Get Mystery Box with random crypto!

Sevgi She'rlari

Telegram kanalining logotibi sherlari_sevgi — Sevgi She'rlari S
Telegram kanalining logotibi sherlari_sevgi — Sevgi She'rlari
Kanal manzili: @sherlari_sevgi
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.70K
Kanalning ta’rifi

Ko'ngilga Malham Bo'ladigan Sevgi She'rlari!
📌• #Sevgi - KUYLARI
📌•• #Sevgi - SHERLARI
📌••• #Sevgi - IZHORLARI
📌•••• #Sevgi - STATUSLARI
📌••••• #Sevgi - HIKOYALARI
@Maqsudbek_T
Reklama 👉 @Reklama_Qoidalarr

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 262

2022-09-05 13:25:11
Baxtga yetamiz...

Ey goʻzalim! Tanho yagonam
Dilni g'ashlab axir netamiz.
Koʻngling boʻlsin tinch va xotirjam,
ORZU QILGAN BAXTGA YETAMIZ...

Shubhalanma mendan malikam
Xiyonat yoʻq, kel unutamiz.
Soʻzlarim rost ishongin menga,
ORZU QILGAN BAXTGA YETAMIZ...

Sogʻinch qiynar, hozir bu jonni
Vaqtinchalik hijron yutamiz.
Kelar hali bizlar kutgan kun
ORZU QILGAN BAXTGA YETAMIZ...

Ayirmoqchi boʻlsa gʻanimlar
Qoʻllarimiz mahkam tutamiz.
Sevgimiz chin! Ikkimiz jonim,
ORZU QILGAN BAXTGA YETAMIZ...

Toʻy kechasi baxtdan boʻlib shod
Osmonlarga uchib ketamiz.
Duolarda Ollohdan soʻrab,
ORZU QILGAN BAXTGA YETAMIZ.


•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Biz bilan Qoling
http://T.me/Sherlari_Sevgi
2.7K views MeNi SeViSh SeNga EMaS , 10:25
Ochish/sharhlash
2022-09-05 09:27:10
Siz borsizki qaddimni bukolmas alam, gʻamlar,
Siz borsizki munavvar ,orambaxsh oʻtar damlar,
Yuragimni toʻshagim kelaverar siz uchun,
Sizni sevgim keladi, meni sevgan odamlar.

Talpinaman har qachon siz tomonga intilib,
Izlaringiz izlayman ,koʻzlrimga surtinib,
Sizsiz kandoq yashardim ,bu dunyoda turtinib,
Sizni sevgim keladi ,meni sevgan odamlar.

Ketolmayman xech qachon sizdan yuzim oʻgirib,
Ayro tushsam siz,bilan yigʻlagayman oʻkirib,
Toʻylar qiling xizmatda, boʻlay yelib ,yuugurib,
Sizni sevgim keladi ,meni sevgan odamlar.

Baxtli boʻling hamisha baxtingizni koʻrayman
Ollohimdan siz uchun koʻp umrlar soʻrayman,
Kuygan dilim avaylab mehringizga oʻrayman,
Sizni sevgim keladi, meni sevgan odamlar.

Yoʻlingizga yoʻldoshman, yukingizga yelkadosh,
Soyangizda yashayman bir umr koʻtarib bosh,
Taʼftingizda isinib koʻzlarimga keldi yosh,
Sizni sevgim keladi, meni sevgan odamlar!!!

Xurshid Karim.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Biz bilan Qoling
http://T.me/Sherlari_Sevgi
1.5K views MeNi SeViSh SeNga EMaS , edited  06:27
Ochish/sharhlash
2022-09-05 07:06:22 Jaloliddin Ahmadaliyev - Eh odamlar.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Biz bilan Qoling
http://T.me/Sherlari_Sevgi
1.8K views MeNi SeViSh SeNga EMaS , 04:06
Ochish/sharhlash
2022-09-05 06:14:10
Assalomu alaykum Efirda Bizda tongi yangiliklar.

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Biz bilan Qoling
http://T.me/Sherlari_Sevgi
2.1K views MeNi SeViSh SeNga EMaS , 03:14
Ochish/sharhlash
2022-09-05 06:13:55 Ushbu hikoya real voqealar asosida sizlarga havola qilinmoqda.

