Get Mystery Box with random crypto!

Jahon banki eʼlon qilgan maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston duny | Saida Mirziyoyeva

Jahon banki eʼlon qilgan maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston dunyo boʻyicha gender tengligi sohasida eng samarali rivojlanayotgan davlatlar 5 taligiga kiribdi.

Bunday natijaga erishishimizga ayollarni zoʻravonlik va kamsitishdan himoya qilish borasida qabul qilingan qonunlar sabab boʻldi.

Albatta, biz birdaniga eng rivojlangan ongli jamiyatda yashay boshladik, zoʻravonlikni tag-tugi bilan yoʻq qildik, deya olmaymiz. Bu – qonunlarni hayotga doimiy tatbiq qilish, mehnat faoliyati uchun barchaga birdek sharoit yaratish, teng iqtisodiy imkoniyat berish ustida tinimsiz ishlashimiz zarur, degani.

Biz bugun shunday darajaga yetdikki, xotin-qizlarga faqat kvotalar va alohida imtiyozlar berishning oʻzi kamlik qiladi. Men jamiyatimizda amalda ayollarga mutlaqo teng imkoniyatlar beradigan tizimli oʻzgarishlar boʻlishini istardim.

Har kuni zoʻravonlik va eskicha qarashlarga qarshi kurashib, temir toʻsiqlarni sindirib, mashaqqatli islohotlarimizni amalga oshirishga hissa qoʻshayotganlar – haqiqiy qahramonlik koʻrsatmoqda. Bunday insonlarning har biriga rahmat deyman.

______


По данным Всемирного банка, Узбекистан вошёл в Топ-5 стран мира с наилучшим прогрессом в области гендерного равенства.

Это стало возможным благодаря принятым законам по защите женщин от насилия и дискриминации. Однако это не значит, что мы вдруг стали жить в самом прогрессивном обществе и искоренили насилие.

Это значит, что мы должны работать над применением этих законов каждый день, продолжать работу над созданием более равных условий труда и равных экономических возможностей.

Мы пришли к такому моменту, когда недостаточно просто дать женщинам квоты и отдельные привилегии. Я хочу, чтобы стали реальными системные изменения, которые дадут женщинам абсолютно равные возможности в обществе.

Спасибо всем, кто совершает подвиг ежедневно, борясь с притеснением и стереотипами, кто разбивает «стеклянные потолки» и делает возможными наши сложные реформы.