Get Mystery Box with random crypto!

Yolg‘onchilik, laganbardorlik, sotqinlik kabi illatlarning neg | Sanjar Xo‘ja

Yolg‘onchilik, laganbardorlik, sotqinlik kabi illatlarning negizida qo‘rquv bor. Kelajak avlod bu illatlardan pok holda ulg‘ayishi uchun o‘ziga ishonch va jasoratni shakllantirishimiz zarur.

Masalan, Fransiyada maktab o‘quvchilarning darslari "Luvr" kabi mashhur muzeylarda ham bo‘lib o‘tadi. O‘qituvchilar Da Vinchi, Pikasso, Mikelanjelo kabi mashhur rassomlarning rasmini ko‘rsatib, "Bu rasmlardan istaganingni chiz. U rassomlar ham sen kabi bola bo‘lishgan" deb o‘quvchilarni ruhlantirishadi...

Forma talab qilmaydi, "to‘g‘ri o‘tir" deb jerkmaydi, izzattalab bo‘lmaydi, qoliplamaydi, "bunday rasmlarni eplolmaysan" demaydi...

Bolalarda o‘ziga nisbatan ishonch va jasoratni shakllanishiga mehr bilan hissa qo‘shadi!

@sanjar_xoja