"Qoldirib ketilgan sevgi bekat"

2-Qism

Men oʻzimga ancha kelaolmay yurdim bu ishni qilgan odam esa partadoshim har gal men uni shunday choʻchitar edim u esa kulishib ketaverardi.
Lekin men bunday qilolmadim chunki menga bu holat juda ham qattiq tasir qildi shekilli oyoq qoʻlim titrab yurdim, yuragim oʻynab taka puka boʻlishni boshladi hamshirani oldiga kirdim va ular menga shamollab qolganimni ayttilar va ruxsat borib mana bu dorilarni ichib ertaga yaxshi boʻlib oʻqishga kelasan dedilar, men esa holim yoʻq bazor turdida eshik tomon yurdim.
Darsdan chiqib uyga yoʻl oldim.
Bundan 4-5 kun oldin qattiq yomgʻir quygandi shunda biz tashqarida qolib ketga narsalarni yigʻishtirib yomgʻir tagida mazza qilib oʻynagan edik, menimcha shundan keyin boʻlgan.

Bekatga yurib ketar ekanman qiluyosh rossa qizdirar edi bazor yurardim shunda ham.
Bekatga borib aftobusga chiqdimda oldi oʻrindiqqa joylashib oldim oynaga boshimni qoʻyib koʻzlarimni yumdim va shu yumganimcha sukunat chulgʻadi atrofimni, uyga keldim oyogʻim qimirkagisi ham kelmas edi, hargal oʻqishdan kelib u yoq bu yoqlarni yigʻishtirar edim lekin bugun unday qilmadim.
Honamga kirib ketib uxladim va shu uxlaganimcha soat kechasi 2:34minut oʻtganda turdim qiziq shuncha payt qanaqa qilib uxlabmanikin deb oʻyaldim onam ham sinim ham uygʻotishmagan dek honamdan chiqib qaradim ular hammalari uyqiga ketishgan edi.

Yarim tun .........

Negadir yuragim gʻash edi, sabini topa olamdim oʻzimcha u yoʻq bu yoqniaylangan boʻldimda honamga kirib oʻrindiqqa oʻtirib oldim shu shu toʻlin oyga termulgancha oʻtirar edim, oyning nuri honamni yoritar ediyu, lekin isitmas edi.
Xoʻroz qichqirdi asta oʻrnimdan turib uylarni yigʻishtirib toʻgʻirladim va nonushta tayyorlab uydagilarni uygʻotdimda oʻzim yana tong sahardan bekatga yoʻl oldim.

Bekatga borib orindiqqa oʻtirdim orqamdan qadam tovushlari eshitilar edi qorqib kettim, qaramadim lekin men tomonga yaqinlashib kelar edi, keldi ham, atrofni ajib ifor isi tutdi, mening dimogʻimga shunday kelar ediki goʻyoki mast boʻlayotganga oʻxshardim, u yangi kelgan qoʻshnimiz edi.
Boʻylari novcha, oriq, gavdasi vayeyniylarnikidek zabardast edi, afsuski shuni bilaman holos u haqida, lekin juda ham qiziq edi.

Men unga qarab turardim u ham menga qaragan edi koʻzini darrov yerga qaratdim, u boʻlsa ismimni aytib hol ahvol soʻradi, men noqulay holatga tushib qoldim.
Bir ogʻiz gapiray desam ovozim chiqmaydi, keyin "ha"degandek boshimni adta qimirlatdim.
U boʻlsa kulib yubordi, men hijolat oʻlganimdan yuzlarim
qip-qizil boʻlib yonar edi, u boʻlsa oppoq durdek tishlarini koʻrsatib kular, u kulgan sari esa
meni battar hayajon bosar edi.

Exx yer yorilmadiyuuu men kirib ketmadim lekin uning kulishi menga juda ham yoqdi.
Aftobus keldi tezda chiqib oldim chiqib deradan moʻraladim u yoʻq edi keyin orqamga qarasam u ham aftobusda ekan meni oldimda bosh joy bor edi shu joyga oʻtirdi va "uzur sizni ham hijolatga qoʻydim "dedi men esa ogʻzimga talqon solgandek jim ketardim hatto u tomonga oʻgirilmadim ham.
U oldimda oʻtirar ekan menda titroq hayajon tobora ortib ketayotgan dek edi oʻqishga 1astanofka qolganda aftobusdan tushib qoldim va orqamfa qaramay tez tez yurib kettim, oʻqishimga kirib tez honaga kurdim ancha taskin topgandek edimu lekin, meni ajib his chulgʻab olganini sezib turardim.

