Get Mystery Box with random crypto!

Sanjar Xo‘ja

Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja S
Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja
Kanal manzili: @sanjar_xoja
Toifalar: Bloglar , Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 16.61K
Kanalning ta’rifi

HAYOT- MUSOBAQA MAYDONI EMAS...
Youtube: https://m.youtube.com/channel/UC4QRQxiGGAID-F5DjgvcX9A

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 15

2023-01-11 13:14:17
"G‘ayritabiiy sovuq" degani bunaqa bo‘ladi!

@sanjar_xoja
10.2K views10:14
Ochish/sharhlash
2023-01-05 19:12:03
"Subyektiv" jamoasining navbatdagi dasturi. Albatta ko‘rishni tavsiya qilaman. Havola:





@sanjar_xoja
5.0K views16:12
Ochish/sharhlash
2023-01-04 16:34:24
Assalomu alaykum
Siz uchun yangi video e'lon qilindi.
Havola:





@sanjar_xoja
3.6K viewsedited  13:34
Ochish/sharhlash
2022-12-31 17:45:17
Ko‘p-ko‘p "duo" olish uchun tavsiya!

@sanjar_xoja
5.9K views14:45
Ochish/sharhlash
2022-12-28 16:27:28
"Dok-1 Maks" dorisi sababli o‘lgan bolalar soni 19ta bo‘ldi. Bu faqatgina rasmiy ma'lumot. Aslida nechta, siz tahmin qiling.

Bolalarning aybi nima edi?
Aybi O‘zbekistonda tug‘ilganimi?

Lekin... Lekin, Tibbiyot vaziri ishdan olinmadi. Hech bir amaldor xalqdan kechirim so‘ramadi. Katta va asosiy aybdorlar jazolanmadi. Motam e'lon qilinmadi. Aksincha, bayramga tayyorgarliklar avjida.

Endi bir savol:
19ta boladan bittasi Prezident nevarasi bo‘lganida nima qilinardi? Vaziyat hozirgidek bo‘larmidi?

Menimcha yo‘q. Vazir ham, dori mafiyasi kattalari ham qamalardi. Yetti sulolasi mahallada bosh ko‘tarolmaydigan bo‘lardi. Mol-mulki musodara qilinardi.

Shunday ekan, "xalqim, adolat, tenglik" kabi gaplar minbarda aytilsa, safsataning g‘irt o‘zidir. Eng kamida men uchun!

@sanjar_xoja
7.7K viewsedited  13:27
Ochish/sharhlash
2022-12-25 15:23:30
1700 yil oldin bo‘lgan voqea.

Rim Imperiyasida Nikolas (Nikolay) ismli rohib yashardi. Qo‘li ochiq, sahiy inson edi. Dekabr oyida bolalarga shirinlik tarqatardi. Kechasi uylarga kirib, sovg‘alar qo‘yib ketardi. Bolalar quvonib xatlar yozardi...

Yuzlab yil o‘tgach, G‘arb dunyosi rohibni jonlantirdi. Qorbobo ko‘rinishida dunyoga yoydi. Amerikada ham, Rossiyada ham qorbobolar qizil to‘n kiyadi. Xuddi Nikolas kabi.

@sanjar_xoja
11.5K views12:23
Ochish/sharhlash
2022-12-20 13:35:54
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Parlamentga murojaat qildi. Murojaatnomada ko‘p yaxshi gaplar aytildi. Aytilgan gaplar millionlab insonlarni xursand qildi.

Bu xursandchilik davomli bo‘lsagina foydali. Shuning uchun bobolarimizga ham quloq solish kerak. Ular aytgan-ki:

-Daryoni ko‘rmay turib etikni yechma;
-Ming marta "holva"degan bilan og‘izda shirin ta'm bo‘lmaydi.
-Yong‘oqni puch yoki to‘laligini tekshir;
-Chuchvarani xomligida emas pishganda sana...

Bobolarimiz o‘gitiga amal qilmasak, har gapga bolalarcha xursand bo‘laveramiz. Aldagani esa bola yaxshi.

@sanjar_xoja
6.2K viewsedited  10:35
Ochish/sharhlash
2022-12-11 11:39:00
Xoji bobo odamlarni yig‘di.

"Elektr-gaz bo‘lmasa ham hayot yaxshi", -dedi. Bobolarimiz qishda gazsiz yashaganini aytdi. Elektrsiz umr o‘tkazganini eslatdi.

Ma'ruzani tugatgach, yuz ming dollarlik jipga o‘tirib ketdi. Bobolarimiz kabi tuya, ot yoki eshakka emas...

@sanjar_xoja
3.3K views08:39
Ochish/sharhlash
2022-12-08 18:32:02
"-Yangi taklif oldik. O‘zbekiston Bosh vaziri bizga qo‘ng‘iroq qildi. Xavfsizlik xizmati va ichki ishlar xodimlariga ma'ruza qilishingizni so‘rashyapti.

-Yaxshisi, haqiqiy Konstitusiyani qabul qilib, keyin aloqaga chiqishsin..."

"Meni alda" serialidan parcha

@sanjar_xoja
3.3K views15:32
Ochish/sharhlash
2022-12-06 13:59:20
Nikita Xrushchev, 11 yil SSSRni boshqardi. Uning g‘alati odatlari bor edi. Masalan, chumchuqqa don sepgandek, odamlarga orden va medal tarqatardi...

@sanjar_xoja
3.2K views10:59
Ochish/sharhlash