Get Mystery Box with random crypto!

ASSALOMU ALAYKUM.. Kunimiz hayrli boʻlsin.! Boshlangan kuning | Sevgi She'rlari

ASSALOMU ALAYKUM.. Kunimiz hayrli boʻlsin.!

Boshlangan kuningiz omadli, quvonchli, sermazmun va shod xurramlikda oʻtsin!!

Yana bir tong salomat uygʻotib, ibodatlar qilishga, savobli amallar qilishga va oʻz yumushlarimizni bajarishga qodir qilib qoʻygan Allohga shukronalar boʻlsin..

ALHAMDULILLAH!!!

Hayot gulshaningizdan baxt-omad, ahli xonadoningizdan fayzu-barokatlar arimasin..!!

Keksalarimizga, farzandlarimizga va barcha-barchamizga Yaratgan Egam yomonlardan panoh, yaxshilarga hamroh qilsin..!!

Roʻzgʻoringizga baraka, tani joningizga sogʻlik, dardmandlarni shifosini bersin, har bir bandani mushkulini oson qilsin..!!

Farzandlarimiz oʻynab-kulsin, keksalarga rohat, boylarga insof, faqirlarga sabr, ota-onalarga uzoq umr bersin..!!

Iymonimiz, vijdonimiz, sabrimiz, yaxshiligimiz, mehr-oqibatimiz bardavom boʻlsin ilohim..!!

Alloh barchangizni Oʻz himoyasi va panohida asrasin Azizlarim..!!!

http://T.me/Sherlari_Sevgi