2021-02-12 07:14:20
ҲЭТ ўз вазифасини бажара олмаётганидан шикоят қилиб, #ботга_ёзишмоқда
Assalomu alaykum.
Menda bir muammo bōlmoqda. Ōtgan xafta DXM orqali xonadonimni uch fazalik tarmoqqa ulash uchun ariza tashlagan edim. 8-fevral kuni DXMdan texnik shart oldim va 3 fazalik hisoblagich ōrnatishga ariza qildim. Elektr tarmoqlari korxonasi xodimi men bilan boğlandi va hisoblagich sotib olishim kerakligini aytdi. Bunga asos sōraganimda asoslab bera olmadi.
Shundan song Hududiy elektr tarmoqlari AJ ning telegram sahifasi - @HET_admin'ga 3 fazalik hisoblagich ōrnatish tartibi bōyicha murojaat yōlladim.
Murojaatimga javoban hisoblagichni HETK hisobidan ōrnatilishini, lekin hozirda yetkazib beruvchiga buyurtma qilganiga qaramay, hisoblagichlarni yetkazib bermagani, yetkazib berganida ōrnatib berilishini aytmoqda. Lekin bozordan bemalol topsa bōlar emish, 700 mingdan 950 ming sōmgacha emish.
Kōrib turganingizdek, HETK fuqarolarni ortiqcha chiqim qilishga majburlamoqda. Yani erkin savdoda bor, ular bizda hozir yōq, deb bahona qiladi va kuta-kuta fuqaro hisoblagichni ōzi oladi.
Buyogda Vazirlar Mahkamasining 2018-yilgi 22-son qarori oğzini ochib qolaveradi.
Buni nazorat qiladigan odam bormi ōzi? Hatto Hududiy elektr tarmoqlari AJ raisi ham xal qila olmasa?
Iloji bosa kanalingizda e'lon qilsangiz. Elektr tarmoqlari korxonasi odamlarni aldab korxona hisobidan qōyilishi kerek bōlgan hisoblagichlarni aholiga oldiryapti. Bozorda bor ekan, sotib olishsa bōlmaydimi? - deb yozmoqda Farhod Egamov.
Нима ҳам дердик. Монополист-да. Истаган куйини чалади. Хоҳласа қилади, хоҳламаса йўқ. Истеъмолчи анёғда қийналаётгандир, унга зарурдир, бизнинг вазифамиз, тезроқ ишини битириб берайлик, дейиш йўқ. Қўйиб қўйгани бор истеъмолчига. Зарур бўлса харажат қилади, деб фикр юритишади.
@shokirjonov
2.3K viewsedited 04:14