Get Mystery Box with random crypto!

Bo‘lgan voqea O‘zbekistonlik bir kishi oilasi bilan Germaniya | Sanjar Xo‘ja

Bo‘lgan voqea

O‘zbekistonlik bir kishi oilasi bilan Germaniyada yashadi. Ayoli homilador edi. Oy-kuni yaqin qolganida, kasalxonaga olib bordi. Farzand dunyoga keldi. Tug‘ruqxona hamshirasi chaqaloqning otasiga xushxabarni aytdi. Ota suyunchi qilib 100 yevro uzatayotganida, hamshira jerkib berdi:

-Hozir politsiya chaqiraman. Qonunni va jamoat tartibini buzyapsiz!

Ota qattiq kechirim so‘rab, politsiya chaqirmaslikka ko‘ndirdi.

Hamshira nega suyunchi pulini rad qildi? Ota rozi bo‘lib bergandi-ku.

Birinchidan, bu pul noqonuniy daromad hisoblanadi. Ikkidan, hamshira rad qilaoladigan darajada to‘q. Germaniyada shifokorlarga yaxshi oylik beriladi. Shuning uchun tibbiyot rivojlangan.

Sog‘liqni saqlash vaziri shifokorlarga ta'magirlikni o‘rgatishi pastkashlik. O‘zi bularga nima bo‘lgan? Biri soliqchilarga, "o‘g‘ri bo‘l, insofli bo‘l" deydi. Yana biri "ishingni yaxshi qil, soqqasini ol" deydi. Oxirida aybni xalqqa ag‘darib qo‘yishadi. Yana biri "odamlarda ayb, o‘zi porani qistiradi" deganidek...

@sanjar_xoja