Get Mystery Box with random crypto!

YAXSHI XULQLAR haqida 'Yaxshi xulq: bir qismi o’z nafsimizga, | Shuhratbek Solihov blogi

YAXSHI XULQLAR haqida

"Yaxshi xulq: bir qismi o’z nafsimizga, bir qismini bir-birimizga qarshu ishlatmak uchun kerakli bo’lgan yaxshi xulqlar: fatonat, diyonat, islomiyat, nazofat, g’ayrat, riyozat, qanoat,shijoat, ilm, sabr, hilm, intizom, miqyosi nafs, vijdon, vatanni suymak, haqqoniyat, nazari ibrat, iffat, hayo, idrok va zako, hifzi lison, iqtisod, viqor,xavf va rajo, itoat, haqshunoslik, xayrixohlik, munislik, sadoqat, muhabbat va afvdur. Mana bu yozdig’imiz yaxshi xulqlar aql va shar’i sharifga muvofiq. Alloh taolo ham bandalar qoshida maqbul va mu’tabardur. Emdi bu yaxshi xulqlarni qo’lga olmak uchun ota-ona, muallim ustodlarimiz hazratlarining hikmatli nasihatlarini jon qulog’i birla tinglab, doim xotirda tutmoq, axloqi yaxshi kishilar birla ulfat bo’lmak, axloqi buzuq yomon kishilardan qochmak lozimdur. Bizim shariati islomiyada «axloqi hasana» – yaxshi xulqlar ila xulqlanmak, har narsaga ibrat ko’z ila boqub, xulqini tuzatmak vojibdur. Rasuli akram nabiyyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam: «Islomiyatda buzuqlik yo’qdur, buzuqlikni ustiga oluv ham yo’qdur. Islomiyatda eng mu’tabar kishilar yaxshi xulq egalaridur», – demishlar"

Yaxshi birla yursa, har kim maqsudi hosil bo’lur,
Yursa nodonlar ila, bir kun borib qotil bo’lur.
Kattalar qilgan nasihatni kichiklar olmasa,
Oqibat xulqi buzuq bir beadab johil bo’lur.

Abdulla Avloniy "Turkiy Guliston yoxud axloq" asari

Foydali bo'lgan bo'lsa, ulashishga arziydi degan insonlaringizga yetkazing
@solihovs_blog