Get Mystery Box with random crypto!

Shuhratbek Solihov blogi

Telegram kanalining logotibi solihovs_blog — Shuhratbek Solihov blogi S
Telegram kanalining logotibi solihovs_blog — Shuhratbek Solihov blogi
Kanal manzili: @solihovs_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 206
Kanalning ta’rifi

-Shaxsiy fikrlar
-Tarix
-English (IELTS/CEFR)
-Yurisprudensiya

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 14

2022-07-20 23:57:22 #abituriyent
#jahon_tarixi

AQSH ning eng taniqli prezidentlari

1. Jorj Vashington [partiyasiz] — 1789-1797-yillar
2. Tomas Jefferson [demokrat-respublikachi ] — 1801-1809-yillar
3. Jeyms Monro [demokrat-respublikachi ] — 1817-1825-yillar
4. Avraam Linkoln [respublikachi] — 1860-1865-yillar
5. Teodor Ruzvelt [respublikachi] — 1901-1909-yillar
6. Uilyam Taft [respublikachi] — 1909-1912-yillar
7. Vudro Vilson [demokrat] — 1912-1921-yillar
8. Gerbert Guver [respublikachi] — 1929-1932-yillar
9. Franklin D. Ruzvelt [demokrat] — 1932-1944-yillar
10. Garri Truman [demokrat] — 1945-1953-yillar
11. Duayt Eyzenxauer [respublikachi] — 1953-1961-yillar
12. Jon Kennedi [demokrat] — 1961-1963-yillar
13. Lindon Jons [demokrat] — 1963-1969-yillar
14. Richard Nikson [respublikachi] — 1969-1974-yillar
15. Ronald Reygan [respublikachi] — 1981-1989-yillar
16. Jorj Bush(Senior) [respublikachi] — 1989-1993-yillar
17. Bill Klinton [demokrat] — 1993-2001-yillar
18. Jorj Bush(junior) [respublikachi] — 2002-2008-yillar
19. Barak Husayn Obama [demokrat] — 2008-2017-yillar
20. Donald J. Tramp [respublikachi] — 2017-2021-yillar
21. Jo Bayden [demokrat] — 2021-yildan to hozirgacha amalda (*2025-yilgacha saylangan)

P.S.: Ko'p insonlar yaxshi biladigan 100$ lik kupyuradagi "kal amaki" AQSH prezident bo'lmagan, bu degani katta ishlarni amalga oshirish uchun katta lavozimda bo'lish shart emas, shunchaki katta maqsad egasi bo'lib, reja asosida ularga erishishning o'zi ham yetadi!

pozitiv va postni ulashing
@solihovs_blog
61 views20:57
Ochish/sharhlash
2022-07-18 21:55:11 #motivation

If you fail, never give up because
F.A.I.L. means "First Attempt In Learning".

End is not the end, in fact
E.N.D. means "Effort Never Dies".

If you get NO as an answer, remember
N.O. means "Next Opportunity".

So Let's BE POSITIVE guys

@solihovs_blog
70 views18:55
Ochish/sharhlash
2022-07-15 20:02:02 #achchiq_haqiqat

Ustoz hoxlamasa, uning bilimi, ilmi va tajribasi ikki dunyoda ham hech qaysi o'quvchiga yuqmaydi! Bu siz esa ilm maydonida muvaffaqiyatli bo'lish tugul, tik turish ham ilojsizdir!

Navoiyning ikki hikmati yodimga tushdi:

- "Agar shogird shayx ul-islom, agar qozidur,
Agar ustoz rozi - Tangri rozidur"


- "Haq yo'linda kim sanga bir harf o'rgatmish ranj ila,
Aylamak bo'lmas ado oning haqin yuz ganj ila."


Tajribamdan bir chimdim..
@solihovs_blog
41 views17:02
Ochish/sharhlash
2022-07-12 21:45:35 YAXSHI XULQLAR haqida

"Yaxshi xulq: bir qismi o’z nafsimizga, bir qismini bir-birimizga qarshu ishlatmak uchun kerakli bo’lgan yaxshi xulqlar: fatonat, diyonat, islomiyat, nazofat, g’ayrat, riyozat, qanoat,shijoat, ilm, sabr, hilm, intizom, miqyosi nafs, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison, iqtisod, viqor,xavf va rajo, itoat, haqshunoslik, xayrixohlik, munislik, sadoqat, muhabbat va afvdur. Mana bu yozdig’imiz yaxshi xulqlar aql va shar’i sharifga muvofiq. Alloh taolo ham bandalar qoshida maqbul va mu’tabardur. Emdi bu yaxshi xulqlarni qo’lga olmak uchun ota-ona, muallim ustodlarimiz hazratlarining hikmatli nasihatlarini jon qulog’i birla tinglab, doim xotirda tutmoq, axloqi yaxshi kishilar birla ulfat bo’lmak, axloqi buzuq yomon kishilardan qochmak lozimdur. Bizim shariati islomiyada «axloqi hasana» – yaxshi xulqlar ila xulqlanmak, har narsaga ibrat ko’z ila boqub, xulqini tuzatmak vojibdur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam: «Islomiyatda buzuqlik yo’qdur, buzuqlikni ustiga oluv ham yo’qdur. Islomiyatda eng mu’tabar kishilar yaxshi xulq egalaridur», – demishlar"

Yaxshi birla yursa, har kim maqsudi hosil bo’lur,
Yursa nodonlar ila, bir kun borib qotil bo’lur.
Kattalar qilgan nasihatni kichiklar olmasa,
Oqibat xulqi buzuq bir beadab johil bo’lur.

Abdulla Avloniy "Turkiy Guliston yoxud axloq" asari

Foydali bo'lgan bo'lsa, ulashishga arziydi degan insonlaringizga yetkazing
@solihovs_blog
17 views18:45
Ochish/sharhlash
2022-07-12 21:09:24 Islom akademiyasida ichki imtihon tartibi qanday?

Xo'sh: imtihon jami uchta narsani sinovdan o'tkazadi:

1. Ona tilida essey tartibida qisqa matn yaratish (matn mavzusi imtihon jarayonida ma'lum bo'ladi).
Ona tili deganda, rus yo'nalishidagilarga rus tili (родной язык); o'zbek yo'nalishidagilarga esa o'zbek tili nazarda tutiladi.
Essey yozish jarayonida abituriyentning ijodiy va stilistik yondashuvi, qolaversa o'z ona tilidagi yozma bilimlari, punktuatsiya va grammatikani to'g'ri ishlata olish san'ati va albatta dunyoqarashi imtihon qilinadi. (30 ball maksimum olsa bo'ladi)

2. IQ test.
Imtihonning bu qismida abituriyentga jami 20 ta mantiqiy savollar beriladi va har bir to'g'ri javobga 2 balldan (40 ball maksimum olsa bo'ladi). Bu turdagi na'munaviy savollarni yuqorida tashlangan link orqali ko'rishingiz mumkin.

3. Chet tili (ingliz yoki arab tili)
Bu ichki imtihonning yakuniy qismi, undan jami 15 ta savol tushadi va har bir to'g'ri javobga 2 balldan (30 ball maksimum olsa bo'ladi)
Maxsus til sertifikatlari bor abituriyentlar bu qismdagi imtihondan ozod qilinadilar va avtomatik ravishda 30 ballga ega bo'ladilar.

Xullas, jami 100 ball olish mumkin, lekin ichki imtihondan o'tish uchun eng kamida 50 ball olishni o'zi yetadi.

Ertanggi imtihonga boradiganlar o'zingiz bilan PASSPORT yoki ID kartalaringizni olishni unutmang! Kimda til bilish sertifikati bo'lsa uni ham birga oling.

