Get Mystery Box with random crypto!

Sanjar Xo‘ja

Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja S
Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja
Kanal manzili: @sanjar_xoja
Toifalar: Bloglar , Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 16.27K
Kanalning ta’rifi

HAYOT- MUSOBAQA MAYDONI EMAS...
Youtube: https://m.youtube.com/channel/UC4QRQxiGGAID-F5DjgvcX9A

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 20

2022-09-19 15:02:55
Toshkentda navbatdagi kino festival bo‘ldi. Bu festival xalq puliga qilindi. Tiyinigacha xalq puli! Qancha sarflandi, bilasizmi?

25 milliard so‘m!

Endi savol: O‘tkan yilgi festivaldan beri tuzukroq film ishladikmi? Xalq uchun, yoshlar uchun foydali bitta kino qilindimi? Bitta?!

Agar hukumat xalqni o‘ylasa, tadbirbozlik qilmaydi. 25 milliard so‘mni 25ta yosh rejissiyorlarga beradi. "Ijodiy erkinsiz, bosinglar", deydi. Shunda zo‘r kinolar ishlanadi. Kinosanoat rivojlanadi. Yaxshi kinoga xorijdan xaridor chiqadi. 25 millard o‘z o‘rniga qaytadi. Xalq uchun foydali kino yonga qoladi. Juda oddiy!

Tuzukroq kino ishlanmay, festivalga sarflanadi. Nega? Chunki, ko‘zlarni bo‘yab, pullarni o‘marish uchun festival oson.

Eng alam qiladigani, biz buni ko‘rmaymiz! Ko‘rishni xohlamaymiz. Ko‘rsatganlarga esa g‘ashimiz keladi. Va jazavaga tushib aytamiz: "Tanqid qilma, yechim ayt!"

Yechimi oddiy. Bu pul go‘sht yemayotgan, tappi yoqib o‘tirgan xalqniki. O‘marma, beganaga yedirma, to‘g‘ri sarfla!

@sanjar_xoja
12.4K views12:02
Ochish/sharhlash
2022-09-18 18:11:20
Assalomu alaykum
Siz uchun yangi dastur e'lon qilindi.

Havola:




@sanjar_xoja
8.9K views15:11
Ochish/sharhlash
2022-09-11 15:32:40
Maktab direktori va o‘qituvchilarga qiyin. Yosh avlodning tilini tushunmayapti. Ular bilan muloqot qilaolmayapti.

Sinfda va maktabda o‘z obro‘sini saqlash uchun bitta yo‘l bor. Kattalar bilimli bo‘lishi va yoshlar bilan to‘g‘ri muloqot olib borishi kerak. Boshqa yo‘l yo‘q!

SSSRdan qolgan uslub bugun o‘tmaydi. Yosh avlodga o‘dag‘aylab forma talab qilish va soch kesish katta xato. Bu bilan hurmat topilmaydi.

Direktorlar va o‘qituvchilarning maqsadi nima? Avval maqsadni aniqlash kerak. Yoshlarning jasoratini va shijoatini sindirishmi? Bu uslub foyda bermaydi.

Yo‘q, agar maqsad isyonkorlarni yetishtirish bo‘lsa, to‘g‘ri qilishyapti. Katta avlodga va tizimga isyonkor avlod yetishtirilyapti. Bu uslub faqat shunga yaraydi.

Achchiq latifa:
O‘qituvchi ota-onaga xat yozibdi:
"O‘g‘lingizni sochi o‘sibdi. Sochini oldiring".
Ota-ona o‘qituvchiga javob xati yuboribdi:
"O‘g‘limni sochini o‘lchamang. Unga bilim bering!"

@sanjar_xoja
19.2K viewsedited  12:32
Ochish/sharhlash
2022-09-10 18:18:10
"Subyektiv" jamoasi tayyorlagan navbatdagi dasturni ko‘rdingizmi? Juda ajoyib. Bugunimiz va kelajagimiz haqida.

Havola:




@sanjar_xoja
6.6K viewsedited  15:18
Ochish/sharhlash
2022-09-09 15:31:26
"Endi qora kunlar orqada qoldi. Aslo eski vaziyatga qaytmaymiz. Olamshumul islohotlar qilamiz. Buning uchun yo‘l xaritamiz bor. Besh harakat strategiyasimiz ham tayyor. Yangi Britaniyani siz bilan birga quramiz. Adolat, adolat va yana adolat!"

Yangi Britaniyaning yangi qiroli

@sanjar_xoja
7.3K views12:31
Ochish/sharhlash
2022-09-08 21:44:11
51 ta davlatning yangi rahbari - Qirol Charlz III

@sanjar_xoja
7.9K viewsedited  18:44
Ochish/sharhlash
2022-09-07 20:38:34
Maktabda ro‘molga nisbatan tazyiqlar boshlanibdi. Bu haqida juda ko‘p murojaatlar kelyapti. Turli videolar tarqalyapti. Videolar va murojaatlar yolg‘on bo‘lsa kerak.

Agar rost bo‘lsa, diniy ulamolar buni xalqqa bildirardi. Eng kamida "Umra ibodati"dek shov-shuv qilardi. To‘g‘rimi?

@sanjar_xoja
2.3K views17:38
Ochish/sharhlash
2022-09-06 16:55:42
Keyingi yil darsliklar ijarasi yana pullik bo‘ladi. Bu yilgi vaziyat shunchaki mafiyalar to‘qnashuvi edi. Ta'lim ustida, kelajak avlod taqdiri ustidagi o‘yin. Va bu o‘yindan men xabardorman. Mafiyaning lideri qaysi amaldorlar ekanini ham bilaman. Buni ko‘pchilik biladi. Faqat...

Prezidentimiz bexabar. Agar bilib qolsalar, ularni qulog‘idan cho‘zib, a-ta-ta qiladilar. Ha, ishoning!

@sanjar_xoja
5.1K views13:55
Ochish/sharhlash
2022-09-05 18:05:15
"UzAvtoMotors" mashinalari qimmat va sifatsiz. Bundan xalq norozi. 6 yildan beri xalqning bu talabi hisobga olinmayapti. Lekin o‘quv darsliklari ijarasi uchun e'tiroz qabul qilindi. Sababini bilasizmi?

Chunki, o‘quv darsliklarining xarajati qoplangan. Xalq pulidan - byudjetdan undirilgan. Darslik ustidan ikkinchi marta soqqa qilish bekor qilindi. Bor-yo‘g‘i shu.

Muammo chiqar, o‘zing uni hal qil va qahramon bo‘l!

@sanjar_xoja
9.6K views15:05
Ochish/sharhlash
2022-09-05 11:31:57
Vazirlar Mahkamasidagi yig‘ilish.
1993-yil, dekabr.

@sanjar_xoja
6.6K views08:31
Ochish/sharhlash