Get Mystery Box with random crypto!

Shuhratbek Solihov blogi

Telegram kanalining logotibi solihovs_blog — Shuhratbek Solihov blogi S
Telegram kanalining logotibi solihovs_blog — Shuhratbek Solihov blogi
Kanal manzili: @solihovs_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 206
Kanalning ta’rifi

-Shaxsiy fikrlar
-Tarix
-English (IELTS/CEFR)
-Yurisprudensiya

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 11

2022-10-07 09:18:32 Смотрите "Show «The Incredible people» Final. Bella Devyatkina. Polyglot" на YouTube


34 views06:18
Ochish/sharhlash
2022-10-06 21:06:03
School №134

@solihovs_blog
44 viewsedited  18:06
Ochish/sharhlash
2022-10-05 11:18:35 Olimlarning fikricha, Amerika qita'siga dastlabki odamlar Shimoliy Osiyodan hozirgi Bering bog'ozi orqali buyuk muzik davrida, bundan 40 ming yil avval o'ta boshlashgan va bu jarayon uzoq davom etgan.
Natijada ko'plab elat va millatlar shakllangan.
Quyidagilar esa shular jumlasidandir:
MAYYALAR DAVLATI
-> joylashuv: Markaziy Amerikaning Yukatan y.o. da (hozirgi Meksika)
-> hukmdori: Buyuk kishi
-> poytaxt: Chichen ltsa
-> mashg'ulot: dehqonchilik
-> ixtirolari: - "piktografik yozuv"
- "nol"
- taqvim
->qo'shimcha ma'lumot:
- hukmdorning hokimiyati merosiy bo'lgan
- kohinlar muhim o'rin tutgan
- saroy va zinapoyali ehromlar, ibodatxonalar
- toshdan ravon va tekis ko'chalar
- Quyosh va oy tutilishini oldindan aytib berganlar
ASTEKLAR DAVLATI
-> joylashuv: Markaziy Amerikaning hozirgi Meksika hududida
-> hukmdori: Tlatoani
-> poytaxt: Tenochtitlan ( XII asr)
-> mashg'ulot: sug'orma dehqonchilik, kulolchilik, to'qimachilik, zargarlik
-> dini: ko'pxudolik
-> ixtirolar: - "suzuvchi dalalar"
- quyosh taqvimi (mayyalar ixtirosi asosida)
-> qo'shimcha ma'lumot:
- zodaginlar va oddiy xalq uchun alohida maktablar bolgan
- xalq bolalari uchun maktablarda dehqonchilik, hunarmanchilik, harbiy ish orgatilgan
- zodagonlarning bolalari uchun esa, astrnomiya, she'riyat, notiqlik,
- har yili Tenochtitlanda madhiya, qissalar yozadigan shoir-qo'shiqchilar musobaqasi o'tkazilgan va mukofotlanilgan
- asosan makkajo'xori yetishtirilgan
- bolta va pichoqlarni toshdan yasashgan
INKLAR DAVLATI
-> joylashuv: Janubiy Amerikaning And tog'lari yonbag'irlarida gi vohalarda
-> hukmdori: Oliy lnka
-> poytaxt: Kusko ( Xll - XIII asrlarda Urumbamba daryosi havzasida)
-> mashg'ulot: chorvachilik, dehqonchilik, kulolchilik, zargarlik, to'qimachilik, bo'yoqchilik, qurilish sohalari
-> ixtirolar: tugunli xat, aniq taqvimi (12 oy), pochta xizmati, uzunligi 15 minglab km tosh yo'llar
-> qo'shimcha ma'lumot: - chorvachilikda lama va alpakalarni juni, go'shti va yuk tashishda foydalanishgan
- matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, botanika boyicha chuqur bilimga ega bo'lishgan
- hatto insonning bosh suyagida jarrohlik muolajalarini o'tkashini bilganlar
- jamoalar yetishtirgan hosilning 2/3 qismini davlat va ibodatxonalarga topshirganlar
- lnklar asosan, kartoshka va makkajo'xori yetishtirishgan
- dehqonlar qovoq, paxta, ananas, banan yetishtirganlar
- zaxira ombori ham bo'lgan
39 viewsedited  08:18
Ochish/sharhlash
2022-10-04 06:15:27 @solihovs_blog
61 views03:15
Ochish/sharhlash
2022-09-30 09:44:29
KORYO QIROLLIGI
|
poytaxt ; Sonak (hozirgi Shimoliy Koreyadagi Keson)
|
asoschi; Van Gon
|
maqsadi; Xitoyda yo'qotgan hududlarni qaytarib olish. (biroq amalga oshmay qoladi)
|
hukmronlik; 918 - 1392
|
XIII asrga kelib, o'zaro urushlar oqibatida qirollik zaiflashadi.
|
Vaziyatdan foydalanib 1231- yilda mog'ullar tomonidan bosib olinadi.