P.S.: ha to'g'ri, JIDU ning ichki imtihoniga o'xshaydi

Abituriyentlarga ulashamiz
@solihovs_blog
27 viewsedited  18:09
Ochish/sharhlash
2022-07-12 20:49:06 #abituriyent

Islom akademiyasi IQ test topshiriladigan
http://test.iiau.uz sayti bazasi yangilanmoqda ushbu sayt orqali namunaviy iQ savollarni ko'rishingiz mumkin

@solihovs_blog
15 views17:49
Ochish/sharhlash
2022-07-12 20:47:46 #Madrasa
Ma'naviyat bo'yicha o'tgan yili tushgan savollar:

1. Aqidaparastlik qanday g’oya?
2. Fargoniyni yubiley yilligi?
3. 2-modda. Konstitutsiya
4. "Hikmat'' kimni asari?
5. Marg'inoniy ni tug'ilgan yili?
6. "Qibla tomonni topish ma'rifati" kimni asri?
7. Tabiatni muhofaza qilish moddasi konstitutsiyada nechinchi modda?
8. "Qor qo'ynida lola" asari kimniki
9. Al Buxoriy vafot etgan yilda kim tugʻilgan?
10. Bepul tibbiy xizmat nechinchi moddada?

(Abituriyentlar madrasa imtihonida tushgan eslab qolgan savollaridan olindi)
Ijtimoiy tarmoq

@solihovs_blog
17 views17:47
Ochish/sharhlash
2022-07-12 19:07:03 http://uz.hook.report/2022/07/avloniy-didaktika/
Абдулла Авлоний дидактикаси
20 views16:07
Ochish/sharhlash
2022-07-11 23:37:52 FATONAT

"Fatonat aql egasi bo’luv demakdir. Aql insonlarning piri komili, murshidi yagonasidur. Ruh ishlovchi, aql boshlovchidur. Inson aqli ila din va e’tiqodini mahkam qilur, shariat hukmlariga bo’yunsunar. Aqlsiz jinni kishilar bularga bo’yun qo’ymas, shariatdan tashqari ishlarni ham qilur. Janobi Haq insonni hayvonlardan so’z va aql ila ayirmishdur. Hayvonlar o’zlariga bo’laklar tarafidan keladurgan zulm va jabrlarni shox, tish, tumshuq, tirnoqlari ila qaytarurlar. Lekin inson janobi Haq tarafidan berilmish aql va idroki soyasida o’ziga keladurgan zarar va zulmlardan saqlanur. Yer yuzidagi hayvonlarni asir qilub, bo’ynidan boylab, iplarining uchini qo’llariga bergan insonlarning aqlidur.

Ilm insonlarning madori hayoti, rahbari najotidur. Ilm o’rganmak, olim bo’lmak uchun maktabga kirmak, muallimdan ta’lim olmak lozim. Aqlsiz kishilar na maktabga kirar va na muallimni bilar. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: «Ey insonlar! Aqlingizga tavoze’ qilingiz. Siz janobi Haq buyurgan va qaytargan narsalarni aqlingiz ila bilursiz», – demishlar. Hukamolardan biri: «Agar aqlingni qo’li nafsingni jilovini ushlasa, sani yomon yo’llarga kirmoqdan saqlar. Har narsa ko’p bo’lsa, bahosi arzon bo’lur, aql esa ilm va tajriba soyasida qancha ko’paysa, shuncha qimmatbaho bo’lur», – demish."

Aqldek zebo sifatni ko’rdi Haq, insonga eb,
Oqil insonlar bilan berdi jahon-olamga zeb.
Aql nuri birla to’ldi dunyoga ilm-u hunar,
Aqlsiz inson qachon bilg’usidur naf’-u zarar?
Aqlsizlar bilmagaylar din nadur, dunyo nadur?
Bo’lmasa aqli bilurmi farz ila sunnat nadur?

Abdulla Avloniy "Turkiy Guliston yoxud axloq" asari

Foydali bo'lgan bo'lsa, ulashishga arziydi degan insonlaringizga yetkazing
@solihovs_blog
6 views20:37
Ochish/sharhlash
2022-07-11 22:47:46
#kun_qahramoni

Bugun 12-iyul, mashhur davlat va jamiyat arbobi, ma'rifatparvar, jurnalist, hamda XX asrdagi Turkiston o'lkasi jadidchilarining eng nomdor va atoqli namoyondalaridan biri Abdulla Avloniy (1878-1934) tavallad topgan kun.

Shu munosabat bilan kun davomida mazkur shaxs bilan bog'liq qiziqarli faktlar va postlar ulashaman nasib qilsa.

@solihovs_blog
22 views19:47
Ochish/sharhlash