2021-05-06 18:07:52
Ramazon oyida qilinadigan Sadaqa Ehson Yaxshilik fazilatlari !
«Rasululloh sollallohu alayhi va sallam (yaxshilik qilishda) odamlarning eng saxiysi edilar. Ramazonda Jibril alayhissalom bilan uchrashganlarida yana ham saxiy boʻlib ketardilar. Jibril alayhissalom Nabiy sollallohu alayhi va sallam bilan Ramazonning har kechasi uchrashardi va u bilan Qur'onni dars qilishardi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning yaxshilik qilishdagi saxiyliklari esayotgan shamoldan ham tez edi».
(Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari).
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Sadaqaning eng afzali Ramazonda qilinganidir»
(Imom Termiziy rivoyati).
Sadaqaning har xil ko'rinishlari mavjud. Jumladan:
1) Taom berish;
Alloh taolo aytadi: «8. Va taomni xohlab tursalar-da, (o'zlari yemasdan) miskin, yetim va yesirlarni taomlantirurlar. 9. (Ular ayturlar): «Biz sizlarni yolgʻiz Allohning yuzidan taomlantirurmiz. Sizlardan (bu ishimiz uchun) biron mukofot va minnatdorchilik istamasmiz. 10. Albatta bizlar Parvardigorimiz tomonidan bo'ladigan, (dahshatli azobidan yuzlar) tirishib, burishib qoluvchi bir Kundan qo'rqamiz». 11. Bas, Alloh ularni o'sha Kunning yomonligidan saqladi va ular(ning yuzlari)ga jilva-nur, (dillariga) surur baxsh etdi. 12. Va ularni sabr-qanoatlari sababli jannat va (jannatda egnilarida bo'ladigan) ipak (liboslar) bilan mukofotladi» (Inson: 8-12).
Salaf solihlar taom berishga haris bo'lishar, bu ishni ancha-muncha ibodatlardan muqaddam qo'yishar edi. Taom berish ochlarni to'ydirish bo'lsin yoki solih birodarga taom yedirish bo'lsin, farqsiz bo'lib, bunda kambag'al-miskinlik shart qilinmagan.
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: «Qay bir mo'min och-nahor mo'minga taom yedirsa, Alloh taolo unga jannat mevalaridan yediradi. Kim bir mo'minning tashnaligini qondirsa, Alloh taolo uni «ar-Rahiq al-Maxtum» (mushk bilan muhrlangan may) bilan sug'oradi»
(Imom Termiziy sahih sanad bilan rivoyat qilgan).
Hasan Basriy, Ibn Muborak kabi ba'zi salafi solihlar o'zlari ro'zador bo'lgan hollarida birodarlariga taom berishar, ularni kutib olib, kuzatib, xizmatlarini qilar edilar.
Abus-Suvor al-Adaviy aytadi: «Banu Adiy qabilasi kishilari mana bu masjidda namoz o'qishar, ulardan birontasi ham yolg'iz o'zi taom yemasdi. Birga ovqatlanadigan odam bo'lsa yeyishar, bo'lmasa taomini masjidga olib chiqib, shu yerda odamlar bilan birga baham ko'rishardi».
Taom yedirish ibodati... Boshqa bir qancha ibodatlar ushbu ibodat orqali paydo bo'ladi. Albatta, taom yedirish bilan musulmon birodarlar o'rtasida do'stlik va mehr-muhabbat kuchayadi va kishi shu orqali jannatga sazovor bo'ladi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar: «...iymonli bo'lmaguningizcha jannatga kira olmaysiz, bir-biringizga muhabbatli bo'lmaguningizcha iymonli bo'la olmaysiz»
(Imom Muslim rivoyati).
Shuningdek, taom yedirish orqali solihlar suhbatidan bahramand bo'lasiz, sizning uyingizda yegan taomi bilan ular toat-ibodatlarga quvvat hosil qilishlari bois siz ham ajrga ega bo'lasiz.
Insha Alloh
2) Ro'zadorlarni iftor qildirish:
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar: «Kimda-kim ro'zadorga iftor qilib bersa, ro'zador ega bo'lganchalik savobga ega bo'ladi, biroq bu bilan roʻzadorning savobidan zarracha kamaytirilmaydi».
(Imom Ahmad, Nasoiy rivoyatlari, Alboniy sahih sanaganlar).
@Solixa_Ayol
Яхшилик учун яқинларингиз билан баҳам кўринг!
https://t.me/joinchat/AAAAAEoqxJvob7F63SjCig
6.5K views15:07