Get Mystery Box with random crypto!

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga Abduqodir Toshqu | Sanjar Xo‘ja

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimiga Abduqodir Toshqulov tayinlanishi juda to‘g‘ri qaror.

Saylov oldidan ishonchlarni yangilash uchun to‘g‘ri qaror, lekin tizimni tozalash uchun emas. Chunki tizimdagi muammo shaxsga bog‘liqmas. Senat kengashi raisasi Tanzila Norboyeva e'tirof qilganidek, Oliy ta'lim tizimida quyi bo‘g‘indan yuqori bo‘g‘ingacha korrupsiyaga botgan. Yuqori bo‘g‘inga yaxshi inson vazir bo‘lib kelishi natijasida "hammasi zo‘r bo‘ladi" deb ishonganimiz uchun, doim bitta chuqurga aylanib kelib yana yiqilaveramiz.

Aytganimdek, saylov uchun ishonchlarni yangilashga yaxshi qadam tashlandi. Yoshlar va talabalarning kamida 1 million ovozi naqd degani. "O‘zbekneftgaz" va "O‘zbekenergo" ning raislarini bo‘shatib, o‘rniga yana xalq hurmatidagi inson tayinlansa, bo‘ldi- saylovdagi yutuq naqd!

Eslatma: Mashhur poygachi Mixael Shumaxer "Zaparojets"ga minsa, 400 km/soat tezlikda yurib ketmaydi!
Yaxshi niyat qilsak ham unday tez yurmaydi!

@sanjar_xoja