Get Mystery Box with random crypto!

2023-yildan maktab bitiruvchilariga shahodatnomalar elektron b | Talaba | official 🎓

2023-yildan maktab bitiruvchilariga shahodatnomalar elektron beriladi

9- va 11-sinfni bitirayotgan o‘quvchilarga shahodatnomalar qog‘oz shaklda emas, elektron shaklda beriladi.

Bunda bitiruvchilar haqidagi ma’lumotlar “Elektron shahodatnoma” axborot tizimiga kiritiladi va ushbu ma’lumotlar ta’lim tashkiloti direktori tomonidan elektron platforma orqali tasdiqlanadi. Bitiruvchi haqidagi ma’lumotlar ta’lim tashkiloti direktori tomonidan elektron platforma orqali tasdiqlangandan so‘ng shahodatnoma avtomatik tarzda shakllantiriladi va unga QR-kod tasviri tushiriladi.

Shahodatnomalarni bitiruvchilarga har yili 20-iyunga qadar beriladi. Bitiruvchi “Elektron shahodatnoma” platformasiga ID-karta, pasport yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma seriyasi va raqamini kiritib shahodatnomasini bepul yuklab oladi.

Safimizga qoʻshiling
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy
https://t.me/+yLLxp1V3gZk5NGUy