Get Mystery Box with random crypto!

QARZ. Dunyo bu uzun yo'ldir moziydan kelajakka, Uni bezab t | Sevgi She'rlari

QARZ.

Dunyo bu uzun yo'ldir moziydan kelajakka,
Uni bezab turguvchi fasllar - yoz, kuzim bor.
Bu yoʻlda qolib ketgan bobolarim izlari,
Bu izlarning ichida mening ham bir izim bor.

Bu charxpalak dunyoda shukrki, men mavjudman,
Allohim ato etgan nasibam, non-tuzim bor.
Oy nuridan bahr olgan moʻjazgina vujudman,
Ming yulduzning ichida mening ham yulduzim bor.

Quvonch va alamlardan yaralgan dunyoyi-dun,
Shuning uchun hech bir zot bo'lmas dunyoga ustun.
Qaro tunning ortidan kelar albat yorugʻ kun,
Yorugʻ kunlari uchun shukur degan soʻzim bor.

Zuryod berarmishdir Rahmon bandasin sinamoqqa,
Zor qilarmish kimnidir hattoki bir tirnoqqa.
Duch qilmading, Allohim shukur bunday qiynoqqa,
Farzandlarim soliha, elda yorugʻ yuzim bor.

Armonim yoʻqdir mening, qilay mung bor shukrona,
Faqatgina Robbimga bittagina arzim bor.
Nozik guldek asrab meni balogʻatga yetkizgan
Otam bilan Onamdan UMRA va HAJ qarzim bor.

Yelkamda olib boray ikkisini opichlab,
Zamzam suvidan ichsin ular qonib, hovuchlab.
Bu farzni ado etay bagʻriga olmay qabr,
Robbim sendan oʻtinchim - qazoga bergin sabr...

Maftuna


T.me/Sherlari_Sevgi