Get Mystery Box with random crypto!

Shuhratbek Solihov blogi

Telegram kanalining logotibi solihovs_blog — Shuhratbek Solihov blogi S
Telegram kanalining logotibi solihovs_blog — Shuhratbek Solihov blogi
Kanal manzili: @solihovs_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 206
Kanalning ta’rifi

-Shaxsiy fikrlar
-Tarix
-English (IELTS/CEFR)
-Yurisprudensiya

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 17

2022-04-20 08:56:37 Pierre Curie
https://en.wikipedia.org/wiki/Pierre_Curie?wprov=sfla1
97 views05:56
Ochish/sharhlash
2022-04-19 10:55:40 -Veni, vidi, vici - keldim, ko'rdim, g'alaba qozondim / Пришёл, увидел, победил

Bu so'zlar miloddan avvalgi 47-yildagi Bospor qirolligi ustidan Zele shahri yaqinida qozonilgan g'alaba sharafiga aytilgan. O'sha davrdagi Farnak ismli hukmdor oddiy xiyla qurboni bo'lgan va jangda o'z askarlari bilan birga halok bo'lgan. Bu voqea bo'lganiga 2 ming yildan oshgan bo'lsada, hali ham kopchilik tillarda muomalada bo'lib kelmoqda va odatda oson erishilgan biror voqea yoki yutuqqa nisbatan aytiladi.

- Аve! Caesar! - Ave Sezar/ Sezarga shon-sharaflar

Harbiy yurishlar boshlanishidan oldin va har bir triumfdan keyin Sezar ni ulug'lash ma'nosida ishlatilgan ibora. Ba'zi vaqtlarda salomlashish o'rnida ham ishlatilgan.

- Ale jacta est [Ale yakta est] - Qur'a tashlandi/ Жребий брошен

Bu mashhur iborani Sezar miloddan avvalgi 49-yil Rubikon daryosini kechib o'tayotib aytgan va yakunda Rimni egallagan diktator sifatida hokimiyatni qo'lga olib, tarix sahifalaridan muhim o'rin egallagan. Hozirgi kunda bu ibora hali ham muomalada ishlatiladi, odatda bajarilishi oldindan belgilab qo'yilgan va kechiktirilishi yoki bekor qilinishi mumkin bo'lmagan vaziyatlarda ishlatiladi.

- Et tu, Brute? - Hatto sen hammi, Brut? / Даже ты, Брут?

Faoliyatining so'nggiga kelib miloddan avvalgi 44-yilda Sezarga qarshi bo'lgan senatorlar guruhi unga nisbatan Forum(yig'ilish, majlis joyi)da fitna uyushtirib, qo'llarida 50 ga yaqin xanjar bilan pichoqlab, o'ldirishga kelganlarida ularning orasida Sezarning safdoshi va yaqin birodari Brut ham bo'lgan. Aynan shu vaziyatda Sezar unga qarata "Hatto sen hammi, Brut?" deya kinoya qilgandi.

@solihovs_blog
101 viewsedited  07:55
Ochish/sharhlash
2022-04-19 10:55:13
Mashhur Rim diktatorlaridan biri Gay Yuliy Sezar miloddan avvalgi I asr(100-44-yillar)da yashab, hukmronlik qilgan bo'lib, uning bir qator mashhur iboralari bor. Ulardan bir nechtasini yig'ib bir post tayyorladim, marhamat!
78 views07:55
Ochish/sharhlash