Get Mystery Box with random crypto!

Sanjar Xo‘ja

Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja S
Telegram kanalining logotibi sanjar_xoja — Sanjar Xo‘ja
Kanal manzili: @sanjar_xoja
Toifalar: Bloglar , Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 16.89K
Kanalning ta’rifi

HAYOT- MUSOBAQA MAYDONI EMAS...
Youtube: https://m.youtube.com/channel/UC4QRQxiGGAID-F5DjgvcX9A

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 13

2023-02-08 14:20:04
Ota-ona, qarindosh,
Qayon ketdi fikr qil.
To‘rt oyoqlik cho‘bim ot,
Bir kun senga yetaro...

Ahmad Yassaviy

@sanjar_xoja
6.1K views11:20
Ochish/sharhlash
2023-02-06 05:54:21
Bo‘lgan voqea

O‘zbekistonlik bir kishi oilasi bilan Germaniyada yashadi. Ayoli homilador edi. Oy-kuni yaqin qolganida, kasalxonaga olib bordi. Farzand dunyoga keldi. Tug‘ruqxona hamshirasi chaqaloqning otasiga xushxabarni aytdi. Ota suyunchi qilib 100 yevro uzatayotganida, hamshira jerkib berdi:

-Hozir politsiya chaqiraman. Qonunni va jamoat tartibini buzyapsiz!

Ota qattiq kechirim so‘rab, politsiya chaqirmaslikka ko‘ndirdi.

Hamshira nega suyunchi pulini rad qildi? Ota rozi bo‘lib bergandi-ku.

Birinchidan, bu pul noqonuniy daromad hisoblanadi. Ikkidan, hamshira rad qilaoladigan darajada to‘q. Germaniyada shifokorlarga yaxshi oylik beriladi. Shuning uchun tibbiyot rivojlangan.

Sog‘liqni saqlash vaziri shifokorlarga ta'magirlikni o‘rgatishi pastkashlik. O‘zi bularga nima bo‘lgan? Biri soliqchilarga, "o‘g‘ri bo‘l, insofli bo‘l" deydi. Yana biri "ishingni yaxshi qil, soqqasini ol" deydi. Oxirida aybni xalqqa ag‘darib qo‘yishadi. Yana biri "odamlarda ayb, o‘zi porani qistiradi" deganidek...

@sanjar_xoja
5.1K viewsedited  02:54
Ochish/sharhlash
2023-02-05 10:55:16
Rasul Kusherbayev. Millionlab odamlar uni taniydi. Deputatlik vaqtida olqishlar, maqtar edi.

Kunlarning birida Kusherbayev deputatlikdan voz kechdi. Nega?

Chunki, Parlamentda 36 million insonning puli isrof bo‘lishiga qarshi chiqdi. Boshqa xalq vakillari uni eshitmadi. Trillionlab xalq pulini isrof qilish tasdiqlandi.

Agar bu holat Janubiy Koreya yo Finlandiyada bo‘lsa, parlament tarqatib yuborilar edi. Xalq shuni talab qilardi. O‘zini zarariga ishlaydigan tekintomoqlarni boqmayman, deb patini yulardi. Biz esa parlamentdagi u yoki bu kishini qarg‘ash bilan ovundik.

Kusherbayevning siyosiy obro‘si bor. Kuzatuvchilari, qo‘llovchilari bor. Balki, ular moddiy va ma'naviy qo‘llar, yangi partiya ochilar, kurash davom etar, deb umid qildim.

Yo‘q, Kusherbayev muallaqda qoldi. Hukumat mansab berdi va o‘z safiga oldi. Biz yutqazdik.

Biz uchun kurashadigan bir kishini yo‘qotdik. Endi yangi supermen chiqishini kutamiz. Benzinga navbat kutib, sovuq uyda, elektr-gazsiz.

To‘liq video:


7.6K viewsedited  07:55
Ochish/sharhlash
2023-02-04 15:28:15
Sardorbek nega qamaldi?

Boshidan izohlayman. 70-yillarda Eronda inqilob bo‘ldi. Dindorlar Erondagi sekulyar tuzumni qulatib, yangi davlat qurdi. Eski tizimga xizmat qilgan xarbiylar-u vazirlarni qatl qildi.

Bu voqea o‘z davrida O‘zbekiston xavfsizlik xizmatining muhokama markazida edi. O‘sha davrda 30-40 yoshli xodimlar 90-yillarda general bo‘ldi. "Diniy radikallik" qo‘rquvi sababli dindorlar qatag‘on qilindi. Shavkat Mirziyoev tarifi bilan aytganda "Stalin davridek qatag‘on".

Oradan yillar o‘tsa ham, ustoz-shogird an'anasi bo‘yicha qo‘rquv meros qoldi. Bu qanday qo‘rquv? "Diniy erkinlik berilsa, dindorlar kuchayadi. Keyin davlatni egallab, hammani kallasini oladi" degan qo‘rquv.

Shuning uchun eski davrda dindorlar kontitusion tuzumga tajovuzda ayblanib, qamalgan.

Sardorbekni qamashdan maqsad - dindorlarga, ayniqa, yoshlarga signal berish. Chunki, aynan qatag‘on davrida tug‘ilgan, o‘sgan yoshlarda dinga qiziqish kuchli.

Eron inqilobi haqida video:



8.2K views12:28
Ochish/sharhlash
2023-02-04 12:54:26
Manbaa:
https://www.gazeta.uz/oz/2023/02/04/turkmenistan/

@sanjar_xoja
8.6K views09:54
Ochish/sharhlash
2023-02-04 12:29:02
Turkmaniston Prezidenti yangi farmon imzoladi. Turkmaniston endi O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib beradi. Bepul, bir tiyinsiz, g‘irt tekinga!

Sizga savol: O‘zbekiston hukumati bu gazni xalqqa tekinga beradimi yoki sotadimi?

Anaqa... Nega aynan sotadi deb o‘ylaysiz?

@sanjar_xoja
11.1K views09:29
Ochish/sharhlash
2023-02-04 11:44:14
To‘liq video:





@sanjar_xoja
1.3K views08:44
Ochish/sharhlash
2023-02-02 12:42:18
Namanganga Prezident kelar ekan. Shuning uchun sovuqda gul ekishyapti. Xalq puli bir kishining ko‘zi uchun isrof qilinyapti. Ertaga so‘ladigan bu gullarda qariyalar, bevalar va yetimlarning ham haqqi bor.

Hamma bir kishi uchun, bir kishi o‘zi uchun!

@sanjar_xoja
10.9K views09:42
Ochish/sharhlash
2023-01-31 12:29:54
Videoning to‘lig‘i:





@sanjar_xoja
4.5K views09:29
Ochish/sharhlash
2023-01-30 18:08:10
30-yanvar: O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov tug‘ilgan kun.

@sanjar_xoja
9.9K views15:08
Ochish/sharhlash