Get Mystery Box with random crypto!

Yon-atrofdagi insonlarni muhokama qilamiz. Ularning oila ichi | Sanjar Xo‘ja

Yon-atrofdagi insonlarni muhokama qilamiz. Ularning oila ichi masalalarigacha gap otamiz. Lekin o‘z pulimizni xizmatkorimiz bo‘lgan mansabdorlar talon-toroj qilayotgani haqida gap ochilsa, buni "g‘iybat, fitna, ig‘vo, noshukurlik..." deb ataymiz.

Bosh Prokuratura bergan ma'lumot bu hali rasmiysi. Norasmiyini siz tahmin qiling!

Agar,
Bu holat Yaponiyada bo‘lsa, Bosh vazir emaklab, tiz cho‘kib xalqidan kechirim so‘raydi;
Bu holat Janubiy Koreyada bo‘lsa, xalqi Prezidentning iste'fosini talab qiladi;
Bu holat G‘arb davlatlarida bo‘lsa, xalqi Bosh vazirning "patini yuladi"...

Chunki u xalqlar byudjet mablag‘i o‘z puli ekanini, davlatning egasi xalq ekanini biladi va amaldorlar xalqning xizmatkori-mardikori ekanini idrok qiladi.

Dunyoni yomonlik qilganlar emas, ularni jimgina tomosha qilganlar barbod qiladi!
Albert Eynshteyn

@sanjar_xoja