Get Mystery Box with random crypto!

#bu_qiziq Siz bu faktlar haqida bilmas edingiz Ko'pchilik o' | Talaba | official 🎓

#bu_qiziq

Siz bu faktlar haqida bilmas edingiz


Ko'pchilik o'z tirsagini yalay olmaydi (Urunib ko'ring:)
Timsoh tilini og'zidan tashqariga chiqara olmaydi;

Qisqichbaqaning yuragi uning boshida joylashgan bo'ladi;

Agar siz o'ta qattiq aksirsangiz, qovurg'angizni sindirib olishingiz mumkin;

O'rtacha umringiz davomida siz uxlayotganingizda o'zingiz bilmagan holda 70 ga yaqin turli xil hasharotlar va 10 ta o'rgimchak yoki undan ko'proq "narsalarni" yeb qo'yasiz;

Barmoq izlari kabi har kimning til izi ham har xil;

O'rtacha odamning chap qo'li matn terishning 56 foizini bajaradi;

Bodom shaftoli oilasiga kiradi;

Los-Anjelesning to'liq nomi "El Pueblo de Nuestra Senora la Reina de los Angeles de Porciuncula";

Mushukning har bir qulog'ida 32 ta mushak bor;

Tuyaqushning ko'zi miyasidan kattaroqdir;

Yo'lbarslar faqat chiziqli mo'yna emas, balki chiziqli teriga ham ega;

Ko'p odamlar yetti daqiqada uxlab qolishadi;

Ana shunaqa gaplar! Siz bu faktlarning qanchasini bilarkansiz? Do'stlaringiz-chi?

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy
https://t.me/+ZH5DcTY67FBlOGYy