Get Mystery Box with random crypto!

Bu yilgi prezidentlik saylovida barcha boyliklarimizni boshqar | Sanjar Xo‘ja

Bu yilgi prezidentlik saylovida barcha boyliklarimizni boshqarish va kelajagimizga aloqador masalalarni hal qilish vakolatini kimga beramiz?

Saylov bo‘ladigan kun ham, nomzodlar ham hozircha noma'lum. Lekin kim yutishini aniq bilaman!

Umid qilaman-ki, saylov oshkora qo‘g‘irchoq teatri bo‘lmasligi uchun asosiy nomzodga muxolif sifatida quyidagilar ko‘rsatilmaydi:

"XDP" partiyasidan Ulug‘bek Inoyatov. (5 ta farzandi bor oilaga 2,5 million so‘m yetadi, degan shaxs)

"Milliy tiklanish" partiyasidan Alisher Qodirov. (o‘zini hurmat qilganlar Rossiyaga ishlash uchun avtobusda emas, samalyotda ketadi, degan shaxs)

"Ekologiya" partiyasidan Boriy Alixonov. (Humo qushi kabi ismi bor, rasmi bor, lekin hech qaerda ko‘rinmaydigan shaxs)

"XDP" partiyasidan Akmal Saidov. (Shavkat Mirziyoyev "master klas" o‘tgach, uzoq yil bilimsiz holda mansabda o‘tirganini tan olgan shaxs)

Eslatma:
Prezident saylovida dunyoning har yerida yashovchi O‘zbekiston fuqarosi o‘ziga xizmat qilishi uchun prezidentini belgilaydi.

@sanjar_xoja