Get Mystery Box with random crypto!

Shuhratbek Solihov blogi

Telegram kanalining logotibi solihovs_blog — Shuhratbek Solihov blogi S
Telegram kanalining logotibi solihovs_blog — Shuhratbek Solihov blogi
Kanal manzili: @solihovs_blog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 206
Kanalning ta’rifi

-Shaxsiy fikrlar
-Tarix
-English (IELTS/CEFR)
-Yurisprudensiya

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 15

2022-07-11 20:01:59 Oxirgi paytlarda ko'pincha Abdulla Avloniy-u, Mahmudxo'ja Behbudiylarlardek jadidlarimizning yozgan asarlari va mulohazalarini o'qib, u yerdagi hozirgi zamonamizga xos bo'lgan illatlar, kamchiliklar va o'xshashliklarni ko'rib, bir qator savollar bilan har safar o'zimga yuzlanmoqdaman:
- "Bizning jamiyat 100 yil oldin ham huddi shunday bo'lganmi?"

-"Shuncha vaqt orasida nima orqaga kettikmi?"

-"Nega ma'rifat o'chog'lari gulxandayin alangalanmayapti?"

-"Demak, hali ham uyqudamizmi?"

Nega shu aynan jadidlar davrida yashagan insonlar fikrini o'qisam, huddi-ki men ham hozir osha zamonda yashaydiganday o'sha gaplar hozirgi kunga ham to'g'ri kelaverarkin-a?


#bir_gap_kelib_qoldi rubrikasi
@solihovs_blog
16 viewsedited  17:01
Ochish/sharhlash
2022-07-11 08:36:39 #eslab_qoling
Mustaqillik yillarida har bir yilga berilgan nomlar ro'yxati bilan tanishing:
1991-2022...

1991-yil — Alisher Navoiy yili
1992-yil — Hamshiralar yili
1993-yil — Ahmad Yassaviy yili
1994-yil — Mirzo Ulugʻbek yili
1995-yil — Abu Ali ibn Sino yili
1996-yil — Amir Temur yili
1997-yil — Inson manfaatlari yili
1998-yil — Oila yili
1999-yil — Ayollar yili
2000-yil — Sogʻlom avlod yili
2001-yil — Ona va bola yili
2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili
2003-yil — Obod mahalla yili
2004-yil — Mehr-muruvvat yili
2005-yil — Sihat-salomatlik yili
2006-yil — Homiylar va shifokorlar yili
2007-yil — Ijtimoiy himoya yili
2008-yil — Yoshlar yili
2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
2010-yil — Barkamol avlod yili
2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
2012-yil — Mustahkam oila yili
2013-yil — Obod turmush yili
2014-yil — Sogʻlom bola yili
2015-yil — Keksalarni eʼzozlash yili
2016-yil — Sogʻlom ona va bola yili
2017-yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili
2018-yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili
2019-yil — Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili
2020-yil — Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili
2021-yil — Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili
2022-yil -- Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili

@solihovs_blog
23 viewsedited  05:36
Ochish/sharhlash
2022-07-11 00:22:42 Siyosiy shartnomalar (1918-1980)
#10_sinf

1918-yil martida Brest-Litovsk shahrida Germaniya bilan Rossiya o'rtasida sulh tuzildi.

1919-yil 28-iyunda Germaniya Versal tinchlik shartnomasini imzoladi.

1919-yil imzolangan Angliya-Eron shartnomasiga binoan Eron amalda Buyuk Britaniyaning protektoratiga aylantirildi.

1920-yilgi Sevr shartnomasiga ko‘ra Turkiya hududi bir guruh Yevropa davlatlari o‘rtasida bo‘lib olinishi ko‘zda
tutildi.

1921-yil dekabrda Vashington konferen siyasida to'rt davlat – AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va Yaponiya o'rtasida shartnoma imzolanib, ushbu davlatlarning Tinch okeani havzasidagi o'z orollariga egalik qilish huquqlari kafolatlandi.

1922-yili Rapallo shartnomasi Germaniya va SSSR o'rtasida.

1923-yili Lozanna tinchlik shartnomasi imzolanib, unda Turkiyaning urushdan keyingi chegaralari belgilab berildi va mustaqilligi tan olindi.

1931-yili Buyuk Britaniya va uning dominionlari o'rtasida Vestminster statuti deb nomlangan hujjat qabul qilindi.

1936-yil noyabrda Yaponiya va Germaniya antikomintern pakti deb ataluvchi hujjatni imzoladi va 1937-yili unga Italiya ham qo‘shildi.

1938-yil kuzida Eduard Dalad’e hukumati Buyuk Britaniya bilan birga Chexoslovakiyani fashistik Germaniyaga topshirgan Myunxen kelishuvini ma'qulladi

1939-yil 23-avgust kuni Moskvada SSSR va Germaniya o'rtasida o'zaro hujum qilmaslik to'g'risidagi shartnoma (Molotov – Ribbentrop pakti) imzolandi.

1940-yil martda SSSR bilan Finlandiya o'rtasida sulh tuzildi.

1940-yil sentabrda Germaniya, Yaponiya va Italiya o‘rtasida harbiy hamkorlik to‘g‘risida kelishuv – Uchlar pakti imzolandi.