@solihovs_blog
50 viewsedited  06:44
Ochish/sharhlash
2022-09-30 09:43:41 #7_sinf_jahon_tarixi
#koreya

CHOSON DAVLATI
|
asoschi; Tangun
|
poytaxt; Pxenyan(Pxenbin)
|
mil.avv. I asrda 3 qiroqlikka bo'lindi.
_ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _
|. |. |.
KOGURYO. PEKCHE. SILLA.
|
KOGURYO QIROLLIGI
|
joylashuv; Koreya y.o. shimoli-g'arbida
|
poytaxt; Kunneson -> V asrda Pxenyanga ko'chirilgan.
|
asoschi; Jumong (Tonmyon)
|
668-yilda Tan sulolasi bosib oldi. Hududining katta qismi Xitoyga va Janubiy qismlari Silla qirolligiga o'tgan
|
PEKCHE QIROLLIGI
|
joylashuv; Koreya y.o. janubida
|
tash. t. lll - lV asrlarda
|
VI asrda markazlashgan davlatga aylandi.
|
Pekchelik olim Van In Yaponiya taxt vorisi shahzodasiga ustozlik qilgan.
|
Pekche hukmdorlari orqali Koreyaga xitoy yozuvi-"iyerogliflar" va "buddizm" kirib keladi.
|
Ilk budda tasviri Yaponiyaga Pekche qirolligi davrida yetib boradi.
|
SILLA QIROLLIGI
|
joylashuv; Koreya y.o. janubi-sharqida.
|
668-yilda Tan sulolasi bilan birlashib, Koreya y.o. ni o'z hokimiyati ostida birlashtiradi.
|
VIII asr o'rtalarida qirollikning oltin davri boshlanadi.

Sharing is caring
@solihovs_blog
40 viewsedited  06:43
Ochish/sharhlash
2022-09-28 21:22:39 https://kun.uz/uz/news/2022/09/27/9-sinfni-bitirib-tibbiyot-akademiyasiga-grantga-kirgan-biroq-oqishga-qabul-qilmagan-16-yoshli-qiz-hikoyasi
9 views18:22
Ochish/sharhlash
2022-09-24 21:24:41 Savol: Insonlar ko'chani iflos qilganlari uchun ko'cha tozalovchilar bormi yoki ko'cha tozalovchilar borligi uchun ham odamlar ko'chani iflos qilishadimi? @solihovs_blog
22 views18:24
Ochish/sharhlash
2022-09-24 20:22:49 Savol:

Insonlar ko'chani iflos qilganlari uchun ko'cha tozalovchilar bormi yoki ko'cha tozalovchilar borligi uchun ham odamlar ko'chani iflos qilishadimi?

@solihovs_blog
26 viewsedited  17:22
Ochish/sharhlash
2022-09-13 10:21:57 O'rta ta'lim tizimida o'qituvchi sifatidagi sarguzashtimni o'zim ta'lim olgan 134-maktabdan boshlaganimga mana 5 kun bo'ldi... Hozirgacha kuzatib, tahlil qilgan jarayonlarimdan jiddiy muammolar deb hisoblaganlarim:

1) Maktabdagi o'qituvchilarga o'qitish degan vazifadan ko'ra, hat-hujjatlar bilan ishlash degan, o'quvchilarni kiyinishi va darsga qatnashishini ta'minlab berish kabi "vazifa va majburiyatlar" no o'rin yuklatilgan! Bundan tashqari kundalik.com ham bor, lekin bu haqida alohida bir to'xtalish kerak.

Yechim: qo'shimcha ishchi kuchini jalb qilish yoki ustozlardan yuqoridagi kabi "byurokratik kishanlar" ni olib tashlash, o'zini ustida ishlashga vaqt berish va dars o'tishni asosiy vazifa qilib belgilash.

2) Sinfdagi o'quvchilar oqimi katta. Bir so'z bilan aytganda, o'quvchilarning sinfxonalardagi soni o'qituvchi uchun ko'p, tabiiyki, muallimning vaqti qaysidir bir o'quvchilarga yetmaydi, bu esa o'sha o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini o'ldirib, zerikish hissini haddan darajada oshishiga sabab bo'ladi. Bunday o'quvchilar kelasi darslarni tushunmasligi va qolganlarga halaqit berish bilan shug'ullanishi mumkin. Dars sifatiga bu albatta ta'sir etmay qolmaydi!

3) Dars davomiyligi juda qisqa! O'quvchilarning yoshi yildan yilga oshadi, sinflari ham sanoq tizimi bo'yicha o'sadi. Har yangi sinfda yangi darsliklar va fanlar qo'shilib, ko'payib boradi. Lekin dars soati 40-45 minutligicha 11 yil (kamida 9 yil) davomida qandoq bo'lsa shundoqligicha o'zgarishsiz qolaveradi! Qani mantiq? To'g'ri, kichik sinflar uchun 30-40 minutlik dars yetarli yoki ba'zi hollarda ko'plik qilishi ham mumkin, ammo nega 7-8-9-10-11-sinflardagi dars davomiyligi ham shu kichik sinflardagidek? 40 ta o'quvchi bilan ishlashga Muallimga 40 daqiqa berish qanchalik adolatli?

Yechim: sinfdagi o'quvchilar soni qisqarishi, maktab binolarini esa ko'payishi, dars davomiyligi esa yoshga qarab to'g'ri taqsimlanishi kerak.

Bu maktabda hali yana bir necha oy bo'laman va, ishonamanki, maktablar tizimidagi nosozliklarni ilg'ashga va ularga yechim bo'la oladigan takliflar berishga yetarli vaqtim bo'ladi.

@solihovs_blog
42 viewsedited  07:21
Ochish/sharhlash