Darsga kurishga qoʻngʻiriq chalindi
Darsimiz odam anatomiyasi edi, oʻqituvchimiz meni chaqirdilarmavzu soʻzlashga .
Doskaga chiqib koʻzning rasmini uning qavatlarini chizdim, shunda boyagi hissiyot yana meni hayajonlantirib qoʻydi.
Birdan hona eshigini ruchkasi padtga bosilub honaga Akbaraliyev
(zam direktor) kirdilar va ulardan keyin boyagi bekatdagi bola kirib keldi men esa turgan joyimda qotib qoldim.


#Davomi_bor...

Muallif:Komila qiz

http://T.me/Sherlari_Sevgi
1.8K views MeNi SeViSh SeNga EMaS , 03:13
Ochish/sharhlash
2022-09-05 06:13:42 Ushbu hikoya real voqealar asosida sizlarga havola qilinmoqda.

"Qoldirib ketilgan sevgi bekati"

1-Qism

Tibbiyot texnikumining 2 kurs talabasi edim juda ham quvnoq va shoʻx edim uncha muncha narsaga meni hafa qilisha olmas edilar lekin siz bu yogʻini eshiting
Sizlarga yoqadi degan umiddaman

Men aftobusdan kech qolmaslik uchun apil tapil choyimni ichib uydan tezda otilib chiqdimda yugura kettim.
Bekatga yetib bordim va uyerdagi oʻrindiqqa oʻtirdim sal oʻtmay aftobus keldi men chiqdim.
Oʻqishimga yetib kelgach aftobusdan tushdim, oʻqishim bogʻni narigi tomonida edi har gal bogʻ orlab oʻtar edim chunki u yerda argʻimchoqlar va gullar bor edi men har kuni shu gullarni koʻrib dilim yayrar edi.

Oʻqishga kirdim u yerda kursdoshlarim oʻtirar edi ular bilan salomlashdim va darsga kirdik 1 para darsimiz
Hamshiralik ishi edi men tayyorlanmagan edim, chunki kechasi onam ikkalamiz olcha va olmadan kampot qilgan edik shu sababli ulgurmagan edim, ustozimiz birma bir jurnal boʻyicha chaqirib oʻtgan mavzudan savol javob qila boshladilar men esa shosha pisha daftarimni varoqlab oʻqiy boshladim ustozim meni chaqirdi, oyoq qolim qaltirar, ovozim esa titrardi shunda oʻqituvchimiz boshlang oʻtgan mavzuni delar men esimda qolganicha aytib berdim bir ikkita savol ham berdilar ularga anniq javob berdim hech ham tutilganim yoʻq.
Oʻtiring dedilar joyimga borib oʻtirdim va jurnalga asta koʻzimni qiri bilan qaradim oʻqituvchimiz menga 5 baho qoʻydilar oʻzimda yoʻq hursand edim chunki yakuniy nazorat yaqin edi hullas darsimiz tugadi chiqdik, amaliyotimiz bor edi mikrayondagi shifoxonga borishimiz kerak edi lekin oʻqituvchimiz karantin sabab kelmasligimizni aytib mavzu berdilar bajargani, hullas birinchi kunim yomon oʻtmadi.
Uyga yoʻl oldim aftobus derazasidan atrofni tomosha qilib qarab ketardim va oʻylardim "inson oʻziga kerakli narsalarni qidiradiyu lekin oldidaligini payqamaydi nimaga ekan ?"deb oʻylardim har gal

Uyga yetib keldim har galgidek idish tovoq ovqat oshxonadan chiasdim, borishim bilan oq doim ishlar tayyor turad edi huddi meni kelishimni bilganday men esa yengimni shumarib boshlardim va tugayib xonamga kirib ketib tayyorlanar edim bir marotaba dars tayyorlmaganim menga juda ham katta saboq boʻlgandi hullas shunaqa gaplar.
Tong otdi mayin shabboda derzamdan kirar ekan yuzimni asta silardi judayam yoqimli his edi bu.

Oʻqishga yoʻl oldim lekin bugun qandaydir kun ham, havo ham boshqacha edi qandaydir his chulgʻab olgandi meni, yoʻlimda davom etarkanman yuragim qandaydir boshqa urib ketti huddi kimdir orqmadan kuzatayotgandek edi, lekin oʻgirilb qarasam hech kim yoʻq, bekatga bordim u yerda institutda oʻqiydigan qoʻshnilarimiz ham turishar edi, ular bilan soʻrashdim, hol ahvollari, oʻqishlari haqida hullas ancha gapalshib turdik keyin aftobus keldi.

