Get Mystery Box with random crypto!

Ehhe hey! Azizlar! Meni eshitayapsizlarmi! Yangi kun muborak! | Sevgi She'rlari

Ehhe hey! Azizlar! Meni eshitayapsizlarmi! Yangi kun muborak!
Yozning nafis, goʻzal va takrorlanmas lahzalaridan birga bahra olgan yaxshilar, omonmisizlar!
Bugun dilingizga muhabbat va sadoqat bilan birga kirib borayapman! Koʻnglimizga yaqin, qalbimizga yaqin odamlarimizning borligi qanday yaxshi-ya!
Oʻylarimizda buyuk tuygʻularning borligichi?.. Hayot shu  ajib tuygʻular bilan maftunkor, mazmunli, gʻaroyib!
Ey qalbim toʻridagi Muhabbat, orzularimga qanot ber! Insonlardan mehru muruvvatingni ayama! Dillardagi gʻashlikni ketkaz! Koʻngilni va koʻngillarni nurlaring bilan yorit! Munavvar qil!
Borligingiz qanday yaxshi azizim!
  Dunyoni muhabbat qutqaradi, azizlar! Shuday ekan, yaqinlaringizni ardoqlang va ehtiyot qiling!
Xayrli tong, muhabbatga oshno qalblar!


T.me/Sherlari_Sevgi