Get Mystery Box with random crypto!

Islom akademiyasida ichki imtihon tartibi qanday? Xo'sh: imti | Shuhratbek Solihov blogi

Islom akademiyasida ichki imtihon tartibi qanday?

Xo'sh: imtihon jami uchta narsani sinovdan o'tkazadi:

1. Ona tilida essey tartibida qisqa matn yaratish (matn mavzusi imtihon jarayonida ma'lum bo'ladi).
Ona tili deganda, rus yo'nalishidagilarga rus tili (родной язык); o'zbek yo'nalishidagilarga esa o'zbek tili nazarda tutiladi.
Essey yozish jarayonida abituriyentning ijodiy va stilistik yondashuvi, qolaversa o'z ona tilidagi yozma bilimlari, punktuatsiya va grammatikani to'g'ri ishlata olish san'ati va albatta dunyoqarashi imtihon qilinadi. (30 ball maksimum olsa bo'ladi)

2. IQ test.
Imtihonning bu qismida abituriyentga jami 20 ta mantiqiy savollar beriladi va har bir to'g'ri javobga 2 balldan (40 ball maksimum olsa bo'ladi). Bu turdagi na'munaviy savollarni yuqorida tashlangan link orqali ko'rishingiz mumkin.

3. Chet tili (ingliz yoki arab tili)
Bu ichki imtihonning yakuniy qismi, undan jami 15 ta savol tushadi va har bir to'g'ri javobga 2 balldan (30 ball maksimum olsa bo'ladi)
Maxsus til sertifikatlari bor abituriyentlar bu qismdagi imtihondan ozod qilinadilar va avtomatik ravishda 30 ballga ega bo'ladilar.

Xullas, jami 100 ball olish mumkin, lekin ichki imtihondan o'tish uchun eng kamida 50 ball olishni o'zi yetadi.

Ertanggi imtihonga boradiganlar o'zingiz bilan PASSPORT yoki ID kartalaringizni olishni unutmang! Kimda til bilish sertifikati bo'lsa uni ham birga oling.

P.S.: ha to'g'ri, JIDU ning ichki imtihoniga o'xshaydi

Abituriyentlarga ulashamiz
@solihovs_blog