Men ular bilan birga ketar eknaman yana hayollarim chulgʻab olardi meni qizlar esa nimadurlar deb kulishar men esa jim ketardim.

Manzilga kelib tushdik, ular oʻqishlari tomonga men esa har galgidek oʻzim yaxshi koʻrgan bogʻ oralab ketardim, u yerda favvoralarni ham koʻrishingiz mumkin, yonidan oʻtar ekanman uning muzdek tomchilari yuzimga sochilar edi, yoqimli hissiyot.
Oʻqishga kirdim, kuratorimiz ham men bilan birga kirdilar honaga kirar ekanman orqamdan kimdir "ba" dedi yuragim chiqib ketay dedi.


#Davomi_bor...

Muallif:Komila qiz

http://T.me/Sherlari_Sevgi
1.7K views MeNi SeViSh SeNga EMaS , 03:13
Ochish/sharhlash
2022-09-05 03:49:00
Hurmatli uzoqdagi dilimga yaqin imondoshlarim!
Tillaringiz Yaratganni zikrida bardavom boʻlsin.

Solih amallaringiz Jannatlarga vasila boʻlsin.
Salomat boʻlinglar! Sizlarni Jannatlarda koʻrishni istab qoluvchi imondoshingiz

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•
Biz bilan Qoling
http://T.me/Sherlari_Sevgi
2.5K views MeNi SeViSh SeNga EMaS , 00:49
Ochish/sharhlash
2022-09-05 02:00:26
Assalomu alaykum. Dushanba tongi muborak boʻlsin.

Har tong shunday diydorlashaylik,
"Omonmisiz, qadrdonim" deng... !!!
Opam, singlim, akajonlarim
Koʻnglingizni bir dam qoʻying keng.

Tanishmisiz yoki notanish, Oʻzingizga qadrdon biling.
Boʻlsa hamki, ming oʻy, ming tashvish,
Uchrashganda tabassum qiling.

Men-chi, sizni bagʻrimga bosib, Mehrim bilan gullarga oʻray.
Yaxshi kunlar etsin-da nasib, Sizni doim baxtiyor koʻray.

Qondoshginam, qilmangiz unut, Dunyo bir kam, ishi chigal-ku,
Bugun meni koʻrdingiz xushnud, Ertaga men boʻlmasman balki.

Yillar oʻtar, oʻtar charx urib,
Daryo kabi oqadi fursat.
Har tong qoʻlni qoʻllarga berib, Omonlashmoq oʻzi gʻanimat.

Har tong shunday diydorlashaylik, Omonmisiz, qadrdonim deng!!

•┈┈┈┈•❈••✾••❈•┈┈┈┈•

http://T.me/Sherlari_Sevgi
305 views MeNi SeViSh SeNga EMaS , 23:00
Ochish/sharhlash
2022-09-04 20:00:25
#Xayrli_tun

QADRDONLARIM

"Agar xohishing ortidan bormasang, hech qachon unga egalik qila olmaysan.

Agar soʻramasang, hech qachon javob olmaysan.
Agar birinchi qadamni tashlamasang, hozir turgan joyingda qolib ketasan"

Robbim, bugunimizga taqsim qilganing yaxshilik, rizq, ofiyat, tavfiq, saodat, najot va qalb ochilishidan bizga ertamiz uchun xam toʻliq hissa va nasiba ato qilgin! Amin!

Hayrli oqshom, qadrdon.
Tuningiz osuda oʻtsin!


Biz bilan Qoling
http://T.me/Sherlari_Sevgi
1.9K views MeNi SeViSh SeNga EMaS , 17:00
Ochish/sharhlash
2022-09-04 18:43:05
― Qara-chi, kechki ovqatga nima pishirishyapti ekan?
― Xotiningni pishirishyapti ekan, yonida freysi ham bor ekan))



Yaxshi kayfiyat tark etmasin.

T.me/Sherlari_Sevgi
2.3K views ꯭꯭꙰𝑵ᬼ꯭꯭𝑨꯭꯭ᬼ𝒁꯭꯭ᬼ꯭꯭𝑶꯭꯭ᬼ꯭꯭𝑲꯭꯭ᬼᬼ𝑨꯭ᬼ𝑻꯭꯭ᬼ꯭ ꙰, 15:43
Ochish/sharhlash