Get Mystery Box with random crypto!

Rasul Kusherbayev. Millionlab odamlar uni taniydi. Deputatlik | Sanjar Xo‘ja

Rasul Kusherbayev. Millionlab odamlar uni taniydi. Deputatlik vaqtida olqishlar, maqtar edi.

Kunlarning birida Kusherbayev deputatlikdan voz kechdi. Nega?

Chunki, Parlamentda 36 million insonning puli isrof bo‘lishiga qarshi chiqdi. Boshqa xalq vakillari uni eshitmadi. Trillionlab xalq pulini isrof qilish tasdiqlandi.

Agar bu holat Janubiy Koreya yo Finlandiyada bo‘lsa, parlament tarqatib yuborilar edi. Xalq shuni talab qilardi. O‘zini zarariga ishlaydigan tekintomoqlarni boqmayman, deb patini yulardi. Biz esa parlamentdagi u yoki bu kishini qarg‘ash bilan ovundik.

Kusherbayevning siyosiy obro‘si bor. Kuzatuvchilari, qo‘llovchilari bor. Balki, ular moddiy va ma'naviy qo‘llar, yangi partiya ochilar, kurash davom etar, deb umid qildim.

Yo‘q, Kusherbayev muallaqda qoldi. Hukumat mansab berdi va o‘z safiga oldi. Biz yutqazdik.

Biz uchun kurashadigan bir kishini yo‘qotdik. Endi yangi supermen chiqishini kutamiz. Benzinga navbat kutib, sovuq uyda, elektr-gazsiz.

To‘liq video: