilangan ilovasida bunga yechim berdi.

Cambridge App’ning «Roadmap» bo’limi o’quvchilarga qancha vaqtda IELTS imtihonidan o’zlari istagan natijani olishlarini aniq ko’rsatib beradi.

Shuningdek, o’quv markaz ilovasida intizomni rivojlantirish, ingliz tilini tez va osonroq o’rganishga undovchi qo’shimcha funksiyalar ham mavjud.

Cambridge’ga kelib, o’zingizni qiynagan barcha savollarga yechim olishingiz, IELTS’dan o’zingiz istagan ballni tezroq qo’lga kiritishingiz mumkin.

Ingliz tili kurslariga ro'yxatdan o'tish

Tel: 78 777 77 74
13.0K views15:03
Ochish/sharhlash
2024-03-15 09:28:56
SIZDA HALI HAM INGLIZ TILI MUAMMOMI
Unda biz sizga yordam beramiz

MENDELEYEV NTM qoshida ochilgan IELTS CENTER ingliz tili markazi o'z faoliyatini boshladi hamda yangi guruhlarga START beradi

Bizda ushbu yo'nalishlarda ta'lim olishingiz mumkin

IELTS
MULTILEVEL
GENERAL ENGLISH
KIDS ENGLISH
GRAMMAR
RUS TILI


Bizning markazimizni tanlashingiz uchun asosiy sabablar:

IELTS BAND 7+ olgan tajribali o'qituvchilar
Asistant teacherlar bilan qoshimcha mashg'ulotlar
Haqiqiy ingliz muhiti
MOCK EXAM, SPEAKING CLUB va WRITING TRAINING


Shoshiling. IElTS olishni cho'zavermasdan "IELTS CENTER"ga keling va muvofaqiyatga erishing.

Murojaat uchun:
+998993627788
+998732007788

Manzil:
Qo'qon shahar,Turon 42. G'ishtli masjid yonida

Telegram | Instagram | YouTube | Telegram Bot
13.7K views06:28
Ochish/sharhlash