1941-yil Moskvada o‘zaro hujum qilmaslik to‘g‘risida sovet-yapon shartnomasi imzolandi.

1941-yil 5-aprelda Yaponiya SSSR bilan neytralitet haqida paktni imzoladi.

1941-yili Germaniya bilan Turkiya do‘stlik shartnomasi imzolandi.

1942-yili SSSR va Buyuk Britaniya bilan shartnoma imzoladi. Butun Eron hududi urush davrida sovetlar va inglizlar ixtiyoriga o‘tdi.

1945-yil 8-may kuni Oliy bosh qo'mondon o'rinbosari G.K. Jukov Sovet Ittifoqi nomidan Germaniyaning so'zsiz taslim bo'lganligi to'g'risidagi aktni imzoladi.

1945-yil 2-sentabr kuni Yaponiya so'zsiz taslim bo'lish to'g'risidagi paktni imzoladi.

1957-yili Yevropa iqtisodiy hamkorligini (YIH) tuzish to‘g‘risida Rim shartnomasi imzolandi.

1972-yili SSSR bilan AQSH o‘rtasida strategik qurollarni cheklash bo‘yicha birinchi shartnoma (SQCH-1) imzolandi.

1975-yili Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik kengashining Yakunlovchi akti imzolandi.

1979-yili SSSR va AQSH o‘rtasida SQCH-2 shartnomasi imzolandi.

@solihovs_blog
23 views21:22
Ochish/sharhlash
2022-07-11 00:22:42
O'zbekistonda (1)"Sihat-salomatlik yili" va (2)"Ijtimoiy himoya yili" deb e'lon qilingan yillarni aniqlang.
a) 2006-y; b) 2005-y; c) 2007-y; d) 2008-y
Anonymous Quiz
14%
A) 1-d, 2-b
14%
B) 1-c, 2-a
64%
C) 1-b, 2-c
7%
D) 1-a, 2-d
14 voters22 views21:22
Ochish/sharhlash
2022-07-10 16:28:27 Buyuk Britaniyaning so'ngi 7 bosh vazirlari

1. Margeret Tetcher (konservativ) — 1979-1990-yillar
2. Jon Meyjor (konservativ) — 1990-1997-yillar
3. Toni Bler (leyborist) — 1997-2007-yillar
4. Gordon Braun (leyborist) — 2007-2010-yillar
5. Devid Kemeron (konservativ) — 2010-2016-yillar
6. Tereza Mey (konservativ) — 2016-2019-yillar
7. Boris Jonson (konservativ) — 2019-yilning 24-iyulidan boshlab to hozirgacha bosh vazir lavozimida

Abituriyentlarga tarqatamiz
@solihovs_blog
24 views13:28
Ochish/sharhlash
2022-07-10 08:38:42 “Urushdan gapurma! Namozdan gapur, ro’zadan gapur, oshdan gapur, nondan gapur.”

A.Avloniy
jadidlar

@solihovs_blog
20 views05:38
Ochish/sharhlash
2022-07-06 07:51:57 Yomg'ir bo'lsa nima,
Qor bo'lsa nima?
Kasal bo'lsa nima,
Sog' bo'lsa nima?
Uyiga issiq non kirishi kerak...

@solihovs_blog
26 views04:51
Ochish/sharhlash
2022-07-05 21:42:56
Shu bannerni tayyorlaganlarni nima qilsa rozi bo'lasiz?

"Savodingga ot tepkurlar" rukni shu bo'lsa kerak

@solihovs_blog
38 views18:42
Ochish/sharhlash
2022-07-01 18:03:47 Online kursim to'g'risida to'liq ma'lumot!

- Darslar induvidual tarzda o'quvchining birinchi so'zlashuv tiliga qarab "Rus va O'zbek" tillarida Zoom platformasida olib boriladi
- Bir oylik kurs 12 ta darsdan tashkil topadi.
- Bitta dars 99 daqiqa davom etadi.
- Bir oylik kurs narxi 589.000 so'm.

Qo'shimcha ma'lumot olish uchun @Tairov_6_24 ga murojaat qiling!
47 views15:03
Ochish/sharhlash
2022-06-14 22:08:35
Salom Doʻstlar!

Bugun bir juda ham foydali idiomaga ko'zim tushib qoldi, bugun shuni muhokama qilamiz.

"Deep pockets"

Definition:
- Used to refer to the possession of abundant financial resources.

- "These companies have very deep pockets and don't mind spending a lot of loot to get their projects off the ground"


Значение:
- Используется для обозначения обладания обильными финансовыми ресурсами.

"У этих компаний очень глубокие карманы, и они не прочь потратить много денег, чтобы сдвинуть свои проекты с мертвой точки".


Ma'nosi:
- Ko'p moliyaviy resurslarga egalikni anglatish uchun ishlatiladi.

- "Ushbu kompaniyalar juda yahshi moliyaviy holatga ega va o'z loyihalarini amalga oshirish uchun ko'p pul sarflashga qarshi emaslar"


Sharing is caring
@academy_universe
74 views19:08
Ochish/sharhlash